Samatov Farrux Farxodovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Bronxial astma bilan kasallangan katta yoshdagi bolalarda asab tizimi shikastlanishining kompleks diagnostikasi», 14.00.13 – Nevrologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/Tib4573.
Ilmiy rahbar: Djurabekova Aziza Taxirovna, tibbiyot fanlari doktori (DSc), professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat tibbiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Samarqand davlat tibbiyot universiteti, DSc.06/2025.27.12.Tib.17.03.
Rasmiy opponentlar: Mavlyanova Zilola Farxadovna, tibbiyot fanlari doktori (DSc), professor. Nurgujaev Erkin Smagulovich, tibbiyot fanlari doktori (DSc), professor (Qozog‘iston Respublikasi).
Yetakchi tashkilot: Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: 
bronxial astma bilan kasallangan katta yoshli bolalarda asab tizimi shikastlanishining o‘ziga xos xususiyatlarini aniqlash va kasallikning klinik-funksional xususiyatlarini hisobga olgan holda nevrologik buzilishlarni erta aniqlash uchun kompleks diagnostika yondashuvini ishlab chiqishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
ilk bor bronxial astma bilan og‘rigan katta yoshli (5-12 yosh) bolalarda nevrologik simptomlarning (astenik sindrom, uyqu buzilishi, paresteziyalar, bosh og‘rig‘i) tarqalishi aniqlangan;
nevrologik buzilishlarning og‘irlik darajasi astmaning og‘irligi va kasallikning davomiyligiga bog‘liqligining miqdoriy tahlili o‘tkazilgan: BAning 5 yildan ortiq davom etishi va o‘rta og‘ir/og‘ir shakllari kognitiv nuqsonlarning (IQ pasayishi, R300 latentligining uzayishi) va vegetativ disfunksiyaning (SDNN pasayishi) kuchayishi bilan bog‘liqligi aniqlangan;  
astmatik bolalar va sog‘lom tengdoshlarda psixoemotsional holat (HADS-A/D bo‘yicha xavotir va depressiya darajasi, SES bo‘yicha o‘zini o‘zi baholash) va kognitiv funksiya (Wechsler Total IQ, MFI-20) ning birinchi qiyosiy tahlili barcha ko‘rsatkichlar bo‘yicha statistik jihatdan sezilarli farqlarni aniqlangan; 
ilk bor bir vaqtning o‘zida BA bilan og‘rigan bolalarda elektroensefalografiya (kognitiv chaqirilgan potensiallarning latentligi va amplitudasi), yurak ritmining o‘zgaruvchanligi (SDNN, RMSSD, LF/HF), bosh miya MRT (periventrikulyar giperintensivlik, gippokamp hajmi, po‘stloq qalinligi) va braxiotsefal tomirlarning UZDG ma’lumotlari asosida zararlanishning turli darajalari o‘rtasidagi korrelyasiyaning ko‘p omilli patternlari aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Bronxial astma bilan kasallangan katta yoshdagi bolalarda asab tizimi shikastlanishining kompleks diagnostikasi bo‘yicha olib borilgan ilmiy-tadqiqot natijalari asosida (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 07.07.2025 y. 21/81-son xulosasi):
birinchi ilmiy yangilik: ilk bor bronxial astma bilan og‘rigan katta yoshli (5-12 yosh) bolalarda nevrologik simptomlarning (astenik sindrom, uyqu buzilishi, paresteziyalar, bosh og‘rig‘i) tarqalishi aniqlanganligi Andijon viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi (19.05.2025 y. 43-son buyrug‘i) va Marg‘ilon shaxar tibbiyot birlashmasi tasarrufidagi bolalar shifoxonasi (03.06.2025 y. 48-son buyruq) bilan amaliy faoliyatiga joriy qilingan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi: mintaqaviy bolalar bo‘limlarining klinik amaliyotiga BA bilan og‘rigan bolalarda nevrologik asoratlarni erta skriningini o‘tkazish imkonini beruvchi kompleks diagnostika usuli joriy etildi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: profilaktik sxemalarni joriy etish kasalxonaga yotqizishlar sonini 50% ga qisqartirish va bevosita tibbiy xarajatlarni 25% ga kamaytirish imkonini berdi, bu esa yiliga har bir bemor uchun taxminan 800000 so‘mni tejashga teng. Xulosa: bemorlarning 76,3% (n=90/118) da nevrologik simptomlar aniqlandi, shu jumladan asteniya (68,6%, n=81), uyqu buzilishi (45,8%, n=54), bosh og‘rig‘i (57,6%, n=68) va paresteziya (22,0%, n=26); barcha ko‘rsatkichlar nazorat guruhidan sezilarli darajada yuqori (p<0,01).
ikkinchi ilmiy yangilik: nevrologik buzilishlarning og‘irlik darajasi astmaning og‘irligi va kasallikning davomiyligiga bog‘liqligining miqdoriy tahlili o‘tkazilgan: BAning 5 yildan ortiq davom etishi va o‘rta og‘ir/og‘ir shakllari kognitiv nuqsonlarning (IQ pasayishi, R300 latentligining uzayishi) va vegetativ disfunksiyaning (SDNN pasayishi) kuchayishi bilan bog‘liqligi aniqlanganligi Andijon viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi (19.05.2025 y. 43-son buyrug‘i) va Marg‘ilon shaxar tibbiyot birlashmasi tasarrufidagi bolalar shifoxonasi (03.06.2025 y. 48-son buyruq) bilan amaliy faoliyatiga joriy qilingan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi: an’anaviy protokollarga nisbatan kognitiv va vegetativ buzilishlarni aniqlash aniqligini 28% ga oshirishni ta’minlaydigan multidissiplinar tekshiruv algoritmi sinovdan o‘tkazildi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: multidissiplinar tekshiruv algoritmi asosida bemorlarning statsionarda qolish muddatining qisqarishi, dori-darmon sarfi kamayishi hisobiga 1 bemor hisobida 3456800 sum tejalishiga olib keldi. Bu mablag‘ning tejalishi statsionarda davolanish muddatini kamaytirdi, shu asosda tibbiy xizmatga sarflanadigan mablag‘ni tejalishi bilan asoslangan. Xulosa: o‘rta og‘ir va og‘ir shakllar guruhida (n= 76) o‘rtacha IQ 92,1 ± 7,5 ballni tashkil etdi, engil shaklda esa 102,4 ± 6,8 ballni tashkil etdi (n=42; p<0,001). P300 latentligi engil guruhda 288,5±12,4 ms dan og‘ir guruhda 331,7±16,8 ms gacha oshdi (p<0,001). SDNN engil shaklda 48,2±8,1 ms dan og‘ir shaklda 36,5±7,9 ms gacha kamaydi (p=0,002). Kasallikning 5 yildan ortiq davom etishi og‘ir kognitiv buzilishlar xavfining 1,8 baravar oshishi bilan bog‘liq (OR=1,8; 95% CI 1,2-2,7; p=0,004). 
uchinchi ilmiy yangilik: astmatik bolalar va sog‘lom tengdoshlarda psixoemotsional holat (HADS-A/D bo‘yicha xavotir va depressiya darajasi, SES bo‘yicha o‘zini o‘zi baholash) va kognitiv funksiya (Wechsler Total IQ, MFI-20) ning birinchi qiyosiy tahlili barcha ko‘rsatkichlar bo‘yicha statistik jihatdan sezilarli farqlarni aniqlanganligi Andijon viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi (19.05.2025 y. 43-son buyrug‘i) va Marg‘ilon shaxar tibbiyot birlashmasi tasarrufidagi bolalar shifoxonasi (03.06.2025 y. 48-son buyruq) bilan amaliy faoliyatiga joriy qilingan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi: neyroprotektiv va psixo-reabilitatsion chora-tadbirlarni qo‘llash bo‘yicha amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan va tavsiya etilgan, ular nevrologik simptomlarning kuchayish chastotasini 35% ga kamaytirishda samaradorlikni ko‘rsatgan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: neyroprotektiv va psixo-reabilitatsion chora-tadbirlarni qo‘llashni hisobga olsak, yillik iqtisodiy ko‘rsatkich 18564500 so‘mni tashkil etadi. Xulosa: BA bilan og‘rigan bolalarda HADS-A ning o‘rtacha balli 10,2 ± 2,3, HADS-D - 9,9 ± 2,1; nazorat guruhida - mos ravishda 6,5 ± 1,8 va 6,1 ± 1,6 (p<0,001 ikkalasi uchun).  O‘rtacha umumiy IQ (WISC) 8,7% ga (96,8±7,9 dan 105,9±6,7 gacha; p<0,001), SES - 15,4% ga (18,2±3,5 dan 21,5±3,0 gacha; p<0,001) kamaydi. BA bilan og‘rigan bolalarda EEG (KVP), YuRO‘, MRT va UZDGning kompleks tahlili kasallikning og‘irligi va gipoksiya/yallig‘lanish markerlari bilan bog‘liq bo‘lgan markaziy asab tizimining ko‘p darajali strukturaviy va funksional o‘zgarishlarini ko‘rsatdi.  Elektroensefalografiya: R2 latentligi 188,7±8,9 dan 206,8±12,7 ms gacha oshdi (r<0,001), N2-P3 amplitudasi 8,6±2,0 dan 5,4±1,6 mkV gacha kamaydi (p=0,003). MRT: periventrikulyar giperintensivlik chastotasi 12,8% dan 41,3% gacha oshdi (r<0,001); gippokamp hajmi 14,1% ga kamaydi (3,20 ± 0,40 dan 2,75 ± 0,60 sm3 gacha; p=0,005). Braxiotsefal tomirlar ul`tratovush tekshiruvi: pul`satsiya indeksining o‘rtacha 18,5% ga pasayishi (p= 0,02).
to‘rtinchi ilmiy yangilik: ilk bor bir vaqtning o‘zida BA bilan og‘rigan bolalarda elektroensefalografiya (kognitiv chaqirilgan potensiallarning latentligi va amplitudasi), yurak ritmining o‘zgaruvchanligi (SDNN, RMSSD, LF/HF), bosh miya MRT (periventrikulyar giperintensivlik, gippokamp hajmi, po‘stloq qalinligi) va braxiotsefal tomirlarning UZDG ma’lumotlari asosida zararlanishning turli darajalari o‘rtasidagi korrelyasiyaning ko‘p omilli patternlari aniqlanganligi Andijon viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi (19.05.2025 y. 43-son buyrug‘i) va Marg‘ilon shaxar tibbiyot birlashmasi tasarrufidagi bolalar shifoxonasi (03.06.2025 y. 48-son buyruq) bilan amaliy faoliyatiga joriy qilingan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi: bosh miya MRT va braxiotsefal tomirlarning UZDG ma’lumotlari tahlil qilindi, bu esa zararlanishning turli darajalari o‘rtasidagi korrelyasiyaning ko‘p omilli patternlarini aniqlashga imkonini bergan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: bosh miya MRT va braxiotsefal tomirlarning UZDG ma’lumotlari tahlili orqali bemorlarda statsionar sharoitda davolash odatda umumiy o‘rtacha 4893350 so‘m sarflanadi. Xulosa: kognitiv buzilishlarning to‘qima gipoksiyasi (SpO₂, HIF-1α) va tizimli yallig‘lanish (CRP, ECP) darajasiga, shuningdek, neyroproteksiyasiz IGKVning uzoq muddatli terapiyasi ta’siriga bevosita bog‘liqligi aniqlandi. SpO₂ va IQ o‘rtasidagi korrelyasiya: r=0,52 (r<0,001); Neyroprotektiv terapiya o‘tkazilmagan bemorlarda R300 latentligi 2,1 marta yuqori bo‘ldi (p=0,01).

Yangiliklarga obuna bo‘lish