Akbarova Ranaxon Kamiljonovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar:
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Surunkali kasalliklar kamqonligi patogenezini asosiy omillarini baxolash, tashxislash va davolashni takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqish” 14.00.29 – Gematologiya va transfuziologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2. PhD/Tib3646.
Ilmiy rahbar: Suleymanova Dilorom Nagalovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona jamoat salomatlik tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat tibbiyot universiteti, DSs 06/2025.27.12.Tib.01.02.
Rasmiy opponentlar: Ubaydullaeva Zuxra Ibragimovna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Matkarimova Dilfuza Saburovna, tibbiyot fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti.
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: surunkali kasalliklar kamqonliklarni rivojlanishida qatnashadigan patogenetik omillarni o‘rganish asosida diagnostika va davolash usullarini takomillashtirish, tavsiyalar va algoritm ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
turli surunkali kasalliklarida SKQ tashxislashda asosiy omillarni kompleks ravishda tekshirish, natijalarga asoslanib davolashda patogenetik usullarini qo‘llash axamiyati baholangan va SKK rivojlanishida qatnashadigan omillarni 3 turi 18% bemorlarda tekshirilgani, davolashda asosan (68% bemorlarda) gemotransfuzion terapiya ustunligi aniqlangan.
barcha surunkali kasalliklarda qon zardobidagi temir, vitamin V12, foliy kislotasini ko‘rsatkichlari nazorat guruhiga nisbatan qandli diabet, jigar surunkali kasalliklarida ishonchi darajada past bo‘lgani (P<0,001), lekin ferritin, transferrin, eritropoetin ko‘rsatkichlari turli nozologiyalarda turlicha bo‘lganligi SKQ erta tashxislash va davolashda olti asosiy biomarkerni kompleks baholash zarurligi asoslangan.
turli surunkali kasalliklarda endogen gematogormon — eritropoetinning SKQ rivojlanishidagi roli va uning boshqa patogenetik omillar bilan korrelyasion bog‘liqligi aniqlanib, eritropoetinning tashxisiy va bashoratlash ahamiyati hamda patogenetik davolashdagi o‘rni asoslangan.
surunkali kasalliklar fonida SKK mavjud bemorlarda qon zardobidagi temir, ferritin, transferrin, vitamin V12, foliy kislota va eritropoetin ko‘rsatkichlarini kompleks baholash orqali SKKni erta aniqlash va davolash algoritmi asosida personifikatsiyalangan davolash yondashuvini joriy etishning zarurligi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Surunkali kasalliklar kamqonligi patogenezini asosiy omillarini baxolash, tashxislash va davolashni takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
birinchi ilmiy yangilik: turli surunkali kasalliklarida SKQ tashxislashda asosiy omillarni kompleks ravishda tekshirish, natijalarga asoslanib davolashda patogenetik usullarini qo‘llash axamiyati baholangan va SKK rivojlanishida qatnashadigan omillarni 3 turi 18% bemorlarda tekshirilgani, davolashda asosan (68% bemorlarda) gemotransfuzion terapiya ustunligi aniqlanganligi Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti ko‘p tarmoqli klinikasini 28.12.2024 yildagi 47 sonli buyrug‘i, Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy–amaliy tibbiyot markazi Farg‘ona filiali 23.12.2024 yildagi 84 sonli buyrug‘i bilan klinik amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2025-yil 20 martdagi 14/25-sonli xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: SKQni tashxislashda patogenetik ahamiyatga ega omillarni kompleks tekshirish va natijalarga asoslangan davolash usullarini qo‘llash anemiyani erta aniqlash, kasallik asoratlarini kamaytirish va bemorlarning mehnat qobiliyatini saqlab qolish imkonini beradi. Iqtisodiy samaradorligi: SKK tashxisida asosiy omillarni kompleks baholashga asoslangan yondashuv gemotransfuzion terapiyani asossiz qo‘llash holatlarini kamaytirish, davolash xarajatlarini optimallashtirish va statsionar davolanish muddatini qisqartirish imkonini beradi. Xulosa: tadqiqot natijalarini klinik amaliyotga joriy etish tibbiy yordam ko‘rsatish sifatini oshirish, bemorlarning hayot sifatini yaxshilash, vaqtinchalik mehnatga layoqatsizlik holatlarini kamaytirish hamda sog‘liqni saqlash tizimi iqtisodiy yuklamasini pasaytirishga xizmat qiladi.
ikkinchi ilmiy yangilik: barcha surunkali kasalliklarda qon zardobidagi temir, vitamin V12, foliy kislotasini ko‘rsatkichlari nazorat guruhiga nisbatan qandli diabet, jigar surunkali kasalliklarida ishonchi darajada past bo‘lgani (P<0,001), lekin ferritin, transferrin, eritropoetin ko‘rsatkichlari turli nozologiyalarda turlicha bo‘lganligi SKQ erta tashxislash va davolashda olti asosiy biomarkerni kompleks baholash zarurligi asoslanganligi Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti ko‘p tarmoqli klinikasini 28.12.2024 yildagi 47 sonli buyrug‘i, Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy–amaliy tibbiyot markazi Farg‘ona filiali 23.12.2024 yildagi 84 sonli buyrug‘i bilan klinik amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2025-yil 20 martdagi 14/25-sonli xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: surunkali kasallik anemiyasini erta bosqichda aniqlashda temir, ferritin, transferrin, vitamin V12, foliy kislota va eritropoetin ko‘rsatkichlarini kompleks baholash kasallikni o‘z vaqtida tashxislash va asoratlar rivojlanishini kamaytirish orqali bemorlarning mehnat qobiliyatini saqlash hamda hayot sifatini yaxshilashga xizmat qiladi. Iqtisodiy samaradorligi: SKKni erta tashxislashga qaratilgan kompleks biomarkerlar panelini qo‘llash asossiz davolash usullarini kamaytirish, davolash taktikasini optimallashtirish va statsionar davolanish muddatini qisqartirish hisobiga tibbiy xizmat xarajatlarini kamaytiradi. Xulosa: nozologiyaga xos laborator ko‘rsatkichlarni aniqlashga asoslangan differensial diagnostik yondashuv tibbiy resurslardan oqilona foydalanish, laborator va terapevtik tadbirlarni maqsadli rejalashtirish hamda sog‘liqni saqlash tizimi iqtisodiy yuklamasini pasaytirish imkonini beradi.
uchinchi ilmiy yangilik: turli surunkali kasalliklarda endogen gematogormon — eritropoetinning SKQ rivojlanishidagi roli va uning boshqa patogenetik omillar bilan korrelyasion bog‘liqligi aniqlanib, eritropoetinning tashxisiy va bashoratlash ahamiyati hamda patogenetik davolashdagi o‘rni asoslanganligi Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti ko‘p tarmoqli klinikasini 28.12.2024 yildagi 47 sonli buyrug‘i, Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy–amaliy tibbiyot markazi Farg‘ona filiali 23.12.2024 yildagi 84 sonli buyrug‘i bilan klinik amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2025-yil 20 martdagi 14/25-sonli xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: surunkali kasallik anemiyasi rivojlanishida eritropoetinning rolini aniqlash va uning tashxisiy hamda prognostik ahamiyatini baholash kasallikni erta bosqichda aniqlash, anemiyaning og‘ir shakllarini oldini olish va asoratlar chastotasini kamaytirish orqali bemorlarning hayot sifati hamda mehnat qobiliyatini saqlashga xizmat qiladi. Iqtisodiy samaradorligi: eritropoetin ko‘rsatkichlarini baholashga asoslangan patogenetik davolash taktikasini qo‘llash davolashning samaradorligini oshirish, asossiz simptomatik terapiya va gemotransfuziyaga ehtiyojni kamaytirish orqali tibbiy xizmat xarajatlarini optimallashtiradi. Xulosa: SKQ rivojlanishini prognozlash imkoniyati davolash tadbirlarini individuallashtirish, statsionar davolanish muddatini qisqartirish va tibbiy resurslardan maqsadli foydalanish hisobiga sog‘liqni saqlash tizimi iqtisodiy yuklamasini kamaytirish imkonini beradi.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: surunkali kasalliklar fonida SKK mavjud bemorlarda qon zardobidagi temir, ferritin, transferrin, vitamin V12, foliy kislota va eritropoetin ko‘rsatkichlarini kompleks baholash orqali SKKni erta aniqlash va davolash algoritmi asosida personifikatsiyalangan davolash yondashuvini joriy etishning zarurligi asoslanganligi Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti ko‘p tarmoqli klinikasini 28.12.2024 yildagi 47 sonli buyrug‘i, Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy–amaliy tibbiyot markazi Farg‘ona filiali 23.12.2024 yildagi 84 sonli buyrug‘i bilan klinik amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2025-yil 20 martdagi 14/25-sonli xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: surunkali kasalliklar fonida surunkali kasallik anemiyasini temir almashinuvi va gematologik biomarkerlarni kompleks baholash orqali erta aniqlash kasallik asoratlarini kamaytirish, bemorlarning hayot sifati va mehnat qobiliyatini saqlash orqali ijtimoiy samaradorlikni ta’minlaydi. Iqtisodiy samaradorligi: personifikatsiyalangan davolash algoritmini qo‘llash davolash taktikasini optimallashtirish, asossiz simptomatik terapiya va gemotransfuzion muolajalarni kamaytirish hisobiga tibbiy xizmat xarajatlarini qisqartirish imkonini beradi. Xulosa: SKKni erta tashxislash va individual davolash yondashuvini joriy etish statsionar davolanish muddatini qisqartirish, kasallikning og‘ir shakllari rivojlanishini cheklash va tibbiy resurslardan samarali foydalanish orqali sog‘liqni saqlash tizimi iqtisodiy yuklamasini kamaytiradi.