Murodova Ijobatxon Abdulbosi qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Staphylococcus aureus ning metisillinga chidamli mahalliy shtammlarining fenotipik va genetik xususiyatlarini o‘rganish», 03.00.04 – Mikrobiologiya va virusologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.3.PhD/Tib4794.
Ilmiy rahbar: Ibragimov Adil Axmedovich, biologiya fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent vaksina va zardoblar ilmiy tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat tibbiyot universiteti, Respublika ixtisoslashtirilgan epidemiologiya, mikrobiologiya, yuqumli va parazitar kasalliklar ilmiy-amaliy tibbiyot markazi, DSc.06/2025.27.12.Tib.01.01.
Rasmiy opponentlar: Abduhalilova Gulnora Kudratullaevna, tibbiyot fanlari doktori, katta ilmiy xodim; Nuruzova Zuhra Abduqodirovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat tibbiyot universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Staphylococcus aureus ning metisillinga chidamli mahalliy shtammlarining fenotipik va genetik usullar yordamida aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor mahalliy metisillinga chidamli Staphylococcus aureus va metisillinga sezgir Staphylococcus aureus shtammlarining fenotipik farqlari metisillinga chidamli shtammlarda plazmokoagulaza faolligi mos ravishda 68% ga qarshi 32%, lesitinaza faolligi 79,6% ga qarshi 42,7% va gemolizin faolligi 75,5% ga qarshi 53,6% yuqori ekanligi aniqlangan;
ilk bor mahalliy metisillinga chidamli Staphylococcus aureus shtammlarini antibiotiklarga chidamli mecA genlarini aniqlash molekulyar genetik jixatdan isbotlangan;
ilk bor metisillinga chidamli Staphylococcus aureus shtammlarining DNK o‘lchamlari gel-elektroforez usulida 200 bp (base pare)dan iboratligi isbotlangan;
ilk bor metisillinga chidamli mahalliy Staphylococcus aureus shtammlarida mecA geni joylashgan mobil genetik elementlaridan harakatchan va xavfli SCCmecIVc (Staphylocosc chromosome cassette) turi tarqalganligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashning 2025 yil 17 iyul`dagi 22-sonli yig‘ilish bayonnomasiga asosan ilmiy-tadqiqot ishlari natijalarini amaliyotga tadbig‘i bo‘yicha xulosasiga ko‘ra:
birinchi ilmiy yangilik: ilk bor mahalliy metisillinga chidamli Staphylococcus aureus va metisillinga sezgir Staphylococcus aureus shtammlarining fenotipik farqlari metisillinga chidamli shtammlarda plazmokoagulaza faolligi mos ravishda 68% ga qarshi 32%, lesitinaza faolligi 79,6% ga qarshi 42,7% va gemolizin faolligi 75,5% ga qarshi 53,6% yuqori ekanligi aniqlash natijalari Toshkent vaksina va zardoblar ilmiy-tadqiqot instituti ekspert kengashning 28.02.2025 yil №2-son bayonnomasi bilan tasdiqlangan «Metisillinga chidamli Staphylococcus aureus gen-molekulyar usulda aniqlashda zamonaviy yondashuv» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga kiritilgan. Mazkur taklif Mudofaa vazirligi sanitariya epidemiologiya nazorati markazining 2025 yil 20-martdagi 27-sonli hamda Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining 2025 yil 24-martdagi 153i-sonli buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashning 2025 yil 17 iyul`dagi 22-sonli xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: metisillinga chidamli Staphylococcus aureus va metisillinga sezgir Staphylococcus aureus antibiotiklarga sezgirlikni aniqlash orqali ular keltirib chiqargan kasalliklarni to‘g‘ri davo choralarni qo‘llashga va natijada bemorlar salomatligining qayta tiklanishiga, kasallik asoratlarining oldini olinishiga hamda o‘lim ko‘rsatkichini kamaytirishga imkon beradi. Iqtisodiy samaradorligi: samarali antibiotiklar bilan davolash natijasida bemorlarning shifoxonada davolanish kunini qisqartirish orqali sarflanadigan xarajatlarni iqtisod qilishga imkon beradi.
ikkinchi ilmiy yangilik: ilk bor mahalliy metisillinga chidamli Staphylococcus aureus shtammlarini antibiotiklarga chidamli mecA genlarini aniqlash molekulyar genetik jixatdan isbotlanganligi bo‘yicha takliflar Toshkent vaksina va zardoblar ilmiy-tadqiqot instituti ekspert kengashning 28.02.2025 yil №2-son bayonnomasi bilan tasdiqlangan «Metisillinga chidamli Staphylococcus aureus gen-molekulyar usulda aniqlashda zamonaviy yondashuv» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga kiritilgan. Mazkur taklif Mudofaa vazirligi sanitariya epidemiologiya nazorati markazining 2025 yil 20-martdagi 27-sonli hamda Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining 2025 yil 24-martdagi 153i-sonli buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan. (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashning 2025 yil 17 iyul`dagi 22-sonli xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: metisillinga chidamli Staphylococcus aureus tashxisini RT-PZR usulida tasdiqlash ≥4 soat ichida amalga oshirilishi va aniqlilik darajasi yuqoriligi sababdan an’anaviy bakteriologik usulga nisbatan tezkor taxliliy diagnostika o‘tkazish imkonini beradi. Iqtisodiy samaradorligi: «AmpliSen MRSA-skrin-titr-FL» PZR test to‘plami 100 ta analiz uchun mo‘ljallangan bo‘lib 1 ta bemor analizi (tahlili) barcha xarajatlar bilan o‘rtacha 40 ming so‘mdan to‘g‘ri keladi. An’anaviy bakteriologik usulda MRSA shtammlarini ajratib olish o‘rtacha 100-120 ming so‘mgacha baholanib, molekulyar usuldan 60-80 ming so‘mgacha farqlanadi. Bemorlar zamonaviy RT-PZR usulida tashxislanganda 100 ta analiz uchun byudjetdan 6-8 million so‘m mablag‘ tejalishiga erishiladi.
uchinchi ilmiy yangilik: ilk bor metisillinga chidamli Staphylococcus aureus shtammlarining DNK o‘lchamlari gel-elektroforez usulida 200 bp (base pare)dan iboratli isbotlanganligi Toshkent vaksina va zardoblar ilmiy-tadqiqot instituti ekspert kengashning 28.02.2025 yil №2-son bayonnomasi bilan tasdiqlangan «Metisillinga chidamli Staphylococcus aureus gen-molekulyar usulda aniqlashda zamonaviy yondashuv» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga kiritilgan. Mazkur taklif Mudofaa vazirligi sanitariya epidemiologiya nazorati markazining 2025 yil 20-martdagi 27-sonli xamda Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining 2025 yil 24-martdagi 153i-sonli buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan. (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashning 2025 yil 17 iyul`dagi 22-sonli xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: metisillinga chidamli Staphylococcus aureus mecA genlarini o‘lchamlarini aniqlash, bunday shtammlar parallel evolyusiyadan kelib chiqqanligini va ularning mamlakat ichida yoki mamlakatlararo tarqalishini kuzatish orqali kasallanishlarning kelajakda yuzaga kelishini kamaytiradi. Iqtisodiy samaradorligi: metisillinga chidamli Staphylococcus aureus mamlakatlararo tarqalishini kuzatish, ushbu mamlakatlar qo‘llayotgan chora-tadbirlarni o‘rganish orqali ular keltirib chiqaradigan kasalliklar tashxisoti va davolash uchun sarflanadigan harajatlarni iqtisod qilish imkonini beradi.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: ilk bor metisillinga chidamli mahalliy Staphylococcus aureus shtammlarida mecA geni joylashgan mobil genetik elementlaridan harakatchan va xavfli SCCmecIVc (Staphylocosc chromosome cassette) turi tarqalganli isbotlanganligi Toshkent vaksina va zardoblar ilmiy-tadqiqot instituti ekspert kengashning 28.02.2025 yil №2-son bayonnomasi bilan tasdiqlangan «Metisillinga chidamli Staphylococcus aureus gen-molekulyar usulda aniqlashda zamonaviy yondashuv» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga kiritilgan. Mazkur taklif Mudofaa vazirligi sanitariya epidemiologiya nazorati markazining 2025 yil 20-martdagi 27-sonli xamda Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining 2025 yil 24-martdagi 153i-sonli buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan. (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashning 2025 yil 17 iyul`dagi 22-sonli xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: metisillinga chidamli mahalliy Staphylococcus aureus bilan kasallangan bemorlarda kasallikning og‘ir kechishini bashoratlash, oqibatlarini baholash uchun xavf omillarini aniqlash xamda bemorlarda diagnostik mezonlarni baholash orqali ularning hayot sifatini yaxshilash imkonini beradi. Iqtisodiy samaradorligi: metisillinga chidamli mahalliy Staphylococcus aureus turini aniqlash kasallikning rivojlanishini hamda asoratlarining oldini olish, bemor salomatligining tez qayta tiklanishi va bemorlarning shifoxonada davolanishiga sarflanadigan xarajatlarni kamaytirish imkonini beradi.