Yuldashev Aziz Uyg‘un o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
 

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbek tili korpusida lingvistik va ekstralingvistik qidiruv parametrlarining lingvistik va dasturiy asoslari”, 10.00.11 – Til nazariyasi. Amaliy va kompyuter lingvistikasi (Filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.PhD/Fil3987.
Ilmiy rahbar: Elov Botir Boltaevich, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti  universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti, DSc.03/2025.27.12.Fil.41.01(bir martalik kengash). 
Rasmiy opponentlar: Abdurahmonova Nilufar Zaynobiddin qizi, filologiya fanlari doktori, professor. Xolmonova Zulxumor Turdievna, filologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti.
  Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi: o‘zbek tili korpusida lingvistik va ekstralingvistik qidiruv parametrlarining lingvistik va dasturiy asoslarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
lingvistik va ekstralingvistik teglash hamda avtomatik teglash vositalari tavsiflangan; ichki korpus (podkorpus) ishlab chiqishda ekstralingvistik teglardan foydalanish asoslab berilgan; korpus arxitekturasi va dasturiy platformasi ishlab chiqilgan; o‘zbek tili korpusi POS teglash natijalari qidiruv tizimida aks ettirish sxemasi asoslangan;
tabiiy tilni qayta ishlashda “regular ifoda” va “n-gram” imkoniyatlari va undan til korpusi qidiruv tizimida foydalanish imkoniyatlari aniqlangan; o‘zbek tili birliklarini ekstralingvistik teglar asosida qidirish parametrlari va O‘zbek milliy korpusida metama’lumotlar tizimi ishlab chiqilgan; 
o‘zbek tili birliklarini lingvistik teglar asosida qidiruvni shakllantirish tamoyillari aniqlangan; o‘zbek tili korpusida qidiruv natijalarini saralash va saqlash tizimi ishlab chiqilgan; 
o‘zbek tili birliklarini lingvistik teglar asosida qidiruvni shakllantirish algoritmi ishlab chiqilgan; qidiruv funksiyalari optimallashtirilgan; o‘zbek tili korpusida n-gram hamda regular ifodalar qidiruvi natijalari sinovdan o‘tkazilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbek tili korpusida lingvistik va ekstralingvistik teglash jarayonida erishilgan ilmiy natijalar asosida:
tabiiy tilni qayta ishlashda “regular ifoda” va “n-gram” imkoniyatlari va undan til korpusi qidiruv tizimida foydalanish imkoniyatlari hamda o‘zbek tili birliklarini ekstralingvistik teglar asosida qidirish parametrlari, shuningdek, o‘zbek tili birliklarini lingvistik teglar asosida qidiruvni shakllantirish tamoyillari borasidagi xulosalaridan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi Davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malaka oshirish markazi davlat muassasasida amalga oshirilgan 2024-2025-yilda bajarilgan ALM-202310132634 raqamli “Yangi so‘z va atamalarning o‘zbekcha muqobilini sun’iy intelekt asosida avtomatik taqdim qiluvchi atamacom.uz dasturiy ta’minoti platformasi va mobilli ilovasini yaratish” mavzusidagi innovatsion loyihada foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti Davlat tilda ish yuritish asoslarini o‘qitish va malakasini oshirish markazining 2025-yil 18-sentyabrdagi dalolatnomasi). Natijada ta’lim muassasalarida elektron ta’limni joriy etish markazi tasarrufida mavjud elektron resurslardan foydalangan holda o‘zbek tilidagi yangi so‘z va atamalarning 5000 tadan iborat lingvistik va ekstralingvistik teglangan ma’lumotlar bazasi shakllantirilgan;
lingvistik va ekstralingvsitik teglash va avtomatik teglash vositalarini tavsiflash, ichki korpus (podkorpus) ishlab chiqishda ekstralingvistik teglardan foydalanish, turli til korpuslarida (RNC, BNC, COCA korpuslari) qidiruv tizimini tahlil qilish, tabiiy tilni qayta ishlashda “regular ifoda” va “n-gram” imkoniyatlari va undan til korpusi qidiruv tizimida foydalanish imkoniyatlarini aniqlash, o‘zbek tili birliklarini ekstralingvistik teglar asosida qidirish parametrlari va O‘zbek milliy korpusida metama’lumotlar tizimini ishlab chiqishga oid ilmiy xulosa va natijalardan Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida 2020–2023-yillarda amalga oshirilgan AM-FZ-201908172 “O‘zbek tilining ta’limiy korpusini yaratish” nomli amaliy loyihasida foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti tomonidan taqdim etilgan 2025-yil 27-oktyabrdagi № 04/1-5160-son maʼlumotnomasi). Natijada o‘zbek tili korpusida lingvistik va ekstralingvistik qidiruv parametrlarining lingvistik va dasturiy asoslari ishlab chiqilgan; 
o‘zbek tili korpusida lingvistik va ekstralingvistik qidiruv parametrlarining lingvistik va dasturiy xususiyatlari hamda amalda foydalanish natijalaridan “Toshkent viloyati teleradiokanali” DMning koʻrsatuvlar ssenariylarini tayyorlashda va shu mavzuda suhbatlar uyushtirishda, xususan, telekanalning “Kun mavzusi” koʻrsatuvi va “Talqin va tahlil” tok-shousini tasvirga olishda foydalanilgan (“Toshkent viloyati teleradiokanali” DMning 2025-yil 3-noyabrdagi 01-03-131-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, ushbu teleko‘rsatuvlarning mazmuni ilmiy dalillar bilan boyitilgan; 
turkiy tillar adabiy ta’sir va adabiy aloqa hodisalari, o‘zbek tili korpusida lingvistik va ekstralingvistik qidiruv parametrlarining lingvistik va dasturiy asoslarini ishlab chiqish kabi masalalarga oid xulosalardan, o‘zbek tili korpusida lingvistik va ekstralingvistik qidiruv parametrlarining lingvistik asoslari va dasturiy ta’minotiga oid tahlil va xulosalardan Ozarbayjon Respublikasi FA Nasimiy nomidagi Tillar Instituti huzurida 2022–2025-yillar uchun mo‘ljallangan NAT-1-22-25 raqamli “Tillar mazmunini modernizatsiyalash asosida turkiy tillar komponentligini rivojlantirish texlologiyasini yaratish” mavzusidagi fundamental loyihada samarali foydalanilgan (Ozarbayjon Respublikasi FA Nasimiy nomidagi Tillar Instituti tomonidan taqdim etilgan 2025-yil 16-apreldagi 147/AZE ma’lumotnomasi). Natijada turkiy tillar korpusini qurishda va turkiy birliklarni lingvistik va ekstralingvistik belgilashda tadqiqotda taklif qilingan teglar tizimi va modellaridan samarali foydalanilgan. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish