Muxammadalieva Shaxzoda Maxmud qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbek tilidagi ramziy ma’noning antropotsentrik aspekti”, 10.00.01 – O‘zbek tili (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/Fil3282.
Ilmiy rahbar: Xakimova Muhayyo Karimovna, filologiya fanlar doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti, DSc.03/2025.27.12.Fil.41.01.
Rasmiy opponentlar: Sobirov Abdulhay Shukurovich, filologiya fanlari doktori, professor; Muqimova Zohida Rasulovna, filologiya fanlari doktori, katta ilmiy xodim.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi o‘zbek tilidagi ramziy ma’noni antropotsentrik jihatdan, xususan, lingvomadaniy, konseptual va aksiolingvistik tadqiq qilish hamda olingan ilmiy natijalar orqali ramziy ma’noning tarixiy-madaniy xotira, milliy tafakkur, qadriyatlar tizimi bilan shartlanganligini ilmiy asoslashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ramziy ma’noning mohiyati ochilib, uning o‘ziga xos xususiyatlari dalillangan, ramzlashish jarayonining kognitiv va semantik jihatlari yoritilgan, ilk marta ramziy ma’no etaloni, obekti, ramzlashish asosi hamda vositalari aniqlangan;
ramziy ma’noning konseptual tahlili ostona, tuproq, tuz leksemalari misolida amalga oshirilib, mazkur ma’noning shakllanishida millat tafakkur tarzining ta’siri ochib berilgan;
ramziy ma’noning shakllanishida milliy qadriyatlarning ta’siri qon, non leksemalarining aksiolingvistik tahlillari orqali ochib berilgan, ramziy ma’no qadriyatlarni saqlash va uni kelgusi avlodlarga yetkazishning qulay vositasi ekanligi dalillangan;
ramziy ma’noga ega bug‘doy, olma, chinor, tog‘, suv, olov, it, tulki, ilon, oq, qora, keng, tor leksemalari, mazkur komponentli maqol va frazemalar lingvomadaniy tahlil qilingan hamda bu ramziy ma’nolar millat madaniyatini o‘zida yorqin namoyon qilishi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbek tilidagi ramziy ma’noning antropotsentrik aspektiga oid olingan tadqiqot natijalari asosida
ramziy ma’noning mohiyati ochilib, uning o‘ziga xos xususiyatlari dalillangani, dasturlash uchun o‘zbek tili leksikonining ramziy ma’noga ega birliklarining so‘z yasovchi, lug‘aviy shakl yasovchi, sintaktik shakl yasovchi morfemalar va qo‘shimcha ko‘rinishidagi yuklamalar qurshovini lingvistik modellashtirishga oid ilmiy-nazariy xulosalaridan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida 2022-2024-yillarda amalga oshirilgan № IL-402104209 raqamli “Axborot-qidiruv tizimlari (Google, Yandex, Google translate) uchun avtomatik ishlov berish vositasi – o‘zbek tilining morfoleksikoni va morfologik analizatori dasturiy vositasini yaratish” mavzusidagi innovatsion loyihasida foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2025-yil 3-iyuldagi 01/4-2936-son ma’lumotnomasi). Natijada, o‘zbek tilining morfologik bazasi ramziy ma’noli so‘zlar va ularning morfologik qurshovi bilan boyitilgan;
ramziy ma’noning konseptual tahlili ostona, tuproq, tuz leksemalari misolida amalga oshirilib, mazkur ma’noning shakllanishida millat tafakkur tarzining ta’siri oydinlashtirilgani; ramziy ma’nolarning shakllanishida milliy qadriyatlarning ta’siri qon, non leksemalarining aksiolingvistik tahlillari orqali ochib berilganiga oid ilmiy xulosalardan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi Davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malaka oshirish markazining 2023–2024-yillarda bajarilgan II-4721101717-raqamli “Xizmat ko‘rsatish obektlari milliy nomlari interaktiv elektron platformasini yaratish” mavzusidagi innovatsion loyihada foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi Davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish markazining 2025-yil 22-oktyabrdagi 1606/1-son ma’lumotnomasi). Natijada, xizmat ko‘rsatish obektlari milliy nomlari interaktiv elektron platformasi bazasi o‘zbek milliy tafakkuri, madaniyati va qadriyatlarini o‘zida aks ettirgan ramziy ma’noli so‘zlar bilan boyigan;
ramzlarning kelib chiqish tarixi, tarixiy taraqqiyot davomida so‘zlar ramziy ma’nolarida qanday o‘zgarishlar bo‘lganligi, farqli jihatlari, ularning yuzaga kelish sabablari, ramziy ma’noli so‘zlarning badiiy adabiyot va xalq boyligi hisoblangan maqol, iboralarda qo‘llanilishi, ramziy so‘zlar zamirida yashiringan ichki ma’no nozikliklariga oid ilmiy-nazariy xulosalardan “O‘zbekiston tarixi” telekanalining “Vaqt mashinasi” dasturi ssenariylarini yozishda foydalanilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston tarixi” telekanalining 2025-yil 22-maydagi 01-33/344-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, o‘zbek tilidagi ramziy ma’nolarning o‘ziga xosliklariga oid materiallar ko‘rsatuv ilmiy saviyasi oshishiga xizmat qilgan;
ramziy ma’noga ega bug‘doy, olma, chinor, tog‘, suv, olov, it, tulki, ilon, oq, qora, keng, tor leksemalari, mazkur komponentli maqol va frazemalar lingvomadaniy tahlil qilingani, bu ramziy ma’nolar millat madaniyatini o‘zida yorqin namoyon qilishi isbotlanganiga oid ilmiy xulosalardan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida 2020-2023-yillarda bajarilgan AM-F3-201908172 raqamli “O‘zbek tilining ta’limiy korpusini yaratish” mavzusidagi amaliy loyihada foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2025-yil 3-iyuldagi 01/4-2937-son ma’lumotnomasi). Natijada, loyihada yaratilgan ta’limiy korpus ramziy ma’noga ega bo‘lgan bir qancha leksema va frazemalarning ma’nolari bilan boyitilgan.