Olimova Shaxnigor Olim o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
“Ingliz va o‘zbek tillarida tabu so‘zlar va evfemizmlarning lingvopragmatik, semantik va lingvoma’naviy tadqiqi” 10.00.06. – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik (filologiya bo‘yicha).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.2.PhD/Fil6251
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qarshi davlat universiteti.
Ilmiy rahbar: Ibragimov Javlon Yormatovich, filologiya fanlari doktori, dotsent.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Urganch davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.Fil.55.02
Rasmiy opponentlar: Jumaniyozov Zoxid Otaboevich, filologiya fanlari nomzodi (PhD), dotsent, Abuzalova Mehriniso Kadirovna, filologiya fanlari doktori (DSc), professor.
Yetakchi tashkilot: Termiz davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi ingliz va o‘zbek tillaridagi tabu so‘z va evfemizmlarning lingvopragmatik, semantik va lingvoma’naviy xususiyatlarini qiyosiy o‘rganishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ingliz va o‘zbek tillarida tabu so‘z va evfemizmlarning lingvopragmatik xususiyatlaridagi farqlar ikki xalq madaniyati, dunyoqarashi, ma’naviy olami orasidagi turlichaliklar asosida kelib chiqishi ikki tildagi leksik birliklar qiyosi asosida ochib berilgan;
tabu so‘zlar va evfemizmlarning til tizimida, madaniy nutqni shakllantirishda ingliz va o‘zbek tillarida umumiyliklar hamda farqlarga egaligi leksik birliklar semantik qiyosi orqali dalillangan;
ingliz va o‘zbek tillaridagi evfemik birliklar va tabu so‘zlarning pragmatik xususiyatlari farqlanishi ikki tildagi matnlar qiyosi orqali asoslangan;
ingliz va o‘zbek tillaridagi tabu so‘zlar va evfemizmlarning tarjimasida to‘liq muvofiqlikka erishishda semantik, grammatik va pragmatik omillar hisobga olinishi zarurligi ikki tildagi matnlar tarjimasi vositasida aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ingliz va o‘zbek tilidagi tabu va evfemizmlarni lingvopragmatik, semantik va lingvoma’naviy tadqiq etish natijasida olingan ilmiy natijalar asosida:
ingliz va o‘zbek tillarida tabu so‘z va evfemizmlarning lingvopragmatik xususiyatlaridagi farqlar ikki xalq madaniyati, dunyoqarashi, ma’naviy olami orasidagi turlichaliklar asosida kelib chiqishi ikki tildagi leksik birliklar qiyosi asosida ochib berilganligiga oid nazariy fikrlardan Davlat ilmiy-texnik dasturlari doirasidagi 2022-2024-yillarga mo‘ljallangan №.IL-402104209 “Axborot-qidiruv tizimlari (Google, Yandex, Google translate) uchun avtomatik ishlov berish vositasi – o‘zbek tilining morfoleksikoni va morfologik analizatori dasturiy vositasini yaratish” mavzusidagi amaliy grant loyihasida foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2025-yil 4-martdagi № 04/1-832 raqamli ma’lumotnomasi). Bu ma’lumotlar loyiha doirasida tayyorlangan ilmiy maqolalar, tezislar hamda monografiyalar saviyasini oshirishga xizmat qilgan;
tabu so‘zlar va evfemizmlarning til tizimida va madaniy nutqni shakllantirishda ingliz va o‘zbek tillarida umumiyliklar hamda farqlarga egaligi leksik birliklar semantik qiyosi orqali dalillangan; ingliz va o‘zbek tillaridagi evfemik birliklar va tabu so‘zlarning pragmatik xususiyatlari farqlanishi ikki tildagi matnlar qiyosi orqali asoslanganligi haqidagi ma’lumotlardan O‘zRFA QQB Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot instituti tomonidan 2017-2020-yillarda bajarilgan FA-F1-005-raqamli “Qoraqalpoq folklorshunosligi va adabiyotshunosligi tarixini tadqiq etish” mavzusidagi fundamental loyihada foydalanildi (O‘zRFA QQB Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy tadqiqot institutining 2025-yil 2-maydagi №260/1 ma’lumotnomasi). Natijada loyiha doirasida amalga oshiriladigan tadqiqotlarning ilmiy ahamiyati oshgan.
ingliz va o‘zbek tillaridagi tabu so‘zlar va evfemizmlar tarjimasida to‘liq muvofiqlikka erishishda semantik, grammatik va pragmatik omillar hisobga olinishi zarurligi ikki tildagi matn parchalari tarjimasi vositasida aniqlanganligi haqidagi xulosalardan Qashqadaryo viloyat teleradiokompaniyasining “Ochiq muloqot” radioeshittirishi ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (Qashqadaryo viloyat teleradiokompaniyasining 2025-yil 16-aprel 17-05/70-sonli ma’lumotnomasi). Natijada mazkur radioeshittirish mazmuni mukammallashgan, eshittirishning ilmiy dalillarga boy bo‘lish imkonini bergan.