Shukurova Dilbar Shukrulo qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Ta’lim klasteri sharoitida inklyuziv ta’lim samaradorligini oshirishning innovatsion mexanizmlari”, 13.00.03 – Maxsus pedagogika.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.06.PhD/Ped565.
Ilmiy rahbar: Qodirova Feruzaxon Usmanovna, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Chirchiq davlat pedagogika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Chirchiq davlat pedagogika universiteti, PhD.01/2025.27.12. Ped.04.03.
Rasmiy opponentlar: Xakimova Muxabbat Fayzievna, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor; Rahimova Xurshida Sodiqovna, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Andijon davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi pedagogik ta’lim klasteri sharoitida inklyuziv ta’lim samaradorligini oshirishning  innovatsion mexanizmlarini takomillashtirish yuzasidan ilmiy metodik tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ta’lim klasteri sharoitida inklyuziv ta’lim samaradorligini oshirishning pedagogik shart-sharoitlari o‘quvchilarda akademik-ijtimoiy bo‘shliqlarni diagnostikasiga asoslangan to‘siqsiz muhit yaratishdagi subektlar faoliyatini integratsiyalashning propedevtika bosqichiga simulyasiya ustuvorligida singdirish asosida aniqlashtirilgan;
inklyuziv ta’lim samaradorligini oshirishning subektlar faoliyati integratsiyasiga asoslangan integrativ modeli korreksion-rivojlantiruvchi didaktik bloklarni ochiq axborot muhitida sinergetik ta’sirning dinamik farqlari sintezida metapredmet konteksti bo‘yicha optimallashtirish asosida takomillashtirilgan;
inklyuziv ta’lim samaradorligini oshirishning adaptiv mexanizmlari, o‘quvchilarning fanlar kesimida yangi bilimni o‘zlashtirishiga moslashuvchan klaster adaptiv metodik tizimni akademik-personal muhitda individual rivojlanish xaritasi indikatorlariga ko‘ra, modifikatsiyalash asosida takomillashtirilgan; 
inklyuziv ta’lim samaradorligini oshirishning korreksion-didaktik ta’minoti inklyuziv kompetentlikni subektlararo prognostik monitoring qilish uchun mo‘ljallangan “Profiflaer” dasturini alohida ehtiyojlari mavjud bo‘lgan bolalar rivojlanishini kompleks ta’minlashga qaratilgan korreksion faoliyat mazmuniga differensial singdirish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ta’lim klasteri sharoitida inklyuziv ta’lim samaradorligini oshirishning innovatsion mexanizmlarini takomillashtirish yuzasidan olib borilgan ilmiy izlanishlar natijalar asosida:
pedagogik ta’lim klasteri sharoitida inklyuziv ta’lim samaradorligini oshirishning pedagogik shart-sharoitlari, inklyuziv ta’limda ishtirokchilari o‘rtasida do‘stona munosabatni diagnostika qilishga qaratilgan to‘siqsiz muhit tamoyili asosida, subektlar faoliyatini integratsiyalashning propedevtika bosqichiga simulyasiya ustuvorligida singdirishga oid tavsiyalari "Logopsixologiya" nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’limi vazirligining 2023-yil 27-martdagi 68-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan 68-772-sonli guvohnoma). Natijada, alohida ta’lim ehtiyoji mavjud o‘quvchilarda akademik faollikni ta’minlashga qaratilgan samarali kommunikatsiya muhiti yaratilishiga xizmat qilgan; 
ta’lim klasteri sharoitida inklyuziv ta’lim samaradorligini oshirishning klaster modeli korreksion va didaktik bloklarni ochiq axborot muhitida sinergetik ta’sirning dinamik farqlari sintezida metopredmet konteksti bo‘yicha optimallashtirishga oid tavsiyalaridan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining “O‘zbekiston-24” ijodiy birlashmasi “O‘zbekiston” teleradiokanlining “Ta’lim va taraqqiyot”, “Bolalar va biz”, “O‘zbekiston yoshlari” nomli dasturlar ssenariyasini tayyorlashda foydalanilgan (2023-2025 yillar), (“O‘zbekiston” teleradiokanali 2025-yil 17-iyundagi  05-09-933-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, klaster subektlari hamkorligida inklyuziv ta’lim samaradorligini oshirishning samarali mexanizmlarini keng targ‘ib etishga sharoit yaratilgan.
inklyuziv ta’lim samaradorligini oshirish va uning didaktik ta’minotini yaratishda, inklyuziv kompetentlikni subektlar faoliyati kesimida monitoring qilishga qaratilgan “PROFIFLAER” dasturi alohida ehtiyojlari mavjud bolalar rivojlanishini ta’minlashga qaratilgan o‘quv faoliyati mazmuniga differensial singdirishga oid takliflari “O‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish va psixologik-pedagogik respublika tashxis markazi” ning pedagog kadrlarni inklyuziv ta’limga tayyorlashga mo‘ljallangan dasturlarida foydalanilgan. (O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi O‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish va psixologik-pedagogik respublika tashxis markazi 2025-yil. 17-iyundagi 01/10-01-205-son ma’lumotnomasi). Natijada, inklyuziv ta’lim samaradorligini oshirishda subektlar faoliyatini optimallashtiruvchi pedagogik stategiyalarning uzlyuksiz ta’lim bo‘g‘inlariga ham joriy etish imkoniyati yaratilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish