Rajabova Ra’no Zaripovna
Filologiya fanlari doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “O‘zbek folklori lirik va paremik janrlarining yozma she’riyatdagi stilizatsiyasi” 10.00.02 - O‘zbek adabiyoti ixtisosligi. 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.4 DSc/Fil884
Ilmiy maslahatchi O‘raeva Darmon Saidaxmedovna, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti 
    IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Buxoro davlat universiteti, DSc.03/2025.27.12.Fil.08.07
Rasmiy opponentlar: Buxoro davlat pedagogika instituti professori, filologiya fanlari doktori (DSc), Sharipova Laylo Frunzeevna.
Samarqand davlat universiteti professor, filologiya fanlari doktori (DSc), Hasanov Shavkat Ahadovich. 
Qarshi davlat universiteti professori, filologiya fanlari doktori (DSc) Achilov Nasim Kamolovich.
Yetakchi tashkilot: Urganch davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: o‘zbek folkloridagi lirik hamda paremik janrlarining yozma adabiyotdagi stilizatsiyasi asosida shakllangan she’riy folklorizmlarning poetik xususiyatlarini, bunda ijodkorlarning shakliy-uslubiy izlanishlarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
she’riy folklorizmlarning xususiyatlari, manbalari, nasriy folklorizmlardan farqi, zamonaviy lirikada xalq lirik va paremik janrlarining stilizatsion ko‘rinishlarda an’anaviy shakl va ifoda uslubini, detal yoki epizodlarini, an’anaviy motiv, obraz, ohangning xalqona ruhini aynan yoki qisman saqlash tamoyillari ochilgan; 
 xalq mavsumiy va oilaviy-maishiy marosimlariga aloqador qo‘shiqlar stilizatsiyasining mif-marosim-folklor bosqichidan yozma ijod bosqichiga ko‘chish asoslari, tadriji, ijtimoiy-psixologik omillari, yaratilishiga sabab bo‘lgan zamon va davr voqeliklari badiiy xronotop sifatida aniqlangan;
o‘zbek she’riyatida alla stilizatsiyasi, ularning ayol va erkak shoirlar ijodida uchrashi, adabiy allalar poetikasi, ijodkor psixologiyasining allalardagi ruhiy ifodasi, ularning folklordagi shu janr bilan genetik aloqadorligi, mavzuiy va shakliy yaqinligi qiyosan asoslangan;
o‘zbek xalq nikoh to‘yi marosimiga oid yor-yor, kelin salomlar sarlavhasi va ritmik-kompozision qurilishi, azaga aloqador yig‘i va yo‘qlovlar stilizatsiyasi asosida yaratilgan girya, yig‘i, elegiya, yo‘qlov, marsiya, bag‘ishlov, xotira, yodlash, eslash nomidagi she’rlarning janriy tabiati, mavzuiy tasnifi, ritmik va lingvopoetik xususiyatlari oydinlashtirilgan; 
xalq lirik va marosim qo‘shiqlarini davr voqealariga moslab qayta ishlash uchun stilizatsiya qilingani to‘y qo‘shiqlari, shoir va yozuvchilar, davlat arboblari, qatag‘on qurbonlari va Afg‘onistonda shahid bo‘lgan o‘zbek yigitlari o‘limi haqida yozilgan she’rlar misolida dalillangan;
topishmoq, tez aytish va olqish she’rlarning stilizatsiya mahsuli sifatidagi namunalarida janr shakli, yetakchi motiv, obraz, ritm, vazn, ohangining yangicha ko‘rinishdagi poetik va uslubiy ifoda qirralari ijodkorlar mahorati orqali isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: she’riy folklorizmlarning xususiyatlari, manbalari, nasriy folklorizmlardan farqi, zamonaviy lirikada xalq lirik va paremik janrlarining stilizatsion ko‘rinishlarda an’anaviy shakl va ifoda uslubini, detal yoki epizodlarini, an’anaviy motiv, obraz, ohangning xalqona ruhini aynan yoki qisman saqlash tamoyillari aniqlangan xulosalardan Davlat ilmiy-texnik dasturi doirasidagi 2021-2023-yillarga mo‘ljallangan IL-402104474 “bolalaradabiyoti.uz” elektron platforma va uning mobil ilovasini yaratish”  nomli  loyihasi doirasida foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2025-yil 5-iyuldagi 01/01-2960-son ma’lumotnomasi). Bu esa folklordagi an’anaviy janr, obraz va motivlarni aniqlashga yordam berishi barobarida folklorning yozma adabiyot taraqqiyotida o‘ziga xos manba ekanligini asoslashga xizmat qilgan;
o‘zbek folkloridagi lirik hamda paremik janrlarining yozma adabiyotdagi stilizatsiyasi asosida shakllangan she’riy folklorizmlarning poetik xususiyatlari, bunda ijodkorlarning shakliy-uslubiy izlanishlari samarasi orqali bugungi adabiy jarayondagi janriy yangilanishlar asoslangan ilmiy xulosalardan Davlat ilmiy-texnik dasturlari doirasida O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy tadqiqot institutida 2021-2023-yillarda amalga oshirilgan “Qoraqalpoq og‘zaki nasri (janrlar tuzilishi, genezisi, obrazlar tizimi, syujet va motivlari, poetikasi)” mavzusidagi fundamental tadqiqot loyihasini bajarishda foydalanilgan (O‘zRFA Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy tadqiqot institutining 2025-yil 4-iyuldagi №379/2-son ma’lumotnomasi). Natijada folklordagi she’riy va paremik janrlarni adabiylashtirish, janriy yangilash xususiyatlari asoslangan;
o‘zbek shoirlarining folklordagi she’riy va paremik janrlarni adabiylashtirish mahorati, bu boradagi shakliy-uslubiy izlanishlari samarasi orqali bugungi adabiy jarayondagi janriy yangilanishlarning xususiyatlari asoslangan ilmiy xulosalardan xalq mavsumiy va oilaviy-maishiy marosimlariga aloqador qo‘shiqlar stilizatsiyasining mif-marosim-folklor bosqichidan yozma ijod bosqichiga ko‘chish asoslari, tadriji, ijtimoiy-psixologik omillari, yaratilishiga sabab bo‘lgan zamon va davr voqeliklari badiiy xronotop sifatida aniqlangan xulosalardan davlat ilmiy-texnik dasturlari doirasidagi 2021-2023-yillarda bajarilgan PF-201912258 “O‘zbek adabiyotining ko‘p tilli (o‘zbek, rus, ingliz tillarida) elektron platformasini yaratish” nomli amaliy loyihada foydalanilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2025-yil 05-iyuldagi 01/01-2959-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘zbek adabiyoti tarixida folklor va yozma adabiyot munosabati an’anaviyligini asoslashda ushbu dissertatsiyadagi ilmiy-nazariy fikrlar muhim ilmiy manba bo‘lgan;
xalq lirik va marosim qo‘shiqlarini davr voqealariga moslab qayta ishlash uchun stilizatsiya qilingani to‘y qo‘shiqlari, shoir va yozuvchilar, davlat arboblari, qatag‘on qurbonlari va Afg‘onistonda shahid bo‘lgan o‘zbek yigitlari o‘limi haqida yozilgan she’rlar tahlili keltirilgan dissertatsiyasi ishi natijalaridan O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Buxoro viloyati bo‘limi huzuridagi yosh ijodkorlarning “Nilufar” adabiy to‘garagi mashg‘ulotlarini tashkil qilishda foydalanilgan (O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Buxoro viloyati bo‘limining 11.07.2025. 17-sonli ma’lumotnomasi). Natijada ular o‘zbek adabiyotining taraqqiyot xususiyatlari, obrazlar tarkibi, unda zamon va inson, shaxs va jamiyat masalalarining uyg‘un holda berilishi dalillangan;
o‘zbek she’riyatida alla stilizatsiyasi, ularning ayol va erkak shoirlar ijodida uchrashi, adabiy allalar poetikasi, ijodkor psixologiyasining allalardagi ruhiy ifodasi, ularning folklordagi shu janr bilan genetik aloqadorligi, mavzuiy va shakliy yaqinligi qiyosan asoslangan ilmiy qarashlardan Buxoro viloyat teleradiokompaniyasida “Assalom, Buxoro!”, “Dolzarb mavzu”, “Sakkizinchi mo‘jiza” ko‘rsatuvlarining ssenariysini tayyorlashda  foydalanilgan (Buxoro viloyat teleradiokompaniyasining 2025-yil 3-iyuldagi 01-09-157-sonli ma’lumotnomasi). Natijada teletomoshabinlarning kitobxonlikka qiziqishini oshirishga, folklordagi janrlar bilan genetik aloqador, o‘xshash adabiy hodisalar bo‘yicha ilmiy tasavvur-tushunchalarini boyitishga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish