Ismoilov Rajabboy Maxmayusuf o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): "Qo‘shma kasalliklar fonidagi aterosklerozda tizimli yallig‘lanishning roli va uni tuzatish imkoniyatlari", 14.00.05-Ichki kasalliklar (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.1.PhD/Tib3296.
Ilmiy raxbar: Agababyan Irina Rubenovna, tibbiyot fanlari nomzodi, professor.
Dissertatsiya bajargan muassasa nomi: Samarqand davlat tibbiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat tibbiyot universiteti, DSc.06/2025.27.12.Tib.17.01.
Rasmiy opponentlar: Tashkenbaeva Eleonora Negmatovna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Xamrabaeva Feruza Ibragimovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Urganch davlat tibbiyot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi surunkali yurak ishemik kasalligida koronar arteriyalar aterosklerozi va parodontit bilan ogrigan bemorlarda kolxisinning kichik dozasini qo‘llash orqali davolash usulini optimallashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
surunkali yurak ishemik kasalligida koronar arteriyalar aterosklerozi va parodontit bilan og‘rigan bemorlarda standart terapiya fonida yallig‘lanish oldi sitokinlari (interleykin-6, TNF-α) miqdorining oshishi hamda yallig‘lanishga qarshi (interleykin-10) darajasining kamayishi aniqlangan; 
surunkali yurak ishemik kasalligida koronar arteriyalar aterosklerozi va parodontit bilan og‘rigan bemorlarda an’anaviy davo muolajasiga qo‘shimcha ravishda kolxisin dori vositasini kichik dozada (0,5mg) qo‘llash natijasida davolash taktikasi takomillashtirilgan;
surunkali yurak ishemik kasalligida koronar arteriyalar aterosklerozi va parodontit bilan og‘rigan bemorlarda standart terapiyaga qo‘shimcha kolxisinni kiritish interleykinlar o‘rtasidagi muvozanatni bosqichma-bosqich tiklashga, S-reaktiv oqsil mikdorini pasaytirishga, shuningdek, umumiy xolesterin darajasini kamayishiga, yuqori zichlikdagi lipopreteinlar darajasini oshirishga olib kelishi aniqlangan;
komorbid bemorlarda taklif etilgan davolash usulini 6 oy muddat davomida qo‘llash orkali surunkali yurak ishemik kasalligi va parodontitni davo natijalari 34,5% ga yaxshilangan va ushbu terapiyaning yukori  samaradorligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi Ilmiy-texnika kengashining xulosasi asosida, yurak ishemik kasalligi va parodontit fonidagi aterosklerozni davolash usullarini takomillashtirishga qaratilgan ilmiy tadqiqotlar natijalari asosida:
birinchi ilmiy yangilik: surunkali yurak ishemik kasalligida koronar arteriyalar aterosklerozi va parodontit bilan og‘rigan bemorlarda standart terapiya fonida yallig‘lanish oldi sitokinlari (interleykin-6, TNF-α) miqdorining oshishi hamda yallig‘lanishga qarshi (interleykin-10) darajasining kamayishi aniqlangan, va bu bo‘yicha tavsiyalar Samarqand davlat tibbiyot universitetining 2025 yil 26-fevraldagi №7 son Ilmiy kengashi tomonidan tasdiqlangan “Ateroskleroz va parodontit bilan og‘rigan bemorlarda yallig‘lanish sitokinlari darajasi diagnostikasi” va  nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Bu takliflar amaliyotga 2025-yil 12-martdagi №37-sonli buyruq bilan Jizzax viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazida va 2025-yil 04-martdagi №86-U-sonli buyruq bilan Samarqand viloyati Urgut tuman tibbiyot birlashmasida joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: ateroskleroz va parodontit kasalliklar bilan og‘rigan bemorlarda  sitokinlar muvozanatining buzilishi aniqlanganligi, ushbu kasalliklarning umumiy patogenetik bog‘liqligini ko‘rsatadi. Iqtisodiy samaradorlik: ateroskleroz va surunkali parodontitni tashxislash va davolash algoritmining takomillashtirilishi orqali har bir bemor uchun  dori vositalarini qabul qilish xarajatlarini o‘rtacha 433 ming so‘m tejash imkonini berdi. 
ikkinchi ilmiy yangilik: koronar arteriyalar aterosklerozi va parodontit bilan og‘rigan bemorlarda an’anaviy davo muolajasiga qo‘shimcha ravishda kolxisin dori vositasini kichik dozada (0,5mg) qo‘llash natijasida davolash taktikasi takomillashtirilgan. Bu bo‘yicha tavsiyalar Samarqand davlat tibbiyot universitetining 2025 yil 26-fevraldagi №7 son Ilmiy kengashi tomonidan tasdiqlangan “Komorbidligi bo‘lgan ateroskleroz bilan bemorlarda kolxisinning past dozalarini qo‘llash” nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Bu takliflar amaliyotga 2025-yil 12-martdagi №37-sonli buyruq bilan Jizzax viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazida va 2025-yil 04-martdagi №86-U-sonli buyruq bilan Samarqand viloyati Urgut tuman tibbiyot birlashmasida joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: kolxisin dori vositasini qo‘llash tizimli yallig‘lanishni bartaraf etadi, bu orqali insonlarning ijtimoiy faolligi ortadi, xayot sifati yaxshilanadi. Iqtisodiy samaradorligi: maqsadli terapiyani qo‘llash byudjet mablag‘larining  sarfi 1325 ming so‘mdan 892 ming so‘mgacha kamayadi bu statsionar davo kuni qisqarishi hisobiga erishiladi. 
uchinchi ilmiy yangilik: surunkali yurak ishemik kasalligida koronar arteriyalar aterosklerozi va parodontit bilan og‘rigan bemorlarda standart terapiyaga qo‘shimcha kolxisinni kiritish interleykinlar o‘rtasidagi muvozanatni bosqichma-bosqich tiklashga, SRO  mikdorini pasaytirishga, shuningdek, umumiy xolesterin darajasini kamayishiga, YuZLP darajasini oshirishga olib kelishi aniqlangan va bu bo‘yicha tavsiyalar Samarqand davlat tibbiyot universitetining 2025 yil 26-fevraldagi №7 son Ilmiy kengashi tomonidan tasdiqlangan  “Komorbidligi bo‘lgan ateroskleroz bilan bemorlarda kolxisinning past dozalarini qo‘llash” nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Bu takliflar amaliyotga 2025-yil 12-martdagi №37-sonli buyruq bilan Jizzax viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazida va 2025-yil 04-martdagi №86-U-sonli buyruq bilan Samarqand viloyati Urgut tuman tibbiyot birlashmasida joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: yuqori samaradorlikga ega davo usullari nogironlik rivojlanishining oldini oladi. Kasallik avj olishini sekinlashishi yuzaga kelishi muqarrar bo‘lgan og‘ir asoratlar bilan bog‘liq statsionar muolajalarga bo‘lgan ehtiyojni kamaytiradi. Iqtisodiy samaradorligi: ateroskleroz va surunkali parodontitni kasalliklari qo‘shimcha tashxislash usullariga extiyojni kamaytirishga asoslangan, buning natijasida byudjet mablag‘lari tejalgan.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: komorbid bemorlarda taklif etilgan davolash usulini 6 oy muddat davomida qo‘llash orkali surunkali yurak ishemik kasalligida va parodontitni davo natijalari 34,5% ga yaxshilangan va ushbu terapiyaning yukori  samaradorligi isbotlangan va ular bo‘yicha tavsiyalar Samarqand davlat tibbiyot universitetining 2025 yil 26-fevraldagi №7 son Ilmiy kengashi tomonidan tasdiqlangan  “Komorbidligi bo‘lgan ateroskleroz bilan bemorlarda kolxisinning past dozalarini qo‘llash” nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Bu bo‘yicha Samarqand davlat tibbiyot universitetining 2025 yil 26-fevraldagi №7 son Ilmiy kengashi tomonidan tasdiqlangan va mazkur taklif Jizzax viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazida 2025-yil 12-martdagi №37-sonli buyruq bilan va Samarqand viloyati Urgut tuman tibbiyot birlashmasida 2025-yil 04-martdagi №86-U-sonli buyruq bilan amaliyotga joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: 6 oylik muolajalar samarasining 12 oygacha saqlanishi va kasallikning o‘sish sur’atining kamayishi ilmiy jihatdan asoslanganligi jamiyat uchun muhim ijtimoiy ahamiyatga egadir. Kasallik belgilarining kamayishi uning kechish dinamikasining mo‘tadillashishi, hayot sifatini yaxshilaydi. Iqtisodiy samaradorligi: bu bemorlarning shifoxonaga statsionar davolanishlar soni va yotoq kunlari qisqarish imkonini beradi.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish