Qo‘ldoshev G‘anijon Namozovichning
falsafa  doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.   Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Operatsiyadan keyingi ventral churrasi bo‘lgan bemorlarni kasallikning patogenetik xususiyatlarini hisobga olgan holda davolash taktikasini optimallashtirish», 14.00.27 – Xirurgiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/Tib2899.
Ilmiy rahbar: Abduraxmanov Mamur Mustafaevich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Buxoro davlat tibbiyot instituti, DSc.06/2025.27.12.Tib.05.03.
Rasmiy opponentlar: Xodjiev Daniyar Shamuratovich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent; Kurbaniyazov Zafar Babajanovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Akademik V.Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy xirurgiya markazi.
II. Tadqiqotning maqsadi: operatsiyadan keyingi ventral churrasi bo‘lgan bemorlarni kasallikning patogenetik xususiyatlarini hisobga olgan holda davolash taktikasini optimallashtirishdan iborat.
III.   Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor operatsiyadan keyingi ventral churrasi bo‘lgan bemorlarda, mahalliy to‘qimalar va “Esfil” polipropilen to‘rli implantati yordamida gernioplastikadan so‘ngi davrda asoratlar rivojlanishining sabablari aniqlangan;
“Esfil” (polipropilenli) va “Titanli ipak” (titanli) implantatlari turiga bog‘liq holda operatsiyadan keyingi asoratlar rivojlanishini bashoratlovchi immunologik markyorlar aniqlangan;
operatsiyadan keyingi ventral churralarni jarrohlik yo‘li bilan davolashda “Esfil” (polipropilenli) va “Titanli ipak” (titanli) implantlari qo‘llanilishining qiyosiy samaradorligi aniqlangan;
ilk bor operatsiyadan keyingi erta davrni o‘rganish asosida titanli ipakdan foydalanish jarohat suyuqligidagi sitokinlar (IL-8, IL-6, TNF-Α, IL-4, IL-10) darajasi dinamikasiga, to‘qima regeneratsiyasiga ijobiy ta’sir ko‘rsatishi hamda asoratlar rivojlanishini 31% dan 16,6% gacha kamaytirishi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
 O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashning ilmiy-tadqiqot ishlari natijalarini amaliyotga tatbiq etishi bo‘yicha 2025 yil 10 iyundagi 19/57 sonli xulosasiga ko‘ra:
birinchi ilmiy yangilik: ilk marotaba operatsiyadan keyingi ventral churrasi bo‘lgan bemorlarda, mahalliy to‘qimalar va “Esfil” polipropilen to‘rli implantati yordamida gernioplastikadan so‘ngi davrda asoratlar rivojlanishining sabablari aniqlangan. Ilmiy yangilikning ahamiyati: mahalliy to‘qimalar bilan oddiy plastika usulining "Esfil" polipropilen to‘rli implantati yordamida bajarilgan gernioplastika bilan qiyosiy o‘rganilishi operatsiyadan keyingi erta davr natijalarini ob’ektiv baholash va qaysi usul bemorlar uchun xavfsizroq, kam asoratli va tezroq tuzalishini ta’minlashini aniqlash imkonini beradi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Olingan ilmiy natijalar Kashkadaryo viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazida (13.08.2024 yildagi №125 buyruk) va Navoiy viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazida (16.09.2024 yildagi №48 buyruk) amaliyotga joriy etildi. Ijtimoiy samaradorligi: operatsiyadan keyingi ventral churrasi bo‘lgan bemorlarni davolashda samarali va kam asoratli jarrohlik usulini aniqlash bemorlarning hayot sifatini oshiradi, ularning tezroq sog‘ayib, mehnat faoliyatiga qaytishiga yordam beradi. Iqtisodiy samaradorligi: samarali davolash usulini tanlash (mahalliy to‘qima yoki "Esfil" to‘ri) operatsiyadan keyingi asoratlar sonini kamaytirishga va kasalxonada yotish muddatini qisqartirish orqali 1 nafar bemor uchun 795000 so‘m byudjetdan tashqari mablag‘larni tejash imkonini beradi. Xulosa: ushbu ilmiy yangilik ventral churralarni davolashda mahalliy to‘qimali plastika va "Esfil" to‘rli implantatning samaradorligini baholashga xizmat qiladi.
ikkinchi ilmiy yangilik: “Esfil” (polipropilenli) va “Titanli ipak” (titanli) implantatlari turiga bog‘liq holda operatsiyadan keyingi asoratlar rivojlanishini bashoratlovchi immunologik markyorlar aniqlangan;  Ilmiy yangilikning ahamiyati: turli xildagi implantatlardan foydalanishda operatsiyadan keyingi asoratlarning rivojlanishiga olib keluvchi aniq xavf omillarini aniqlash implantat turini tanlashda va jarrohlikdan oldingi tayyorgarlikni rejalashtirishda individuallashtirilgan yondashuvni qo‘llashga imkon beradi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Olingan ilmiy natijalar Kashkadaryo viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazida (13.08.2024 yildagi №125 buyruk) va Navoiy viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazida (16.09.2024 yildagi №48 buyruk) amaliyotga joriy etildi. Ijtimoiy samaradorligi: aniqlangan xavf omillari asosida bemorlarni individual boshqarish imkoniyati bemorlarning davolanish jarayonini osonlashtiradi, og‘riqli asoratlardan himoyalaydi va sog‘liqlarini tezroq tiklashga, ya’ni mehnat faoliyatiga erta qaytishga ko‘maklashadi. Iqtisodiy samaradorligi: operatsiyadan keyingi asoratlarni keltirib chiqaruvchi xavf omillarini oldindan aniqlash asoratlarni kamaytirish orqali 1 nafar bemor uchun taxminan 925000 so‘m byudjetdan tashqari mablag‘larni tejash imkoniyatini beradi. Xulosa: ushbu tadqiqot davomida olingan ma’lumotlar jarrohlarga implantat tanlashda va individuallashtirilgan profilaktika strategiyalarini ishlab chiqishda yordam beradi.
uchinchi ilmiy yangilik: operatsiyadan keyingi ventral churralarni jarrohlik yo‘li bilan davolashda “Esfil” (polipropilenli) va “Titanli ipak” (titanli) implantlari qo‘llanilishining qiyosiy samaradorligi aniqlangan;  Ilmiy yangilikning ahamiyati: “Esfil” polipropilen to‘rli implantati va “Titanli ipak” implantati yordamida bajarilgan gernioplastika operatsiyalarining erta va uzoq davrdagi natijalarini qiyosiy o‘rganish qaysi implantat turining (oddiy polipropilen yoki titanlani) residiv xavfi, asoratlar soni va bemorning tiklanishi bo‘yicha ustunligini aniqlash imkonini beradi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Olingan ilmiy natijalar Kashkadaryo viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazida (13.08.2024 yildagi №125 buyruk) va Navoiy viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazida (16.09.2024 yildagi №48 buyruk) amaliyotga joriy etildi. Ijtimoiy samaradorligi: eng yaxshi implantat turini aniqlash bemorlarda jarrohlikdan keyingi asoratlar xavfini minimallashtirishga, residiv (qayta churra paydo bo‘lishi) darajasini pasaytirishga yordam berib, bemorlarning hayot sifatini oshiradi. Iqtisodiy samaradorligi: yuqori samaradorlikka ega bo‘lgan implantatni tanlash (masalan, kam residiv va asoratlar beradigan “Titanli ipak” yoki "Esfil") takroriy operatsiyalar, uzoq muddatli asoratlarni davolash va dori-darmon xarajatlarini kamaytirish hisobiga 1 nafar bemor uchun taxminan 1500000 so‘m byudjetdan tashqari mablag‘larni tejash imkonini beradi. Xulosa: ushbu tadqiqot ventral churralarni protezli tiklashda xavfsiz va samarali implantatni tanlash bo‘yicha aniq ilmiy yo‘nalish beradi.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: ilk marotoba operatsiyadan keyingi erta davrni o‘rganish asosida titanli ipakdan foydalanish jarohat suyuqligidagi sitokinlar (IL-8, IL-6, TNF-Α, IL-4, IL-10) darajasi dinamikasiga, to‘qima regeneratsiyasiga ijobiy ta’sir ko‘rsatishi hamda asoratlar rivojlanishini 31% dan 16,6% gacha kamaytirishi isbotlangan. Ilmiy yangilikning ahamiyati: ushbu tadqiqot polipropilen ("Esfil") va titanli ("Titanli ipak") implantatlariga organizmning biologik javobini, xususan, tizimli va mahalliy yallig‘lanish reaksiyasi darajasini va sitokinlar (yallig‘lanish markerlari) darajasidagi o‘zgarishlarni chuqur o‘rganishga imkon beradi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Olingan ilmiy natijalar Kashkadaryo viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazida (13.08.2024 yildagi №125 buyruk) va Navoiy viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazida (16.09.2024 yildagi №48 buyruk) amaliyotga joriy etildi. Ijtimoiy samaradorligi: yallig‘lanish reaksiyasini kamroq keltirib chiqaradigan implantatni aniqlash bemorlarda jarrohlikdan keyingi davrdagi og‘riq sindromi va yallig‘lanish bilan bog‘liq boshqa asoratlarning intensivligini kamaytirishga xizmat qiladi. Iqtisodiy samaradorligi: implantatga nisbatan yallig‘lanish reaksiyasining pastligi operatsiyadan keyingi asoratlarni davolash va og‘riqni boshqarish orqali 1 nafar bemor uchun taxminan 140000 so‘m byudjetdan tashqari mablag‘larni tejash imkoniyatini beradi. Xulosa: ilmiy yangilikni amaliyotda qo‘llash polipropilenli va titanli implantatlarning inson organizmiga ta’sirini (tizimli yallig‘lanish va sitokinlar orqali) mikro darajada tushunishga yordam beradi. 

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish