Baxriddinov Nurali Bekmurodovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Talabalarni kredit-modul ta’lim tizimida o‘qitish jarayonida kommunikativ kompetentligini rivojlantirishning psixologik xususiyatlari”, 19.00.06 – Yosh va pedagogik psixologiya. Rivojlanish psixologiyasi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/P902.
Ilmiy rahbar: Saidov Azamat Ismoilovich psixologiya fanlari doktori (DSc), professor
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti, DSc.01/2025.27.12.R.03.02.
Rasmiy opponentlar: Urazbaeva Dilbar Abdullaevna, psixologiya fanlari doktori, professor; Nazarov Akmal Mardonovich, psixologiya fanlari doktori (DSc), professor
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: talabalarni kredit-modul ta’lim tizimida o‘qitish jarayonida kommunikativ kompetentligini rivojlantirishning psixologik xususiyatlarini tadqiq qilish va tavsiyalar ishlab shiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
kredit-modul ta’lim tizimidagi o‘quv jarayonining o‘ziga xos jihatlariga ko‘ra ta’lim bosqichlarida o‘quv faolligi, muloqot tajribasi va ijtimoiy o‘zaro ta’sir mexanizmlarining differensial namoyon bo‘lishi tufayli talabalar kommunikativ kompetentligining verbal va noverbal axborotlarni semiotik qo‘llash o‘quviga bog‘liq xususiyatlarini siklik rivojlanishi dalillangan;
kredit-modul tizimidagi ta’lim jarayonida sub’ekt-resurs-sub’ekt munosabatlar triadasiga ko‘ra “talaba–talaba” va “talaba–pedagog” muloqotidagi emotsional barqarorlikning axborotlarni kreativ idrok etishga ta’siri tufayli talabalarning mustaqil ishlash ko‘nikmasi orqali ijodiy faollikni kommunikativ kompetentlik bilan integrativ rivojlanishida namoyon bo‘lishi aniqlangan;
shaxslararo muloqotda talabalarning kommunikativ kompetentligini namoyon bo‘lishiga ko‘ra ta’lim bosqichlarida muloqotchanlik, boshqalarni qabul qilish rakursida o‘zini qabul qilish va emotsional barqarorlikning integrativ rivojlanishi tufayli o‘quv jarayonidan farqli ravishda o‘quv guruhiga ijtimoiy moslashuvni kuchli kechishi aniqlangan;
kredit-modul ta’lim tizimida talabalar kommunikativ kompetentligini rivojlantirish jarayoni o‘quv faoliyatini tashkil etish shakllariga ko‘ra individual va guruhiy faoliyatda muloqot strategiyalari hamda affiliatsiya ehtiyojining dominantligi tufayli kommunikativ kompetentlikni rivojlantirishning ierarxik psixologik modeli ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
«Talabalarni kredit-modul ta’lim tizimida o‘qitish jarayonida kommunikativ kompetentligini rivojlantirishning psixologik xususiyatlari»ni o‘rganishga doir olib borilgan ilmiy-tadqiqot ishlari natijalari asosida:
kredit-modul ta’lim tizimidagi o‘quv jarayonining o‘ziga xos jihatlariga ko‘ra ta’lim bosqichlarida o‘quv faolligi, muloqot tajribasi va ijtimoiy o‘zaro ta’sir mexanizmlarining differensial namoyon bo‘lishi tufayli talabalar kommunikativ kompetentligining verbal va noverbal axborotlarni semiotik qo‘llash o‘quviga bog‘liq xususiyatlarini siklik rivojlanishi dalillanganligiga oid takliflar Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 7-dekabrdagi PM-276-son buyrug‘i bilan «Ontogenez psixologiyasi. Differensial psixologiya» moduliga kiritilgan (Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2024-yil 10-dekabrdagi PM-276a-son ma’lumotnomasi). Natijada kredit-modul tizmida tahsil olayotgan talabalarning kommunikativ kompetentligini rivojlanganligidagi differensial farqlarni aniqlash imkoni yaratilgan;
kredit-modul tizimidagi ta’lim jarayonida sub’ekt-resurs-sub’ekt munosabatlar triadasiga ko‘ra “talaba–talaba” va “talaba–pedagog” muloqotidagi emotsional barqarorlikning axborotlarni kreativ idrok etishga ta’siri tufayli talabalarning mustaqil ishlash ko‘nikmasi orqali ijodiy faollikni kommunikativ kompetentlik bilan integrativ rivojlanishida namoyon bo‘lishi aniqlanganligiga oid takliflar Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 7-dekabrdagi PM-276-son buyrug‘i bilan «Ontogenez psixologiyasi. Differensial psixologiya» moduliga kiritilgan (Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2024-yil 10-dekabrdagi PM-276a-son ma’lumotnomasi). Natijada kredit-modul tizimidagi ta’lim jarayonida talabalarning kommunikativ kompetetnligini rivojlanishiga shaxs ijodiy faolligini ta’sirini tadqiq qilishga erishilgan;
shaxslararo muloqotda talabalarning kommunikativ kompetentligini namoyon bo‘lishiga ko‘ra ta’lim bosqichlarida muloqotchanlik, boshqalarni qabul qilish rakursida o‘zini qabul qilish va emotsional barqarorlikning integrativ rivojlanishi tufayli o‘quv jarayonidan farqli ravishda o‘quv guruhiga ijtimoiy moslashuvni kuchli kechishi aniqlanganligiga oid takliflar Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 7-dekabrdagi PM-276-son buyrug‘i bilan «Ontogenez psixologiyasi. Differensial psixologiya» moduliga kiritilgan (Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2024-yil 10-dekabrdagi PM-276a-son ma’lumotnomasi). Natijada talabalarning kredit-modul ta’lim tizimida o‘qitish jarayonida kommunikativ kompetentligini rivojlantirishning psixologik xususiyatlarini rivojlantirishda quyidagi natijalarga erishilgan;
kredit-modul ta’lim tizimida talabalar kommunikativ kompetentligini rivojlantirish jarayoni o‘quv faoliyatini tashkil etish shakllariga ko‘ra individual va guruhiy faoliyatda muloqot strategiyalari hamda affiliatsiya ehtiyojining dominantligi tufayli kommunikativ kompetentlikni rivojlantirishning ierarxik psixologik modeli ishlab chiqilganligiga oid takliflar Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 7-dekabrdagi PM-276-son buyrug‘i bilan «Ontogenez psixologiyasi. Differensial psixologiya» moduliga kiritilgan (Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2024-yil 10-dekabrdagi PM-276a-son ma’lumotnomasi). Natijada kredit modul tizimida tahsil oluvchi talabalarning kommunikativ kompitentligi rivojlantirishning modeli taklif etilgan tavsiyalar “Ontogenez psixologiyasi va differsial psixologiya” moduli ishlab chiqilgan.