Inoqov Baxtiyor Raximjonovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Tezkor-qidiruv xizmati xodimlari kasbiy faoliyatida muvaffaqiyatga erishish motivlari rivojlanishining ijtimoiy-psixologik jihatlari”, 19.00.05 – Ijtimoiy psixologiya. Etnopsixologiya.
Dissertatsiya mavzusi ro’yxatga olingan raqam: B2023.4.PhD/P673.
Ilmiy rahbar: Ravshanov Lochinbek Urinovich, psixologiya fanlari doktori (DSc), professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti.
IK faoliyat ko’rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti, DSc.01/2025.27.12.R.03.02.
Rasmiy opponentlar: Abdullajanova Dilnoza Sultanbekovna, psixologiya fanlari doktori, professor: Hayitov Oybek Eshboevich, psixologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Buxoro xalqaro universiteti
Dissertatsiya yo’nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi: tezkor-qidiruv xizmati xodimlari kasbiy faoliyatida muvaffaqiyatga erishish motivlari rivojlanishining ijtimoiy-psixologik jihatlarini o‘rganish orqali amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
tezkor-qidiruv xizmati xodimlarida muvaffaqiyatga erishish xususiyatlarini shkallantirishda irodaviy va motivatsion jihatlar yaʼni ichki motiv, bilish motiv, irodaviy quvvat, musobaqalashuv motivi, o‘z imkoniyatlarini baholash va tashabbuskorlik sifatlari o‘ziga xos yordamchi vosita sifatida xizmat qilishi asoslangan;
tezkor-qidiruv xizmati xodimlari kasbiy faoliyatida muvaffaqiyatga erishish motivlari rivojlanishining ijtimoiy-psixologik jihatlari bilan shaxslilik xususiyatlari o‘zaro bog‘liqlikni aks ettirib, qo‘zg‘alish, harakatchanlik hamda muvozanatlashganlik kuchi kabi omillar quyilashgan sari, ichki ishlar xodimlarida muvaffaqiyatga erishish salbiy jihatdan shakllanishi aniqlangan;
tezkor-qidiruv xizmati xodimlarida muvaffaqiyatga erishish xususiyatlarini ijobiy taʼminlovchi ijtimoiy-psixologik sifatlar: internal lokus nazorat, muvaffaqiyatga erishish darajasi, kasbiy faoliyatda ko‘zlangan natijalarga erisha olish, ichki motiv, topshiriqlarni oson bajara olish va tashabbuskorlik kabi omillar muhim ekanligi isbotlangan;
tezkor-qidiruv xizmati xodimlarida muvaffaqiyatga erishish xususiyatlari tahlil qilinib, bunda uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashish va kiberxavfsizlik bo‘limlarida kasbiy faoliyat yurituvchi xodimlarga qaraganda, terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashish bo‘limlari xodimlarida muvaffaqiyatga erishish motivlari yuqori ekanligi dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tezkor-qidiruv xizmati xodimlari kasbiy faoliyatida muvaffaqiyatga erishish motivlari rivojlanishining ijtimoiy-psixologik jihatlari bo‘yicha olingan ilmiy tadqiqot ishlari natijalari asosida:
tezkor-qidiruv xizmati xodimlarida muvaffaqiyatga erishish xususiyatlarini shkallantirishda irodaviy va motivatsion jihatlar yaʼni ichki motiv, bilish motiv, irodaviy quvvat, musobaqalashuv motivi, o‘z imkoniyatlarini baholash va tashabbuskorlik sifatlari o‘ziga xos yordamchi vosita sifatida xizmat qilishi asoslanganligiga doir natijalar O‘zbekiston Respublikasi Ichki Ishlar vazirligi amaliyotiga tatbiq etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Markaziy harbiy okrug huzuridagi “Ilmiy tadqiqot” ilmiy-amaliy va uslubiy markazining 2025-yil 17-oktyabrdagi 1/27-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, ichki ishlar tizimida xodimlarning muvaffaqiyatga erishish motivlarini rivojlantirishga sabab bo‘luvchi omillarni aniqlashga erishilgan;
tezkor-qidiruv xizmati xodimlari kasbiy faoliyatida muvaffaqiyatga erishish motivlari rivojlanishining ijtimoiy-psixologik jihatlari bilan shaxslilik xususiyatlari o‘zaro bog‘liqlikni aks ettirib, qo‘zg‘alish, harakatchanlik hamda muvozanatlashganlik kuchi kabi omillar quyilashgan sari, ichki ishlar xodimlarida muvaffaqiyatga erishish salbiy jihatdan shakllanishi aniqlanganligiga doir natijalar O‘zbekiston Respublikasi Ichki Ishlar vazirligi amaliyotiga tatbiq etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Markaziy harbiy okrug huzuridagi “Ilmiy tadqiqot” ilmiy-amaliy va uslubiy markazining 2025-yil 17-oktyabrdagi 1/27-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, muvaffaqiyatga erishish motivlarini rivojlantirishga doir psixodiagnostik metodikalarni boyitishga erishilgan;
tezkor-qidiruv xizmati xodimlarida muvaffaqiyatga erishish xususiyatlarini ijobiy taʼminlovchi ijtimoiy-psixologik sifatlar: internal lokus nazorat, muvaffaqiyatga erishish darajasi, kasbiy faoliyatda ko‘zlangan natijalarga erisha olish, ichki motiv, topshiriqlarni oson bajara olish va tashabbuskorlik kabi omillar muhim ekanligi isbotlanganligiga doir yangilik Psixologiya o‘quv-ilmiy markazi faoliyatiga tatbiq etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Markaziy harbiy okrug huzuridagi “Ilmiy tadqiqot” ilmiy-amaliy va uslubiy markazining 2025-yil 17-oktyabrdagi 1/27-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, markaz laboratoriyalarining ilmiy-metodik taʼminotini yanada boyishi taʼminlanishiga xizmat qilgan;
tezkor-qidiruv xizmati xodimlarida muvaffaqiyatga erishish xususiyatlari tahlil qilinib, bunda uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashish va kiberxavfsizlik bo‘limlarida kasbiy faoliyat yurituvchi xodimlarga qaraganda, terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashish bo‘limlari xodimlarida muvaffaqiyatga erishish motivlari yuqori ekanligi dalillanganligiga doir natijalar Psixologiya o‘quv-ilmiy markazi faoliyatiga tatbiq etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Markaziy harbiy okrug huzuridagi “Ilmiy tadqiqot” ilmiy-amaliy va uslubiy markazining 2025-yil 17-oktyabrdagi 1/27-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, ichki ishlar organlari tezkor-qidiruv bo‘limi xodimlarida muvaffaqiyatga erishish xususiyatlari bilan bog‘liq ilmiy-amaliy natijalarni boyitilishga erishilgan.