Umarova Govxar Abduraximovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Mavsumda takroriy etishtirilgan pillalardan xom ipak olish texnologiyasini takomilashtirish” mavzusidagi dissertatsiya ishini 05.06.02 – “To‘qimachilik materiallari texnologiyasi va xomashyoga dastlabki ishlov berish” (texnika fanlari)
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.3.PhD/T5981.
Ilmiy rahbar: Umurzakova Xalima Xabibullaevna, texnika fanlari falsafa doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti, DSs.03/2025.27.12.T.21.01
Rasmiy opponentlar: Kadirova Dilfuza Neymatovna, texnika fanlari doktori, professor; Qobulova Nilufar Jalilovna, texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Ipakchilik ilmiy tadqiqot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Takroriy etishtirilgan pillalardan xom ipak olish ko‘rsatkichlariga ta’sir qiluvchi omillarini tadqiq etish va xom ipakni qayta o‘rash texnologiyani takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
pillalarni bug‘lash va chuvish jarayonida xom ipak yopishganligiga ta’siri omillarini tahlili asosida pishirish uchun ratsional texnologik parametrlar ishlab chiqilgan;
pilla tarkibidagi serisinni bo‘kish va erish haroratini standart charxga o‘rashga ta’sirini ipning qobiqdan ajralish kuchi tahlili asosida chuvishga tayyorlash va chuvish parametrlarining ratsional qiymatlari aniqlangan;
mahalliy xomashyolardan foydalanib xom ipakni qayta o‘rash qobiliyatini yaxshilovchi yangi tarkibli emulsiya resepti ishlab chiqilgan;
takroriy etishtirilgan pillalarni qobiq xususiyati tahlili asosida sifatli 3A” naviga mos xom ipak olishni texnologik parametrlari ishlab chiqilgan va yangi tarkibli emulsiyani qo‘llash orqali texnologik jarayon takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Tut ipak qurtini 1-mavsumda va 2-takroriy etishtirilgan pillalarini chuvish texnologiyasini takomillashtirish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
tavsiya etilgan takomillashtirilgan texnologiya “O‘zbekipaksanoat” uyushmasi tasarrufidagi korxonalarida, jumladan, “XARIR TOLA” MChJ, Farg‘ona viloyatining Marg‘ilon shahridagi “NURLI TONG SILK” MChJ va “JINJUZ SILK Co” MChJ korxonalarida joriy qilingan (“O‘zbekipaksanoat” uyushmasining 2025 yil 23 sentyabrdagi 4-211693-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, takroriy mavsumlarda etishtirilgan Ipakchi-1 x Ipakchi-2 duragayi pillalaridan xom ipakni standart charxga qayta o‘rashda foydalaniladigan emulsiya tarkibi mahalliylashtirilgan, emulsiyada ishlov berish vaqti va qayta o‘rash tezligi rejimlari o‘rnatilgan hamda 3A sinfiga mos sifatli xom ipak ishlab chiqarishga erishilgan.