Turdimurodov Bobur Chori o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon 

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): “O‘zbekiston temir yo‘llarida foydalanilayotgan lokomotiv energetik kuch qurilmalarining texnik holatini baholash”, 05.08.05 – “Temir yo‘llarning harakatlanuvchi tarkibi, poezdlarni tortish va elektrlashtirish” (texnika fanlari). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.4.PhD/T6257
Ilmiy rahbar: Kasimov Obidjon Toirdjonvich – texnika fanlari falsafa doktori PHD, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat transport universiteti. 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat transport universiteti huzuridagi DSc.10/2025.27.12.T.01.03 raqamli Ilmiy kengash. 
Rasmiy opponentlar: Xromova Galina Alekseevna, texnika fanlari doktori, professor; Mamaev Sherali Ibrohimovich, texnika fanlari falsafa doktori PHD, dotsent. 
Yetakchi tashkilot: Andijon davlat texnika instituti 
Dissertatsiya yo‘nalishi. Texnika yo‘nalishi. Nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJda harakatlanayotgan lokomotivlarning D49 dizel dvigateli silindr-porshen guruhida hosil bo‘ladigan dinamik kuchlanishlarni aniqlash orqali energetik kuch qurilmalarining texnik holatini baholashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
har bir silindr ichidagi hamda silindrlararo maksimal bosimlar nomutanosibligining tahlili asosida silindr-porshen guruhi, silindr qopqoqlari va yoqilg‘i sepish tizimida yuzaga keladigan nosozliklarni aniqlash imkonini beruvchi kompleks diagnostika usuli takomillashtirilgan;
D49 tipidagi teplovoz dizeli silindri qopqog‘idagi harorat maydonining o‘zgarish qonuniyatlarini baholash imkonini beruvchi matematik model Fure tenglamasi asosida takomillashtirilgan;
ilk bor silindrlararo maksimal bosimning nomutanosibligi dvigatelning ishlash jarayonida aniqlash imkonini beruvchi mobil diagnostika qurilmasi ishlab chiqilgan;
silindr ichidagi va silindrlararo maksimal bosim ko‘rsatkichlarini muvozanatlashtirish tamoyiliga asoslangan lokomotiv dizel dvigatellarini diagnostika qilish imkonini beruvchi algoritm ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Teplovozlar dizel dvigatellarining tejamkorligi va ishonchliligini oshirish bo‘yicha olib borilgan ilmiy tadqiqotlar asosida:
har bir silindr ichidagi hamda silindrlararo maksimal bosimlar nomutanosibligining tahlili asosida silindr-porshen guruhi, silindr qopqoqlari va yoqilg‘i sepish tizimida yuzaga keladigan nosozliklarni aniqlash imkonini beruvchi kompleks diagnostika usuli hamda tadqiqot natijalari “O‘ztemiryo‘lmashta’mir” AJ korxonasiga joriy etildi (O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligining 2025-yil 23-sentyabrdagi 4/E1310-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, UzTE16M, 2TE116 va TEP70BS turidagi magistral teplovozlarning dizel dvigatellari silindr-porshen guruhini diagnostika qilish imkoniyati yaratildi;
silindrlararo maksimal bosimning nomutanosibligini dvigatelning ishlash jarayonida aniqlash imkonini beruvchi mobil diagnostika qurilmasi “O‘ztemiryo‘lmashta’mir” AJ korxonasiga joriy etildi (O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligining 2025-yil 23-sentyabrdagi 4/E1310-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, kutilayotgan yillik iqtisodiy samaradorlik 240 000 000 (ikki yuz qirq million so‘m) so‘mni tashkil etgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish