Gulmatov Sunnatillo Nurillaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Qishloq xo‘jaligini kreditlashning tashkiliy-iqtisodiy asoslarini takomillashtirish”, 08.00.04-“Qishloq xo‘jaligi iqtisodiyoti” (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.PhD/Iqt3200
Ilmiy rahbarining F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Umarov Suxrob Rustamovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti, DSc.03/30.01.2020.I.10.03
Rasmiy opponentlar: Dusmuratov Radjapbay Davletbaevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Axmedov Azamat Kamilovich, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat texnika universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi qishloq xo‘jaligini kreditlashning tashkiliy-iqtisodiy asoslarini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy takliflar va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
fermer xo‘jaliklarining kredit olish va uni qaytarishga layoqatlilik darajasini indeks usulida aniqlangan tabaqali koeffisientlar orqali baholash uslubiyoti ishlab chiqilgan;
qishloq xo‘jaligi mahsulot (tovar)lari ishlab chiqaruvchi xo‘jaliklarni barqaror moliyalashtirish maqsadida ulushli pay mexanizmi va ixtiyoriy a’zo bo‘lish tamoyili asosida qishloq xo‘jaligi kredit kooperativlarini tashkil etish va ularni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash yo‘nalishlari asoslangan;
kreditni qaytarish muddatlariga asosan guruhlash orqali qarzdorlikni qoplash darajasini aniqlash asosida fermer xo‘jaligining kredit olishga layoqatliligini baholash mexanizmlari ishlab chiqilgan;
Qashqadaryo viloyatida tijorat banklari tomonidan qishloq xo‘jaligiga ajratiladigan kreditlar hajmining 2029-yilgacha bo‘lgan prognoz parametrlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Qishloq xo‘jaligini kreditlashning tashkiliy-iqtisodiy asoslarini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
fermer xo‘jaliklarining kredit olish va uni qaytarishga layoqatlilik darajasini indeks usulida aniqlangan tabaqali koeffisientlar orqali baholash bo‘yicha uslubiy yondashuv “Agrobank” aksiyadorlik tijorat banki Qashqadaryo viloyati hududiy filiali tomonidan amaliyotga qabul qilingan (“Agrobank” aksiyadorlik tijorat bankining 2024-yil 4-noyabrdagi 20-2-09/1333-sonli ma’lumotnomasi). Bu esa, qishloq xo‘jaligi korxonalarining moliyaviy holatini baholash koeffisientlari yordamida ballar asosida fermer xo‘jaliklarining kreditga layoqatliligini baholashda xizmat qiladi;
qishloq xo‘jaligi tovar ishlab chiqaruvchilari tomonidan moliyaviy resurslardan kooperatsiya asosida foydalanishni ta’minlash maqsadida qishloq xo‘jaligi kredit kooperativlarini tashkil etish va ularni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash yo‘nalishlari bo‘yicha taklifi “Agrobank” aksiyadorlik tijorat banki Qashqadaryo viloyati hududiy filiali tomonidan amaliyotga qabul qilingan (“Agrobank” aksiyadorlik tijorat bankining 2024-yil 4-noyabrdagi 20-2-09/1333-sonli ma’lumotnomasi). Natijada qishloq xo‘jaligida ixtisoslashgan kredit muassasalari hisobiga qishloq xo‘jaligida kredit siyosatining samaradorligini oshishi ta’minlanadi;
kreditni qaytarish muddatlariga asosan guruhlash orqali qarzdorlikni qoplash darajasini aniqlash asosida fermer xo‘jaligining kredit olishga layoqatliligini baholash bo‘yicha ishlab chiqilgan ilmiy taklif va tavsiyalar “Agrobank” aksiyadorlik tijorat banki Qashqadaryo viloyati hududiy filiali tomonidan amaliyotga qabul qilingan (“Agrobank” aksiyadorlik tijorat bankining 2024-yil 4-noyabrdagi 20-2-09/1333-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, qishloq xo‘jaligini kreditlashda tabaqalashtirilgan yondashuvni ta’minlovchi kreditlash mexanizmlarini joriy etish ta’minlanadi;
Qashqadaryo viloyatida tijorat banklari tomonidan qishloq xo‘jaligiga ajratiladigan kreditlar hajmining 2029-yilgacha bo‘lgan prognoz parametrlari “Agrobank” aksiyadorlik tijorat banki Qashqadaryo viloyati hududiy filiali tomonidan amaliyotga qabul qilingan (“Agrobank” aksiyadorlik tijorat bankining 2024-yil 4-noyabrdagi 20-2-09/1333-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, viloyat bo‘yicha tijorat banklari tomonidan qishloq xo‘jaligiga ajratiladigan kreditlar miqdori 2029-yilga borib, 31,2 mlrd. so‘mga oshishi prognoz qilingan.