Sirojov Qilich Ochilovichning
 falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Ikkinchi jahon urushi yillarida O‘zbekiston mehnatkashlarining front ortidagi faoliyati tarixi (Buxoro viloyati misolida)”, 07.00.01 - O‘zbekiston tarixi (tarix fanlari) 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.1.PhD/Tar2211
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Buxoro davlat universiteti, DSc.03/2025.27.12.Tar.08.01  raqamli Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Xaitov Shodmon Ahmadovich - tarix fanlari doktori, professor; G‘afurov Abdurauf Fozilovich - tarix fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot:  Navoiy davlat universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Ikkinchi jahon urushida erishilgan g‘alabaga Buxoro viloyati aholisining front ortida qo‘shgan hissasi bilan bog‘liq tarixiy jarayonlarni yoritib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Urush yillarida viloyatdan safarbar qilingan askar oilalari taʼminotiga mudofaa fondidan mablag‘lar sarflanganligi, vaziyat og‘irligiga qaramay  buxoroliklar g‘arbiy hududlardan ko‘chirilganlarni o‘z oilasi qatori milliy bag‘rikenglik bilan qabul qilganligi, xususan, Buxoro shahridan Xovaxon Solieva 10 nafar, Zebiniso Bahromova 5 nafar etim bolani o‘z tarbiyasiga olganligi, shunday bo‘lsada Farhod GES qurilishida Buxorodan 16 800 nafar kolxozchi ishtirok etganligi, O‘zbekistonda ilk bor Buxoroda sunʼiy viskoza ishlab chiqarilganligi, ishchilar kunlik ish normasini 3-3,5 barobar, hatto 5-6 va undan ortiqqa bajarganligi isbotlangan;
ikkinchi jahon urushi yillarida bolalar bog‘chalari 10-12 soatgacha ishlashga va kechasi qarovchisi yo‘q bolalar uchun maxsus internat guruhlari ochilganligi, shahar maktablari harbiy maqsadlarga xizmat qilganligi, 8-9-sinf o‘quvchilarini dehqonchilikni o‘rgatish uchun maxsus sinflarga aylantirilganligi, 1942/1943-o‘quv yilida viloyat bo‘yicha 21 ming nafar o‘quvchi maktabga bormaganligi va 13 ming nafari esa, mutlaqo maktabga jalb etilmaganligi hamda maktablarda harbiy kadrlar tayyorlash yo‘lga qo‘yilganligi, 1945/1946-o‘quv yilida ham viloyat maktablarining davomadi 55 foizni tashkil etganligi dalillangan;
tibbiyot xodimlarini tayyorlashga ekstensiv usuldan foydalanilganligi, maxsus tibbiy brigadalar, viloyatda birinchi bo‘lib feldsher-akusherlik tibbiyot maktabi tashkil etilganligi, 1943-1944-yillarda bezgak bilan kasallanish har 10 ming nafar aholiga 507 nafarni tashkil etib, kasallik, asosan, yilning avgust va sentyabr oylariga to‘g‘ri kelganligi, uning asosiy markazi Kogon shahri bo‘lganligi  aniqlangan;
Buxoro mehnatkashlari birgina Leningrad (Sank-Peterburg) himoyachilari uchun: 200 kilogramm yong‘oq, 502 kilogramm mayiz, 4899 litr vino, 4030 kilogramm pechene, 109 litr spirt, 117 kilogramm quritilgan go‘sht, 5176 kilogramm quritilgan o‘rik, 204,8 kilogramm yog‘, 499 ming 600 dona tuxum, 113 kilogramm asal, 12 800 kilogramm quritilgan mevalar, 238 kilogramm tamaki, 448 kilogramm tovuq go‘shti, 3 dona odekolon, 5 kilogramm choy kabi mahsulotlarni yuborganligi, qolaversa qishloq xo‘jaligi aholisining frontga mablag‘, kiyim-kechak, mis yoki boshqa qimmatbaho metallar yig‘ish borasida jonbozlik ko‘rsatib o‘zlarining shaxsiy ro‘zg‘or buyumlaridan front uchun 35 tonna mis yig‘ib topshirganligi dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Buxoro viloyati aholisini Ikkinchi jahon urushida erishilgan g‘alabaga qo‘shgan hissasini o‘rganish bo‘yicha olib borilgan tadqiqot natijalari asosida: 
Urush yillarida viloyatdan safarbar qilingan askar oilalari taʼminotiga mudofaa fondidan mablag‘lar sarflanganligi, vaziyat og‘irligiga qaramay  buxoroliklar g‘arbiy hududlardan ko‘chirilganlarni o‘z oilasi qatori milliy bag‘rikenglik bilan qabul qilganligi, xususan, Buxoro shahridan Xovaxon Solieva 10 nafar, Zebiniso Bahromova 5 nafar etim bolani o‘z tarbiyasiga olganligi, shunday bo‘lsada Farhod GES qurilishida Buxorodan 16 800 nafar kolxozchi ishtirok etganligi, O‘zbekistonda ilk bor Buxoroda sunʼiy viskoza ishlab chiqarilganligi, ishchilar kunlik ish normasini 3-3,5 barobar, hatto 5-6 va undan ortiqqa bajarganligi to‘grisidagi ma’lumotlardan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining ayrim dasturlarini bajarishda keng foydalanildi (Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2025-yil 12-avgustdagi 10/514-sonli dalolatnomasi). Tadqiqot natijalarining amaliyotga joriylantirilishi yosh avlod qalbida tinchlikka shukronalik asoslarini yanada mustahkamlash kabi masalalarni hal etishga qaratilgan keng ko‘lamli islohotlar va tizimli chora-tadbirlarni amalga oshirishga xizmat qildi;
ikkinchi jahon urushi yillarida bolalar bog‘chalari 10-12 soatgacha ishlashga va kechasi qarovchisi yo‘q bolalar uchun maxsus internat guruhlari ochilganligi, shahar maktablari harbiy maqsadlarga xizmat qilganligi, 8-9-sinf o‘quvchilarini dehqonchilikni o‘rgatish uchun maxsus sinflarga aylantirilganligi, 1942/1943-o‘quv yilida viloyat bo‘yicha 21 ming nafar o‘quvchi maktabga bormaganligi va 13 ming nafari esa, mutlaqo maktabga jalb etilmaganligi hamda maktablarda harbiy kadrlar tayyorlash yo‘lga qo‘yilganligi, 1945/1946-o‘quv yilida ham viloyat maktablarining davomadi 55 foizni tashkil etganligi haqidagi ma’lumotlardan “O‘zbekiston tarixi” telekanalida efirda uzatilgan “Taʼlim va taraqqiyot” hamda “Millat va maʼnaviyat” nomli dasturlarini tayyorlashda keng foydalanildi (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston teleradiokanali” davlat muassasasining 2025-yil 3-iyuldagi 01-33/505-sonli maʼlumotnomasi). Natijada teletomoshabinlarda ikkinchi jahon urushi yillarida kechgan tarixiy jarayonlar, xususan xalq ta’limining holati borasida tushunchalarning yanada rivojlanishiga xizmat qildi;
tibbiyot xodimlarini tayyorlashga ekstensiv usuldan foydalanilganligi, maxsus tibbiy brigadalar, viloyatda birinchi bo‘lib feldsher-akusherlik tibbiyot maktabi tashkil etilganligi, 1943-1944-yillarda bezgak bilan kasallanish har 10 ming nafar aholiga 507 nafarni tashkil etib, kasallik, asosan, yilning avgust va sentyabr oylariga to‘g‘ri kelganligi, uning asosiy markazi Kogon shahri bo‘lganligi  haqidagi ilmiy natijalardan “O‘zbekiston tarixi” telekanalida efirda uzatilgan “Taqdimot” ko‘rsatuvini tayyorlashda keng foydalanildi (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston teleradiokanali” davlat muassasasining 2025-yil 3-iyuldagi 01-33/505-sonli maʼlumotnomasi). Ko‘rsatuv natijasida teletomoshabinlar ikkinchi jahon urushi yillarida Buxorodagi ijtimoiy-madaniy hayot, viloyatdagi safarbarlik va aholining jang maydonlarida ko‘rsatgan jasoratlari hamda shu yillardagi tibbiyotning holati borasidagi qarashlarini rivojlantirishga hamda bugungi obod va farovon hayotning qadriga etish, shukronalik tuyg‘usining mustahkamlanishiga xizmat qilgan;
Buxoro mehnatkashlari birgina Leningrad (Sank-Peterburg) himoyachilari uchun: 200 kilogramm yong‘oq, 502 kilogramm mayiz, 4899 litr vino, 4030 kilogramm pechene, 109 litr spirt, 117 kilogramm quritilgan go‘sht, 5176 kilogramm quritilgan o‘rik, 204,8 kilogramm yog‘, 499 ming 600 dona tuxum, 113 kilogramm asal, 12 800 kilogramm quritilgan mevalar, 238 kilogramm tamaki, 448 kilogramm tovuq go‘shti, 3 dona odekolon, 5 kilogramm choy kabi mahsulotlarni yuborganligi, qolaversa qishloq xo‘jaligi aholisining frontga mablag‘, kiyim-kechak, mis yoki boshqa qimmatbaho metallar yig‘ish borasida jonbozlik ko‘rsatib o‘zlarining shaxsiy ro‘zg‘or buyumlaridan front uchun 35 tonna mis yig‘ib topshirganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlardan natijalari O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasining 2025–2029-yillarga mo‘ljallangan saylovoldi dasturida belgilangan “Barkamol avlod salohiyatini ro‘yobga chiqarish” bobining “Ma’naviy tarbiya va sifatli ta’lim” yo‘nalishini amalga oshirishda keng foydalanib kelinmoqda (O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi 2025-yil 27-avgustdagi 6-350-sonli ma’lumotnomasi). Tadqiqot natijalarining amaliyotga joriylantirilishi Partiya tizimida faoliyat yuritayotgan xodimlarning ijtimoiy-siyosiy bilim va ko‘nikmalarini oshirish, mafkuraviy targ‘ibot ishlarini amalga oshirishga xizmat qildi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish