Raxmonov Shuxrat Shavkatovichning
bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi):  “Turistik mahsulotlarni diversifikatsiya qilish orqali turizmni barqaror rivojlantirish”, 08.00.017 – Turizm va mehmonxona faoliyati. 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam:  B2025.2.PhD/Iqt3217
Ilmiy rahbar: iqtisodiyot fanlari doktori, professor Alimova Mashhura Toirxonovna
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand iqtisodiyot va servis instituti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand iqtisodiyot va servis instituti, DSc.03/2025.27.12.1.27.01
Rasmiy opponentlar: iqtisodiyot fanlari doktori, professor Tuxliev Iskandar Suyunovich; iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori, PhD Raximova Nilufar Aminovna
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: ilmiy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi 
innovatsion iqtisodiyot sharoitida turistik mahsulotlarni diversifikatsiya qilish orqali turizm sohasini barqaror rivojlantirish bo‘yicha ilmiy asoslangan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
GSTC mezonlari asosidagi iqtisodiy, ijtimoiy va ekologik barqarorlik ko‘rsatkichlarining turizm rivojiga ta’sirini empirik baholash asosida xalqaro “barqarorlik indeksi”ning hududda barqaror turizmning rivojlanishiga uzoq muddatli ijobiy ta’siri (β=0,269) ilmiy asoslangan;
turizmning iqtisodiy, ijtimoiy va ekologik ta’sirini ifodalovchi me’yorlashtirilgan indekslarning solishtirma salmoqlari asosida barqaror turizmning rivojlanishi integral ko‘rsatkichini baholash metodikasi hamda (STD=5,42–7,34) qiymatlari chegarasi ilmiy asoslangan;
hududiy turizmning ekologik, ijtimoiy, iqtisodiy ta’siri monitoringini amalga oshirish uchun “Samarqand barqaror turizm observatoriyasi”ni tashkil etish, “Samarqand agro-ekoturizm halqasi”, “Samarqand veloturizm halqasi”, “Sharqona nafosat – Samarqand nafasi etnoturizm halqasi” nomli turistik mahsulotlar diversifikatsiyasi asosida hududda barqaror turizmni rivojlantirish modeli ilmiy asoslangan;
agro-ekoturizm, etno-turizm va rekreatsion turizm turmahsulotlarini diversifikatsiyalash asosida mamlakatimiz turizm bozorida iste’mol qiymatiga ega turmahsulotlar sonining 2025-2028-yillardagi prognoz parametrlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Turistik mahsulotlarni diversifikatsiya qilish orqali turizmni barqaror rivojlantirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
GSTC mezonlari asosidagi turistik hududlar va mamlakatlarda turizmning iqtisodiy, ijtimoiy va ekologik barqarorlik ko‘rsatkichlarining turizm rivojiga ta’sirini empirik baholash parametrlari bo‘yicha ishlab chiqilgan ilmiy taklif va tavsiyalar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 15-maydagi PF-87-son “2025-2026-yillarda sayyohlar oqimini keskin ko‘paytirish va turistik xizmatlar ko‘lamini jadal kengaytirish orqali turizmning iqtisodiyotdagi o‘rni va ahamiyatini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmonini amalga oshirish chora-tadbirlari dasturi va “Yo‘l xaritasi”ga kiritilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qo‘mitasining 2025-yil 18-sentyabrdagi 03-10-17-968-sonli ma’lumotnomasi). Natijada mamlakatimizda barqaror turizmni rivojlantirish milliy modelini xalqaro tajriba bilan taqqoslash imkoniyati yaratilgan;
turizmning iqtisodiy, ijtimoiy va ekologik ta’sirini ifodalovchi me’yorlashtirilgan indekslarning solishtirma salmoqlari asosida barqaror turizmning rivojlanishi integral ko‘rsatkichini baholash metodikasi hamda aniqlangan (STD=5,42–7,34) qiymatlari chegarasidan o‘tishga qaratilgan turistik mahsulotlarni diversifikasiyalash pozisiyasi orqali manzilli dasturlarni ishlab chiqish bo‘yicha ilmiy taklif va tavsiyalar “2025-2026-yillarda hududlarning turizm salohiyatini izchil o‘rganish natijasida amalga oshirilishi rejalashtirilgan chora-tadbirlar” dasturi va “Yo‘l xaritasi”ga kiritilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qo‘mitasining 2025-yil 18-sentyabrdagi 03-10-17-968-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, 2025-2028-yillar davomida xorijiy turistlarga sotiladigan sayyohlik yo‘llanmalari sonini 3,1 baravar oshirish imkoniyatlari asoslangan;
barqaror turizm observatoriyalari xalqaro tarmog‘iga (INSTO) integratsiyalash hamda hududiy turizmning ekologik, ijtimoiy, iqtisodiy ta’siri monitoringini amalga oshirish uchun “Samarqand turizm observatoriyasi”ni tashkil etish, “Samarqand agro-ekoturizm halqasi”, “Samarqand veloturizm halqasi”, “Sharqona nafosat – Samarqand nafasi etnoturizm halqasi” nomli turistik mahsulotlar diversifikatsiyasi asosida hududda barqaror turizmni rivojlantirish modeli yuzasidan asoslangan ilmiy taklif va tavsiyalar “2025-2026-yillarda hududlarning turizm salohiyatini izchil o‘rganish natijasida amalga oshirilishi rejalashtirilgan chora-tadbirlar” dasturi va “Yo‘l xaritasi”ga kiritilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qo‘mitasining 2025-yil 18-sentyabrdagi 03-10-17-968-sonli ma’lumotnomasi). Natijada 2025-2028-yillar davomida Samarqand viloyatining turizm salohiyatidan samarali foydalangan holda jami sotiladigan sayyohlik yo‘llanmalari sonini 3 marotaba oshirish imkoniyatlari asoslangan;
agro-ekoturizm, etno-turizm va rekreatsion turistik mahsulotlarni diversifikatsiyalash asosida mamlakatimiz turizm bozorida iste’mol qiymatiga ega turmahsulotlar sonining 2025-2028-yillardagi prognoz parametrlari bo‘yicha ilmiy taklif va tavsiyalar “2025-2026-yillarda hududlarning turizm salohiyatini izchil o‘rganish natijasida amalga oshirilishi rejalashtirilgan chora-tadbirlar” dasturi va “Yo‘l xaritasi”ga kiritilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qo‘mitasining 2025-yil 18-sentyabrdagi 03-10-17-968-sonli ma’lumotnomasi). Natijada mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida Samarqand viloyatida o‘rta muddatli istiqbolda turistik salohiyatdan samarali foydalanish va turizmni barqaror rivojlantirishning asosiy parametrlari o‘rtasidagi o‘zaro muvofiqlikni ta’minlash imkoni yaratilgan.    

Yangiliklarga obuna bo‘lish