Masharipova Maksuda Beknazarovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Tadbirkorlik faoliyati samaradorligini oshirishda raqamli marketingdan foydalanish yo‘llari” (Xorazm viloyati misolida), 08.00.11 - “Marketing”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2026.1.PhD/Iqt5837.
Ilmiy rahbar: Islamutdinov Vadim Faruarovich, iqtisodiyot fanlari doktori,  dotsent.
          Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti DSc.03/2025.27.12.I.06.04.
Rasmiy opponentlar: Mullabaev Baxtiyorjon Bulturbaevich iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Zakirova Gulnoza Qudratovna iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi tadbirkorlik faoliyati samaradorligini oshirishda raqamli marketingdan foydalanish orqali onlayn bozordagi talab va taklif muvozanatini ta’minlashga oid ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quydagilardan iborat:
tadbirkorlik faoliyati samaradorligini oshirishda ishlab chiqarishga onlayn bozor, B2B/B2C/C2C modellari, target marketing, raqamli savdoning ixtisoslashuvini mujassamlashtiruvchi raqamli marketingga asoslangan algoritmik modeli taklif etilgan;  
tadbirkorlik faoliyatida raqamli marketingni rivojlantirish asosida ishlab chiqarishga ixtisoslashuv, kooperasiyalashuv hamda integratsion aloqalar bo‘yicha xom-ashyodan tovar ishlab chiqarish zanjirini yaratishning zamonaviy-iqtisodiy mexanizmini takomillashtirish infratuzilmasi taklif etilgan; 
mintaqa tadbirkorlik faoliyati samaradorligini oshirishga ta’sir qiluvchi omillarni hisobga olgan holda onlayn bozorda ishlab chiqarilgan mahsulot(xizmat)larni ayirboshlashning raqamli marketing konsepsiyasi taklif etilgan; 
Xorazm viloyatida tadbirkorlik faoliyati samaradorligini oshirishda omil va natijaviy belgilar o‘rtasidagi bog‘liqlikni ifodalovchi ekonometrik modellar asosida tadbirkorlik subektlarida ishlovchilar sonini va mahsulot (xizmat)lar sotishdan tushgan tushumning 2030-yilga qadar prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tadbirkorlik faoliyati  samaradorligini oshirishda raqamli marketingni rivojlantirishning ilmiy-nazariy va uslubiy  olingan natijalarga tayanib:
tadbirkorlik faoliyati samaradorligini oshirishda ishlab chiqarishga onlayn bozor, B2B/B2C/C2C modellari, target marketing, raqamli savdoning ixtisoslashuvini mujassamlashtiruvchi raqamli marketingga asoslangan algoritmik modeli O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi faoliyatiga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasining 2025-yil 31-oktyabrdagi 05-33-12423-son  ma’lumotnomasi) Natijada, iqtisodiy o‘sish jadallashtirilib, raqobat muhititni kuchaytirish, innovatsiyon iqtisodiyotni shakllantirish hamda inson kapitali va bandlikni ta’minlashga xizmat qilgan; 
tadbirkorlik faoliyatida raqamli marketingni rivojlantirish asosida ishlab chiqarishga ixtisoslashuv, kooperasiyalashuv hamda integratsion aloqalar bo‘yicha xom-ashyodan tovar ishlab chiqarish zanjirini yaratishning zamonaviy-iqtisodiy mexanizmini takomillashtirish infratuzilmasi bo‘yicha taklif O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi faoliyatiga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasining 2025-yil 31-oktyabdagi 05-33-12423-son  ma’lumotnomasi). Natijada,  yuqori qo‘shilgan qiymat, barqaror sanoat rivoji, raqobatbardoshlik, innovatsion o‘sish va hududiy muvozanat ta’minlashga erishilgan;
mintaqa tadbirkorlik faoliyati samaradorligini oshirishga ta’sir qiluvchi omillarni hisobga olgan holda onlayn bozorda ishlab chiqarilgan mahsulot(xizmat)larni ayirboshlashning raqamli marketing konsepsiyasi bo‘yicha taklif O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi faoliyatiga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasining 2025-yil 31-oktyabdagi 05-33-12423-son  ma’lumotnomasi). Natijada, Xorazm viloyatida ishsiz toifasiga kiritilgan aholi ixtiyoridagi mavjud resurslardan tadbirkorlik yo‘nalishida foydalanish asosida turmush darajasi o‘rtachadan quyi bo‘lgan oilalardagi ayollar va yoshlar, shuningdek, aholining ayrim qatlamlarini kambag‘allikdan chiqarish hamda ularni barqaror daromad manbai bilan ta’minlash uchun mustahkam asos yaratilgan;
Xorazm viloyatida tadbirkorlik faoliyati samaradorligini oshirishda omil va natijaviy belgilar o‘rtasidagi bog‘liqlikni ifodalovchi ekonometrik modellar asosida tadbirkorlik subektlarida ishlovchilar sonini va mahsulot (xizmat)lar sotishdan tushgan tushumning 2030-yilga qadar prognoz ko‘rsatkichlari bo‘yicha taklif O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi tomonidan “Hududlarda oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish orqali kambag‘allikni qisqartirish dasturi”ni ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasining 2025-yil 31-oktyabdagi 05-33-12423-son  ma’lumotnomasi). Natijada, Xorazm viloyatidagi mavjud tadbirkorlik subektlari faoliyatini kengaytirishning istiqboldagi asosiy parametrlarini ishlab chiqish imkonini bergan. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish