Artikova Nodira Sanakulovna
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Dialogik nutqda to‘liqsiz gaplarning funksional sintaksem tadqiqi (ingliz va o‘zbek tillari misolida)”, 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik.
Dissertatsiya mavzusi roʻyxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/Fil3462
Ilmiy rahbar: Asadov Rustam Muminovich, filologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat chet tillar instituti.
IK faoliyat koʻrsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat chet tillar instituti, PhD.03/2025.27.12.Fil.37.02
Rasmiy opponentlar: Bushuy Tatyana Anatolevna, filologiya fanlari doktori (DSc), professor; Qalandarov Aybek Ruzimbaevich, filologiya fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Navoiy davlat pedagogika universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga ega.
II. Tadqiqotning maqsadi ingliz va o‘zbek tillarida dialogik nutq tarkibidagi to‘liqsiz darak gap konstruksiyalarida sintaktik pozisiyalarni egallagan, lekin eksplisit ifodalanmagan komponentlarning struktur-sintaktik va sintaktik-semantik tabiatini qiyosiy ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
nol komponentlarning tarkibiy-funksional imkoniyatlarini aniqlash jarayonida ingliz va o‘zbek tillarini chog‘ishtirma tahlil qilish asosida javob replikalari tarkibidagi to‘liqsiz gaplarda yadroviy, noyadroviy va bo‘ysunuvchi komponentlar pozisiyalarida implisit ifodalangan sintaksemalarning birikish imkoniyatlari, shuningdek, ularning tarkibiy o‘xshashlik va farqlari va ijtimoiy-madaniy mexanizmlari ochib berilgan;  
sintaktik strukturalarni farqlash tamoyillari ishlab chiqishda ekspliksit va implisit ifodalangan komponentlar o‘rtasidagi differensial sintaktik belgilar asosida to‘liqsiz gaplarni boshqa sintaktik konstruksiyalardan ajratish usullari taklif etilgan hamda ingliz va o‘zbek tillaridagi qisqargan gaplar ikki boshli elliptik strukturalarning bir ko‘rinishi ekanligi isbotlangan;  
 elliptik kompensatsiyalanish (to‘liqlanish) mexanizmlaridagi tipologik farqlarni belgish jarayonida to‘liqsiz gaplarning sintaktik, semantik va pragmatik xususiyatlari aniqlanib, ularni yordamchi elementlarsiz qayta tiklash imkoniyatlari isbotlangan va bunda ushbu konstruksiyalar ingliz tilida nol komponentli, o‘zbek tilida esa shaxs-son affikslari kabi morfologik ko‘rsatkichlar orqali ifodalanishi aniqlangan; 
 protsessual birliklarning sintaksemik talqiniga oid ingliz va o‘zbek tillarida nol protsessual-aktiv sintaksema o‘timli, o‘timsiz, liminal va chegaraviy xarakterdagi fe’llar bilan izohlanishi isbotlangan hamda ergash gap esa yordamchi fe’l ko‘magida analitik shakl bilan bog‘lanishi va verbalizatsiyaning o‘zgarishi orqali ifodalanishi ko‘rsatib berilgan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ingliz va o‘zbek tillaridagi dialogik nutqdagi to‘liqsiz gaplarni lingvistik usullar yordamida qiyosiy tadqiq qilish jarayonida erishilgan ilmiy natijalar asosida:
nol komponentlarning tarkibiy-funksional imkoniyatlarini aniqlash bo‘yicha ingliz va o‘zbek tillarini chog‘ishtirma tahlil qilish asosida javob replikalari tarkibidagi to‘liqsiz gaplarda yadroviy, noyadroviy va bo‘ysunuvchi komponentlar pozisiyalarida implisit ifodalangan sintaksemalarning birikish imkoniyatlarini aniqlashga oid xulosalardan 2021–2022-yillarga mo‘ljallangan № A-OT-2021-419 “Davlat va nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ingliz tili o‘qituvchilarining kasbiy kompetensiyasini oshirish kursi uchun elektron platformasini yaratish (Pre-schoolIPDP)” innovatsion loyihasi doirasida qo‘llanildi (Mirzo Ulug‘bek nomidagi Milliy universitetning 2025-yil 26-martdagi № 04/11-4108 son ma’lumotnomasi). Natijada, grant loyihasini yanada takomillashtirish va ikki tildagi to‘liqsiz gaplarning sintaktik-semantik xususiyatlarini qiyosiy tahlil qilish nazariyasini o‘rganishga xizmat qilgan;
sintaktik strukturalarni farqlash tamoyillari ishlab chiqish jarayonida ekspliksit va implisit ifodalangan komponentlar o‘rtasidagi differensial sintaktik belgilar asosida to‘liqsiz gaplarni boshqa sintaktik konstruksiyalardan ajratish usullarini taklif etish, ingliz va o‘zbek tillaridagi qisqargan gaplar ikki boshli elliptik strukturalarning bir ko‘rinishi ekanligi isbotlanganligiga doir natijalarida 2021–2023-yillarga mo‘ljallangan Erasmus+ dasturining № 598340-EPP-1-2018-1-ES-EPPKA2-CBHE-JP “Markaziy Osiyo va Xitoyda bilimlarni uzatish uchun universitetlar hamkorlik tizimi (UNICAC)” xalqaro loyihasi doirasida qo‘llanildi (Mirzo Ulug‘bek nomidagi Milliy universitetning 2025-yil 28-martdagi № 04/11-4156-son ma’lumotnomasi). Natijada, grant loyihasini takomillashtirish va to‘liqsiz gaplarning konnotativ va fakultativ variantlarini sintaktik darajada aniqlash orqali ularning paradigmatikasini ochib berishga xizmat qilgan;
elliptik kompensatsiyalanish (to‘liqlanish) mexanizmlaridagi tipologik farqlarni belgish jarayonida to‘liqsiz gaplarning sintaktik, semantik va pragmatik xususiyatlari aniqlanib, ularni yordamchi elementlarsiz qayta tiklash imkoniyatlari isbotlangan va bunda ushbu konstruksiyalar ingliz tilida nol komponentli, o‘zbek tilida esa shaxs-son affikslari kabi morfologik ko‘rsatkichlar orqali ifodalanishi  aniqlanganligiga  doir natijalari 2021–2023-yillarga mo‘ljallangan Erasmus+ dasturining № 598340-EPP-1-2018-1-ES-EPPKA2-CBHE-JP “Markaziy Osiyo va Xitoyda bilimlarni uzatish uchun universitetlar hamkorlik tizimi (UNICAC)” xalqaro loyihasi doirasida qo‘llanildi (Mirzo Ulug‘bek nomidagi Milliy universitetning 2025-yil 28-martdagi №04/11-4156-son ma’lumotnomasi). Natijada, muloqot vositasi sifatida og‘zaki yoki yozma shaklda namoyon bo‘lishi mumkin bo‘lgan shakllar monologik yoki dialogik nutqda namoyon bo‘lishi va ularning yadro, noyadroviy va tobe komponentlar pozisiyasida birikish imkoniyatlarini ochib berishga xizmat qilgan;
protsessual birliklarning sintaksemik talqiniga oid  ingliz va o‘zbek tillarida nol protsessual-aktiv sintaksema o‘timli, o‘timsiz, liminal va chegaraviy xarakterdagi fe’llar bilan izohlanishini isbotlash, shuningdek, ergash gap yordamchi fe’l ko‘magida analitik shakl bilan bog‘lanishi hamda verbalizatsiyaning o‘zgarishi orqali ifodalanishiga doir natijalardan O‘zbekiston Respublikasi  
Samarqand viloyati tele va radioeshittirish kompaniyasining 2025-yil 14-martda efirga uzatilgan “Assalom Samarqand” tonggi dasturi va 2025-yil 28-martda efirga uzatilgan “Kun mavzusi” radiodasturi ssenariylarini tayyorlashda qo‘llanildi (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining 2025-yil 28-martdagi №01-07/136-sonli ma’lumotnomasi). Natijada rasmiy va norasmiy matnlarni ingliz va o‘zbek tillarida ifodalashda to‘liq muvofiqlikka erishishga xizmat qildi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish