Mamaniyozov Xusniddin Toshmurodovich
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Nemis va o‘zbek tillarida “oltin” konseptining kognitiv va lingvokulturalogik xususiyatlari”, 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/Fil2572
Ilmiy rahbar: Ergashev Ilxom Yuldoshevich, falsafa fanlari doktori (PhD), dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat chet tillar instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat chet tillar instituti, PhD.03/2025.27.12.Fil.37.02 
Rasmiy opponentlar: Xayrullaev Xurshid Zaynievich, filologiya fanlari doktori, professor; Axmedov Anvar Botirovich, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi o‘zbek  va nemis  tillarida “oltin” konseptining konseptual,  kategorial, kognitiv hamda lingvomadaniy xususiyatlarini  tadqiq qilishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
“oltin” konseptining tildagi lingvomadaniy, kognitiv va semantik jihatdan o‘zaro bog‘langan ko‘p qatlamli xususiyatlari tizimli ravishda ilmiy-nazariy asosda tasniflanib, uning milliy-madaniy mazmuni, ramziy-majoziy talqinlari hamda konseptual maydondagi funksional roli keng qamrovda tavsiflangan va ilmiy jihatdan asoslangan;
qiyoslanayotgan tillardagi “oltin” konseptining “boylik” konsepti bilan o‘zaro semantik va kognitiv bog‘liqligi konseptuallashtirish va kategoriyalash metodlari orqali chuqur o‘rganilib, ularning lisoniy tuzilishi, denotativ va konnotativ ma’no kengayish mexanizmlari, assotsiativ aloqalari bo‘yicha o‘xshash va mental tasavvurdagi farqli jihatlari isbotlangan;
nemis va o‘zbek tillarida “oltin” konseptining vertikal va gorizontal yo‘nalishlarda kategoriyalashish jarayonlari tahlil qilinib, ular o‘rtasidagi universial va differensial munosabatlarning refleksiv, simmetrik va ierarxik xususiyatlari lingvokognitiv talqinlar asosida dalillangan;
“oltin” konseptining “qimmatbaho metallar” hamda “kiyim-boshlar” konseptlari bilan o‘zaro semantik va madaniy aloqalari qiyosiy-komparativistik nuqtayi nazardan tahlil qilinib, ularning konseptual maydondagi o‘rni, mazmuniy uyg‘unlik darajalari va kognitiv asoslari ochib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Nemis va o‘zbek tillarida “oltin” konseptini kognitiv va lingvokulturalogik tahlili bo‘yicha olib borilgan tadqiqot asosida:
“oltin” va “boylik” konseptlari bilan bogʻliq kognitiv va lingvomadaniy jihatdan bogʻlangan xususiyatlarining ilmiy-nazariy jihatlari tasniflanishi va tavsiflanishi imkoniyatlari ochib berishga doir mulohazalardan Evropa ittifoqining Erasmus+ dasturi 58545-EPP-1-2017-l-ES-EPPKA2-CBHE-JP CLASS: “Computational linguistics at Central Asian universities” loyihasi doirasida foydalanilgan (Samarqand davlat chet tillar institutining 2023-yil 23-fevraldagi 386/30.02.01-raqamli maʼlumotnomasi). Natijada erishilgan natijalar hamda nemis va o‘zbek tillari mikro va makro-semantik maydoni haqidagi ilmiy qarashlarga oid materiallardan tilshunoslikda o‘ziga xos yondashuvlarni ishlab chiqishda, konsept tushunchasining kognitiv va lingvomadaniy xususiyatlarining ilmiy-nazariy jihatlarini tasniflashda, shuningdek, konseptning kategoriyallashuv jarayonlarini izohlashda erishilgan ilmiy natijalar loyiha modullaridagi tilshunoslikka oid ma’lumotlarning elektron bazasini ishlab chiqilishiga asos bo‘lgan;
“oltin” va “boylik” konseptlarining konseptualizatsiyalashish xususiyatlari jahon nazariy kognitiv fanining barcha ilmiy parametrlari bo‘yicha aniqlanganligi haqidagi xulosalardan Samarqand davlat chet tillar institutining 1-204-4-5 “Ingliz tili mutaxassislik predmetlaridan axborot-kommunikatsion texnologiyalari asosida virtual resurslar yaratish va o‘quv jarayoniga joriy etish” nomli innovatsion tadqiqot loyihasida foydalanilgan (Samarqand davlat chet tillar institutining 2023-yil 18-fevraldagi 326/30.02.01-raqamli maʼlumotnomasi). Natijada innovatsion tadqiqot loyihasi doirasida mutaxassislik fanlaridan axborot-kommunikatsion texnologiyalari yordamida virtual resurslar yaratish, talabalarning nemis va o‘zbek tillarini qiyosiy o‘rganishga bo‘lgan qiziqishlari ortishini ta’minlash, innovatsiya va integratsiyalashgan ta’lim borasidagi bilimlarini oshirish hamda ta’1im tizimi jarayonini mustahkamlashga doir uslubiy qo‘llanmalarni ishlab chiqishda yangi yondashuvlar sifatida mazkur tadqiqot ishidagi tahlil natijalari ma’lum darajada xizmat qilgan;
“oltin” va “boylik” konseptlarining kategorizatsiyalashish jarayonlari vertikal va gorizantal yo‘nalish bo‘yicha o‘xshashlik munosabatlarining refleksiv va simmetrik xususiyatlariga ega bo‘lishi haqidagi xulosa va echimlardan Evropa Ittifoqi Erasmus+ dasturining 2016-2018-yillarga mo‘ljallangan 561624-ERR-1-2015-UK-EPPKA2-CBHE-SP-ERASMUS + CBHE IMEP: “O‘zbekistonda oliy ta’lim tizimi jarayonlarini modernizatsiyalash va xalqarolashtirish” nomli innovatsion tadqiqotlar loyihasi doirasida foydalanilgan (Samarqand davlat chet tillar institutining 2024-yil 13-avgustdagi 1548/02-raqamli maʼlumotnomasi). Natijada ilmiy tadqiqot natijalari va xulosalari “oltin” konseptini mikro- va makro- semantik maydon haqidagi qarashlar bilan boyish va ijtimoiy-lingvistik sohadagi o‘zgarishlarni tahlil qilish imkonini bergan;
“oltin” va “qimmatbaho madanlar” hamda kiyim-boshlar konseptlari bilan bogʻliq kognitiv va lingvomadaniy xususiyatlarining to‘liq qiyosiy-komparativistik va ilmiy-nazariy asoslari amalga oshirilganligi xususidagi xulosalardan Samarqand viloyati teleradiokanalida 2023-yil 8-noyabr kuni efirga uzatilgan “Kun mavzusi” ko‘rsatuvi ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (Samarqand viloyat teleradiokopaniysining 2023-yil 8-noyabrdagi 01-07/349-sonli ma’lumotnomasi). Natijada ko‘rsatuv va eshshitirishlarning ilmiy ommabopligi ta’minlangan va yangi manbalar bilan boyigan hamda ilmiy natijalardan keyingi ko‘rsatuvlarda ham foydalanishi ko‘zda tutilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish