Raximova Zulayho Abdug‘ofur qizining
pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) 
dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Talaba-qizlarning darsdan tashqari vaqtlarida jismoniy tarbiya va sport mashg‘ulotlarini tashkillashtirishning pedagogik asoslari”, 13.00.04-Jismoniy tarbiya, sport mashg‘ulotlari, sog‘lomlashtirish va adaptiv jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi hamda 13.00.01-Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.2.PhD/Ped8888.
Ilmiy rahbar: Raxmatova Dilnoza Nigbaevna pedagogika fanlari doktori (DSc), professor; Nuriddinova Muyassar Muhiddinovna pedagogika fanlari bo‘yich falsafa doktori (PhD), dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Jismoniy tarbiya va sport ilmiy tadqiqotlar instituti.
Ilmiy Kengash faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi: Jismoniy tarbiya va sport ilmiy tadqiqotlar instituti, DSc.28/2025.27.12.Ped.01.01.
Rasmiy opponentlar: Mardonov Shukur Qo‘ldoshevich pedagogika fanlari doktori (DSc), professor; Masharipov Farhod To‘raxonovich pedagogika fanlari doktori (DSc), professor.
Yetakchi tashkilot: Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi talaba-qizlarning darsdan tashqari vaqtlarida jismoniy tayyorgarlik darajasini oshirish, salomatlik holatini yaxshilash va sog‘lom turmush tarzi kompetensiyalarini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat: 
talaba-qizlarning darsdan tashqari vaqtlarda umumiy funksional harakatini bosqichma-bosqich yaxshilash uchun ishlab chiqilgan XZ-integrativ majmuasi tarkibidagi tayanch-harakat, mushak va nafas olish tizimlarining rivojlantirishga qaratilgan limfadrenaj, pilates va nafas mashqlarni kiritish hisobiga jismoniy tayyorgarlik ko‘rsatkichlari yaxshilangan;
talaba-qizlarning jismoniy tayyorgarlik darajalarini yaxshilashda funksional ko‘rsatkichlar asosida mashg‘ulotga moslashish, harakat koordinatsiyasini rivojlantirish va harakat faolligini oshirish uchun  optimallashtirilgan uch bosqichli kompleks mashqlarni o‘z ichiga olgan “Express Zest” mobil ilovasini ishlab chiqish hisobiga mustaqil mashq qilish imkoniyati oshirilgan;
sog‘lom turmush tarzi kompetensiyalarini takomillashtirish uchun shaxsga yo‘naltirilgan, tizimli, sog‘lomlashtiruvchi va innovatsion uslubiy yondashuvlar orqali kognitiv, aksiologik, faoliyatli va refleksiv komponentlarni ta’lim-tarbiya jarayoniga integratsiya qilish asosida kunlik turmush tarzida takrorlanuvchi harakatlar samaradorligini nazorat qilishga qaratilgan “Sog‘lom ayol – sog‘lom kelajak” modelini ishlab chiqish hisobiga talaba-qizlarning harakat faolligi ko‘rsatkichlari oshgan;
talaba-qizlarning o‘ziga xos individual xususiyatlarini inobatga olgan holda o‘z-o‘zini nazorat qilishda menstrual sikl yondashuv asosida boshqarish uchun ishlab chiqilgan “FLOW-FIT” pedagogik texnologiyasini mashg‘ulot jarayoniga kiritish hisobiga salomatlik holati yaxshilangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Darsdan tashqari vaqtlarida jismoniy tarbiya va sport mashg‘ulotlarini tizimli tashkil etish yordamida talaba-qizlarning salomatlik holatini yaxshilash, jismoniy tayyorgarlik darajasini oshirish hamda sog‘lom turmush tarzi kompetensiyalarini takomillashtirish metodikasini ishlab chiqishga qaratilgan tadqiqotlar asosida:
talaba-qizlarning darsdan tashqari vaqtlarda umumiy funksional harakatini bosqichma-bosqich yaxshilash uchun ishlab chiqilgan XZ-integrativ majmuasi tarkibidagi tayanch-harakat, mushak va nafas olish tizimlarining rivojlantirishga qaratilgan limfadrenaj, pilates va nafas mashqlarni kiritish bo‘yicha taklif va tavsiyalar O‘zbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti talabalarining sog‘lomlashtiruvchi mashg‘ulotlariga tatbiq etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligining 2025-yil 15-iyuldagi  02-16/7503-son ma’lumotnomasi). Natijada talabalarning umumiy jismoniy tayyorgarlik darajasi ko‘rsatkichlari 13,74 % ga oshgan;
talaba-qizlarning jismoniy tayyorgarlik darajalarini yaxshilashda funksional ko‘rsatkichlar asosida mashg‘ulotga moslashish, harakat koordinatsiyasini rivojlantirish va harakat faolligini oshirish uchun  optimallashtirilgan uch bosqichli kompleks mashqlarni o‘z ichiga olgan “Express Zest” mobil ilovasini ishlab chiqish bo‘yicha taklif va tavsiyalar Chirchiq davlat pedagogika universiteti talaba-qizlarning darsdan tashqari mashg‘ulotlariga tatbiq etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligining 2025-yil 15-iyuldagi  02-16/7503-son ma’lumotnomasi). Natijada talabalarning tezkorlik  sifatlari 11,04 % ga, tezkorlik-chaqqonlik 10,26 % ga, umumiy kuch ko‘rsatkichlari 15,79 % ga, chaqqonlik  ko‘rsatkichlari 14,81 % ga, chidamlilik ko‘rsatkichlari 15,86 %, egiluvchanlik ko‘rsatkichlari 14,71 % ga oshishiga erishilgan;
sog‘lom turmush tarzi kompetensiyalarini takomillashtirish uchun shaxsga yo‘naltirilgan, tizimli, sog‘lomlashtiruvchi va innovatsion uslubiy yondashuvlar orqali kognitiv, aksiologik, faoliyatli va refleksiv komponentlarni ta’lim-tarbiya jarayoniga integratsiya qilish asosida kunlik turmush tarzida takrorlanuvchi harakatlar samaradorligini nazorat qilishga qaratilgan “Sog‘lom ayol – sog‘lom kelajak” modelini ishlab chiqish bo‘yicha taklif va tavsiyalar Farg‘ona davlat universiteti talabalarning darsdan tashqari mashg‘ulotlariga tatbiq etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligining 2025-yil 15-iyuldagi  02-16/7503-son ma’lumotnomasi). Natijada umumiy yog‘ 12,48 %, umumiy suv 11,2 %, sistolik bosim 6,31 %,  diastolik 6,51 %,  o‘pkaning tiriklik sig‘imi 12,26 % ga yaxshilangan;
talaba-qizlarning o‘ziga xos individual xususiyatlarini inobatga olgan holda o‘z-o‘zini nazorat qilishda menstrual sikl yondashuv asosida boshqarish uchun ishlab chiqilgan “FLOW-FIT” pedagogik texnologiyasini mashg‘ulot jarayoniga kiritish bo‘yicha taklif va tavsiyalar O‘zbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti talaba-qizlarning darsdan tashqari mashg‘ulotlariga tatbiq qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligining 2025-yil 15-iyuldagi 02-16/7503-son ma’lumotnomasi). Natijada talaba-qizlarning salomatlik holatlari yaxshilanib, funksional holat ko‘rsatkichlari 9,76 % oshgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish