Ibragimova Gulnoza Sayidmurodovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilimiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): “Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida ta’lim sifatini boshqarish mexanizmlarini takomillashtirish”, 13.00.07 – Ta’limda menejment.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/Ped5329
Ilmiy rahbar: Ibraimov Xolboy Ibragimovich, pedagogika fanlari doktori, akademik.
Dissertatsiya bajarilayotgan muassasa nomi: Qori Niyoziy nomidagi Tarbiya pedagogikasi milliy instituti.
IK faoliyat ko‘rstayotgan muassasa nomi, IK raqami: Andijon davlat pedagogika instituti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi PhD.03/05.05.2023.Ped.166.01 raqamli Ilmiy kengash asosidagi falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini beruvchi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Azimova Ziyoda Ergashevna, pedagogika fanlari doktori, professor; Nazirova Guzal Malikovna, pedagogika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: A.Avloniy nomidagi Pedagogik mahorat milliy instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi umumiy o‘rta ta’lim maktablarida ta’lim sifatini boshqarish mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
umumiy o‘rta ta’lim maktablarida ta’lim sifatini boshqarishning pedagogik imkoniyatlari jamoaning innovatsion tajribasi va individual shaxsiy sifatlariga oid ijtimoiy-motivatsion komponentlarini ta’lim monitoringi determinantlari va samaradorlik vektoriga nisbatan muvofiqligini ta’minlash asosida takomillashtirilgan;
maktablarda ta’lim sifatini boshqarishning pedagogik shart-sharoitlari pedagog kadrlar salohiyatini rivojlantirish, ta’lim natijalarini obektiv baholash va ta’lim subektlari o‘rtasidagi samarali qayta aloqa mexanizmlariga ichki monitoringni tashkil etishni yo‘lga qo‘yishga qaratilgan kompleks tashkiliy-pedagogik shartlarni kiritish orqali takomillashtirilgan;
o‘rta ta’lim maktablarida ta’lim sifatini baholash mezonlari o‘quvchilarning bilim darajasi, pedagog kadrlar faoliyati samaradorligi hamda ta’lim muhitining obektiv sifat ko‘rsatkichlariga ta’lim oluvchilarni integral baholash indikatorlari tizimini nazorat instrumentlarini vertikal va gorizontal ijroiy muhitga barqaror adaptivlashtirish asosida takomillashtirilgan;
ta’lim maktablarida umumiy sifatni boshqarishning didaktik ta’minoti ijtimoiy buyurtma talablari va o‘quvchilarning akademik ehtiyojlariga mos o‘quv muhitini tadrijiy va intensiv yaratishning diversifikatsion ish turlarini sog‘lom raqobat muhitiga funksional menejment qoidalariga ko‘ra implemintatsiya qilish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
umumiy o‘rta ta’lim maktablarida ta’lim sifatini boshqarishning pedagogik imkoniyatlari jamoaning innovatsion tajribasi va individual shaxsiy sifatlariga oid ijtimoiy-motivatsion komponentlarini ta’lim monitoringi determinantlari va samaradorlik vektoriga nisbatan muvofiqligini ta’minlash asosida takomillashtirilganligiga oid yangiliklaridan 2019-2023 yillarga bajarilgan I-OT-2019-raqamli “Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida shaxmat fani bo‘yicha 3D interaktiv o‘quv-metodik qo‘llanmalarni yaratish va joriy qilish” nomli ilmiy-amaliy loyihani bajarishda foydalanilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2023-yil 3-iyundagi 02-07-2069/04-sonli dalolatnoma). Natijada umumiy o‘rta ta’lim maktablarining ta’limi sifatini boshqarish mexanizmlarini takomillashtirishning tashkiliy-pedagogik jihatlarini ochib berish imkoni kengaytirilgan.
maktablarda ta’lim sifatini boshqarishning pedagogik shart-sharoitlari pedagog kadrlar salohiyatini rivojlantirish, ta’lim natijalarini obektiv baholash va ta’lim subektlari o‘rtasidagi samarali qayta aloqa mexanizmlariga ichki monitoringni tashkil etishni yo‘lga qo‘yishga qaratilgan kompleks tashkiliy-pedagogik shartlarni kiritish orqali takomillashtirilganligiga oid yangiliklaridan 2019-2023 yillarga bajarilgan PZ-2014-0910154408-raqamli “Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida axborot-kommunikatsion muhitni yaratish va amaliyotga tadbiq qilish” nomli ilmiy-amaliy loyihani bajarishda foydalanilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2023-yil 3-iyundagi 02-07-2069/04-sonli dalolatnoma). Natijada umumiy o‘rta ta’lim maktablarida ta’lim sifatini baholash mezonlari va boshqarish texnologiyalarini takomillashtirishga sharoit yaratilgan.
o‘rta ta’lim maktablarida ta’lim sifatini baholash mezonlari o‘quvchilarning bilim darajasi, pedagog kadrlar faoliyati samaradorligi hamda ta’lim muhitining obektiv sifat ko‘rsatkichlariga ta’lim oluvchilarni integral baholash indikatorlari tizimini nazorat instrumentlarini vertikal va gorizontal ijroiy muhitga barqaror adaptivlashtirish asosida takomillashtirilganligiga oid ilmiy yangiligidan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston teleradiokanali” DM muharririyati tomonidan tayyorlangan “Kelajakka yo‘l” dasturi ssenariylarini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston teleradiokanali” davlat muassasasining 2023-yil 7-iyundagi 01-17-915-son ma’lumotnoma). Natijada umumiy o‘rta ta’lim maktablarining ta’limi sifatini boshqarishning modifikatsion mexanizmlarini joriy etish modelini takomillashtirish imkoni yaratilgan.
ta’lim maktablarida umumiy sifatni boshqarishning didaktik ta’minoti ijtimoiy buyurtma talablari va o‘quvchilarning akademik ehtiyojlariga mos o‘quv muhitini tadrijiy va intensiv yaratishning diversifikatsion ish turlarini sog‘lom raqobat muhitiga funksional menejment qoidalariga ko‘ra implemintatsiya qilish asosida takomillashtirilganligiga oid ilmiy yangiligidan 2014-2025 yillarga bajarilgan “Umumiy o‘rta ta’lim maktablari “Tabiiy fanlar” uchun multimediali dasturiy mahsulot yaratish” nomli ilmiy-amaliy loyihani bajarishda foydalanilgan (Tarbiya pedagogikasi milliy institutining 2026-yil 19-yanvardagi 01-09/44-sonli ma’lumotnoma). Natijada umumiy o‘rta ta’lim maktablarida ta’lim sifatini boshqarishning didaktik ta’minotini takomillashtirishga erishilgan.
Ilmiy kengash raisi: B.M.Rasulov
Ilmiy kengash kotibi: D.T.Samatov
Ilmiy rahbar: I.X.Ibraimov
Dissertant: G.S.Ibragimova