Xolmurodova Dilnoza Xolmurod qizining
Pedagogika fanlari doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): Bo‘lajak ingliz tili o‘qituvchilarining kreativ kompetentliligini rivojlantirish metodikasini takomillashtirish; 13.00.02 – Ta’lim tarbiua nazariuasi va metodikasi (ingliz tili).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.DSc/Ped665
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti, DSc.03/2025.27.12.Fil.01.11
Rasmiy opponentlar: p.f.d., professor Abdullaeva Shaxzoda Abdullaevna, p.f.d., professor Qodirova Munira Rasulovna, p.f.d., dotsent Kushieva Nodira Habibjanovna
Yetakchi tashkilot: Namangan davlat chet tillar instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi bo‘lajak ingliz tili o‘qituvchilarining kreativ kompetentligini rivojlantirish jarayonini ilmiy asoslash, uning modelini yaratish hamda samarali metodikasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
bo‘lajak ingliz tili o‘qituvchilarining kreativ kompetentligini rivojlantirishning didaktik imkoniyatlari ijodiy sezgirlik va lingvistik yaratuvchanlikni pragmatik vaziyatlarga imitatsiyalash, faoliyatning kreativ-analitik reprezentatsiyasini modifikatsiyalashga refleksiv-analitik tahlil orqali aniqlashtirilgan;
bo‘lajak ingliz tili o‘qituvchilarida kreativ kompetentligini rivojlantirish modeli maqsad-natija komponentlariga vizual-estetik idrok va amaliy tafakkurni metodik-immanent tuzilmasiga kollaborativ integratsiyalash, pedagogik konseptualizatsiyalash izchilligini bosqichma bosqich semantik singdirish asosida takomillashtirilgan;
bo‘lajak ingliz tili o‘qituvchilarida kreativ kompetentligini rivojlantirish metodikasi nutqiy birliklarning pragmatik maqsadga mosligini autentik materiallarga singdirish, kasbiy faoliyatda uchta o‘zaro bir biriga aloqador (bilish-dasturlashtirish-ijodiy ta’sir) bosqichlarga sintetik tafakkurni rivojlantiruvchi lingvo-creative dizayn, multimodal resurslarni amaliy-situativ muhitga transformatsiyasini ta’minlash asosida takomillashtirilgan;
bo‘lajak ingliz tili o‘qituvchilarida kreativ kompetentlik samaradorligi “Lingvo-creative Reflexive Method (LCRM)” texnologiyasi va kreativ refleksiyani sinergetik tahlil qilish metodlarini qo‘llash natijasida o‘z-o‘zini rivojlantirish hamda madaniy konnotatsiyali ma’nolarni anglash va talqin qilishga yo‘naltirilgan shaxsiy o‘sishni refleksiv faollashtirish strategik yo‘naltirish orqali oshirilgan;
bo‘lajak ingliz tili o‘qituvchilarida kreativ kompetentligini baholashning mezon va ko‘rsatkichlari kreativlik konsepsiyalari va ta’lim modeliga interpretatsiyasini ta’minlash, rivojlanish dinamikasini raqamli kuzatuvda talqin qilish va metakognitiv korreksiyalash asosida optimallashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Bo‘lajak ingliz tili o‘qituvchilarining kreativ kompetentliligini rivojlantirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
bo‘lajak ingliz tili o‘qituvchilarining kreativ kompetentligini rivojlantirishning didaktik imkoniyatlari ijodiy sezgirlik va lingvistik yaratuvchanlikni pragmatik vaziyatlarga imitatsiyalash, faoliyatning kreativ-analitik reprezentatsiyasini modifikatsiyalashga refleksiv-analitik tahlil orqali aniqlashtirilishiga oid tavsiyalardan “IL-7823051524 raqamli “Paratranslator: parallel korpusga asoslangan kontestologik elektron tarjima lug‘at platformasini yaratish” (2024-2025) mavzusidagi innovatsion loyihada belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston milliy universitetning 2026 yil 21 yanvardagi 04/11-2300-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, bo‘lajak ingliz tili o‘qituvchilarining kreativ kompetentliligini rivojlantirishning pedagogik imkoniyatlarini tahlil etishga sharoit yaratilgan;
bo‘lajak ingliz tili o‘qituvchilarida kreativ kompetentligini rivojlantirish modeli maqsad-natija komponentlariga vizual-estetik idrok va amaliy tafakkurni metodik-immanent tuzilmasiga kollaborativ integratsiyalash, pedagogik konseptualizatsiyalash izchilligini bosqichma bosqich semantik singdirish asosida takomillashtirilishiga oid xulosalar “Methodology of teaching foreign languaGES” nomli darslik mazmuniga singdirilgan (Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universitetining 2025 yil 20 oktyabrdagi 22-01-810/22-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, bo‘lajak ingliz tili o‘qituvchilarining kreativ kompetentliligini rivojlantirish imkoni kengaytirilgan;
bo‘lajak ingliz tili o‘qituvchilarida kreativ kompetentligini rivojlantirish metodikasi nutqiy birliklarning pragmatik maqsadga mosligini autentik materiallarga singdirish, kasbiy faoliyatda uchta o‘zaro bir biriga aloqador (bilish-dasturlashtirish-ijodiy ta’sir) bosqichlarga sintetik tafakkurni rivojlantiruvchi lingvo-creative dizayn, multimodal resurslarni amaliy-situativ muhitga transformatsiyasini ta’minlash asosida takomillashtirilishiga oid tavsiyalardan “IL-7823051524 raqamli “Paratranslator: parallel korpusga asoslangan kontestologik elektron tarjima lug‘at platformasini yaratish” (2024-2025) mavzusidagi innovatsion loyihada belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston milliy universitetning 2026 yil 21 yanvardagi 04/11-2300-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, bo‘lajak ingliz tili o‘qituvchilarining kreativ kompetentliligini rivojlantirish mezonlarini takomillashtirish imkoni kengaytirilgan;
bo‘lajak ingliz tili o‘qituvchilarida kreativ kompetentlik samaradorligi “Lingvo-creative Reflexive Method (LCRM)” texnologiyasi va kreativ refleksiyani sinergetik tahlil qilish metodlarini qo‘llash natijasida o‘z-o‘zini rivojlantirish hamda madaniy konnotatsiyali ma’nolarni anglash va talqin qilishga yo‘naltirilgan shaxsiy o‘sishni refleksiv faollashtirish strategik yo‘naltirish orqali oshirilishiga oid takliflar “Methodology of teaching foreign languaGES” nomli darslik mazmuniga singdirilgan (Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universitetining 2025 yil 20 oktyabrdagi 22-01-810/22-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, bo‘lajak ingliz tili o‘qituvchilarining kreativ kompetentliligini rivojlantirishning modelini takomillashtirish samaradorligi oshgan.
bo‘lajak ingliz tili o‘qituvchilarida kreativ kompetentligini baholashning mezon va ko‘rsatkichlari kreativlik konsepsiyalari va ta’lim modeliga interpretatsiyasini ta’minlash, rivojlanish dinamikasini raqamli kuzatuvda talqin qilish va metakognitiv korreksiyalash asosida optimallashtirilishiga oid takliflardan “Maktab o‘quvchilaridagi iqtidorni va kasbiy qiziqishni onlayn aniqlashga qaratilgan psixodiagnostik dasturiy ta’minotni yaratish” (2024-2025) mavzusidagi innovatsion loyihada belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston milliy universitetning 2026 yil 21 yanvardagi 04/11-2301-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, bo‘lajak ingliz tili o‘qituvchilarning kreativ kompetensiyalarini rivojlantirish samaradorligiga erishilgan.