Akramova Dilshoda Turdikulovnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar:
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Parkinsonizm «plyus» sindromi. Klinik, nevrologik va genetik jihatlari, davolashni takomillashtirish», 14.00.13 – Nevrologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2DSc/Tib1044.
Ilmiy konsul`tant: Raximbaeva Gulnora Sattarovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat tibbiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat tibbiyot universiteti, DSc.06/2025.27.12.Tib.01.04.
Rasmiy opponentlar: Madjidova Yokutxon Nabievna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Alikulova Nigora Abdukadirovna, tibbiyot fanlari doktori, profesor; Yakupov Eduard Zakirzyanovich, tibbiyot fanlari doktori, profesor.
Yetakchi tashkilot nomi: Samarqand davlat tibbiyot universiteti.
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi parkinsonizm “plyus” sindromining klinik-nevrologik va genetik xususiyatlarini o‘rganish, shu asosda erta tashxislash va davolashni takomillashtirishga qaratilgan prognostik modellarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Parkinson kasalligida GBA gen polimorfizmi nomotor simptomlar (kognitiv buzilishlar, depressiya, vegetativ disfunksiya) og‘irligi bilan, VPS35 gen polimorfizmi esa motor simptomlar (bradikineziya, mushaklar rigidligi, postural noto‘rg‘unlik) darajasi bilan uzviy bog‘liqligi aniqlangan;
neyrodegeneratsiya va neyroyallig‘lanish markeri – neyrofilament engil zanjiri (NfL) va monotsitar kimokin MCP-1 konsentratsiyasining oshishi klinik simptomlar og‘irligi, kasallikning tez progressiyasi hamda funksional faoliyat pasayishi bilan ishonchli korrelyasion bog‘liqlik aniqlangan;
GBA va VPS35 gen polimorfizmlari bilan NfL va MCP-1 darajalarining birgalikda oshishi neyrodegenerativ jarayonlarning kumulyativ kuchayishiga xamda kognitiv etishmovchilikning o‘rta va og‘ir darajada rivojlanishi va xayot sifati ko‘rsatkichlarining pasayishi bilan bog‘liq ekani asoslangan;
parkinsonizm «plyus» sindromlarida edaravon dori vositasi neyroprotektor sifatida neyroyallig‘lanish va aksonal shikastlanishga bartaraf etishda, Parkinson kasalligida prolongirlangan Levodopa motor belgilarni uzoq muddatli nazorat qilishda yuqori samaraga ega ekanligi isbotlangan;
klinik shkalalar (UPDRS, MoCA), genetik omillar (GBA, VPS35) va biomarkerlar (NfL, MCP-1) integratsiyasiga asoslangan holda kasallik kechishini baholash, salbiy prognozni erta aniqlash va patogenetik yo‘naltirilgan individual terapiyani tanlash imkonini beruvchi differensial tashxis va davolash mezonlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
parkinsonizm «plyus» sindromida differensial tashxis mezonlari klinik-biokimyoviy rivojlanish mexanizmlari, tashxislash va davolashni optimallashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
birinchi ilmiy yangilik: Parkinson kasalligida GBA gen polimorfizmi nomotor simptomlar (kognitiv buzilishlar, depressiya, vegetativ disfunksiya) og‘irligi bilan, VPS35 gen polimorfizmi esa motor simptomlar (bradikineziya, mushaklar rigidligi, postural noto‘rg‘unlik) darajasi bilan uzviy bog‘liqligi bo‘yicha takliflar 2025 yil 26 iyundagi Toshkent tibbiyot akademiyasi muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashining 649/t va 650/t-sonli bayonnomalari bilan tasdiqlanib, «Parkinson kasalligi va parkinsonizm plyus sindromlarida neyrofilament engil zanjiri oqsili asosida diagnostika va terapevtik yondashuvni takomillashtirish usullari» hamda «Parkinson kasalligi va parkinsonizm plyus sindromlarida monotsitar kimokinlar darajalari va nevrologik o‘zgarishlarni baholash usullari» nomli uslubiy tavsiyanomalar mazmuniga kiritildi.Olingan ilmiy natijalar O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnikaviy kengashning 2025 yil 7 oktyabrdagi 26/48-sonli xulosasiga muvofiq tasdiqlanib, klinik amaliyotga joriy etildi hamda Olmazor tuman tibbiyot birlashmasi (buyruq №912, 2025 yil 2 avgust) va Samarqand davlat tibbiyot universiteti klinikasida (buyruq №134, 2025 yil 29 avgust) amalda qo‘llanildi. Ijtimoiy samaradorligi: Parkinson kasalligi va parkinsonizm “plyus” sindromlari uchun ishlab chiqilgan differensial-diagnostik mezonlar asosida terapevtik yondashuvni individuallashtirish, bemorlarda erta reabilitatsiya, ijtimoiy moslashuv va hayotiy faoliyat jarayoniga to‘g‘ri integratsiyani ta’minlash imkoniyatini yaratdi. Iqtisodiy samaradorligi: Parkinson kasalligi va parkinsonizm “plyus” sindromlari bo‘lgan bemorlarda asoratlarning oldini olish, o‘z vaqtida aniq tashxis qo‘yish va maqbul terapiyani amalga oshirish orqali har bir bemor uchun 1100000 so‘m miqdorida byudjet mablag‘larini tejash imkoni yaratildi. Xulosa: Ushbu ilmiy yangilikni parkinson kasalligi va parkinsonizm “plyus” sindromlari bo‘lgan bemorlarda qo‘llash sog‘liqni saqlash tizimida samarali tashxis va terapiya modelini joriy qilishga xizmat qiladi. Shuningdek, bir bemorga 1100000 so‘m mablag‘ni tejash imkonini berib, byudjet va byudjetdan tashqari xarajatlarni optimallashtiradi.
ikkinchi ilmiy yangilik: neyrodegeneratsiya va neyroyallig‘lanish markeri –neyrofilament engil zanjiri (NfL) va monotsitar kimokin MCP-1 konsentratsiyasining oshishi klinik simptomlar og‘irligi, kasallikning tez progressiyasi hamda funksional faoliyat pasayishi bilan ishonchli korrelyasiyasi aniqlangan bo‘yicha takliflar Toshkent tibbiyot akademiyasi muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashining 2025 yil 26 iyundagi 649/t va 650/t bayonnomalari bilan tasdiqlangan «Parkinson kasalligi va parkinsonizm plyus sindromlarida neyrofilament engil zanjiri oqsili asosida diagnostika va terapevtik yondashuvni takomillashtirish usullari» hamda «Parkinson kasalligi va parkinsonizm plyus sindromlarida monotsitar kimokinlar darajalari va nevrologik o‘zgarishlarni baholash usullari» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga kiritildi. Ilmiy yangilik O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnikaviy kengashning 2025 yil 7 oktyabrdagi №26/48-sonli xulosasi hamda Olmazor tuman tibbiyot birlashmasi (buyruq №912, 2025 yil 2 avgust) va Samarqand davlat tibbiyot universiteti klinikasi (buyruq №134, 2025 yil 29 avgust) asosida amaliyotga joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: Parkinson kasalligi va parkinsonizm “plyus” sindromlarida nevrologik o‘zgarishlarga ta’sir qiluvchi genetik va biomarkerlarning (GBA, VPS35, MCP-1, NfL) aniqlanishi va ularga asoslangan etiopatogenetik terapiya usullarining joriy etilishi, bemorlarda statsionarda davolanish muddatini qisqartirish, kognitiv imkoniyatlarni tiklash va ularning ijtimoiy moslashuvini yaxshilashga xizmat qildi. Iqtisodiy samaradorligi: Parkinson kasalligi va parkinsonizm “plyus” sindromlarida asoratlarning oldini olish, erta va aniq tashxis hamda patogenetik yo‘naltirilgan davolash usullari orqali har bir bemor uchun 1350000 so‘m byudjet mablag‘larini tejash imkoniyati yaratildi. Xulosa: Parkinson kasalligi va parkinsonizm “plyus” sindromlarida genetik (GBA, VPS35) va yallig‘lanish biomarkerlariga (MCP-1, NfL) asoslangan patogenetik terapiyani joriy etish klinik samaradorlikni oshiradi va statsionar davolash muddatini qisqartiradi. Bunda har bir bemor uchun 150000 so‘m miqdorida mablag‘ tejalishi orqali sog‘liqni saqlash tizimida iqtisodiy samaradorlikka erishiladi;
uchinchi ilmiy yangilik: GBA va VPS35 gen polimorfizmlari bilan NfL va MCP-1 darajalarining birgalikda oshishi neyrodegenerativ jarayonlarning kumulyativ kuchayishiga, kognitiv etishmovchilikning o‘rta va og‘ir darajada shakllanishi xamda xayot sifati ko‘rsatkichlarining pasayishi bilan bog‘liq bo‘yicha takliflar Toshkent tibbiyot akademiyasi muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashining 2025 yil 26 iyundagi 649/t va 650/t bayonnomalari bilan tasdiqlangan «Parkinson kasalligi va parkinsonizm plyus sindromlarida neyrofilament engil zanjiri oqsili asosida diagnostika va terapevtik yondashuvni takomillashtirish usullari» hamda «Parkinson kasalligi va parkinsonizm plyus sindromlarida monotsitar kimokinlar darajalari va nevrologik o‘zgarishlarni baholash usullari» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga kiritildi. Ilmiy yangilik O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnikaviy kengashning 2025 yil 7 oktyabrdagi №26/48-sonli xulosasiga muvofiq tasdiqlandi va amaliyotga joriy etildi. Shuningdek, tadqiqot natijalari Olmazor tuman tibbiyot birlashmasi – buyruq №912, 2025 yil 2 avgust va Samarqand davlat tibbiyot universiteti klinikasi – buyruq №134, 2025 yil 29 avgust asosida klinik amaliyotga tatbiq etildi. Ijtimoiy samaradorligi: Neyroyallig‘lanish markerlari (MCP-1, NfL) va genetik markerlar darajasiga qarab etiopatogenetik terapiya usulini tanlash imkoni paydo bo‘lib, bu Parkinson kasalligi va parkinsonizm “plyus” sindromlari bo‘lgan bemorlarda klinik belgilarni kamaytirish, funksional holatni yaxshilash va statsionarda qolish muddatini qisqartirishga yordam beradi. Shuningdek, mazkur biomarkerlar patogenetik jarayonlarni chuqur tushunish imkonini beradi va zamonaviy nazariyalarni ilmiy asos bilan boyitishga xizmat qildi. Iqtisodiy samaradorligi: Diagnostik va davolash algoritmlarini samarali joriy etish orqali parkinson kasalligi va parkinsonizm “plyus” sindromlari bilan bog‘liq asoratlarni erta aniqlash va maqbul terapiya o‘tkazish yo‘li bilan har bir bemor uchun 1100000 so‘m miqdorida byudjet mablag‘larini tejash imkoniyati yaratiladi. Bu mablag‘lar asosan statsionar davolash xarajatlari hisobidan tejaldi. Xulosa: Parkinson kasalligi va parkinsonizm “plyus” sindromlarida neyrobiologik ko‘rsatkichlar (MCP-1, NfL) va genetik markerlar asosida terapevtik strategiyani individuallashtirish klinik samaradorlikni oshiradi va bemorlarni statsionar davolash muddatini qisqartiradi. Bu orqali har bir bemor uchun 1100000 so‘mgacha byudjet mablag‘larini tejashga erishilib, sog‘liqni saqlash tizimida iqtisodiy barqarorlik ta’minlanadi;
to‘rtinchi ilmiy yangilik: parkinsonizm «plyus» sindromlarida edaravon dori vositasi neyroprotektor sifatida neyroyallig‘lanish va aksonal shikastlanishga bartaraf etishda, Parkinson kasalligida prolongirlangan Levodopa motor belgilarni uzoq muddatli nazorat qilishda yuqori samaraga ega ekanligi bo‘yicha takliflar Toshkent tibbiyot akademiyasi muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashining 2025 yil 26 iyundagi 649/t va 650/t bayonnomalari bilan tasdiqlangan «Parkinson kasalligi va parkinsonizm plyus sindromlarida neyrofilament engil zanjiri oqsili asosida diagnostika va terapevtik yondashuvni takomillashtirish usullari» hamda «Parkinson kasalligi va parkinsonizm plyus sindromlarida monotsitar kimokinlar darajalari va nevrologik o‘zgarishlarni baholash usullari» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga kiritildi. Taklif etilgan terapevtik yondashuv O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnikaviy kengashning 2025 yil 7 oktyabrdagi №26/48-sonli xulosasiga muvofiq tasdiqlandi va amaliyotga joriy etildi. Shuningdek, natijalar Olmazor tuman tibbiyot birlashmasi - buyruq №912, 2025 yil 2 avgust hamda Samarqand davlat tibbiyot universiteti klinikasi - buyruq №134, 2025 yil 29 avgust asosida klinik amaliyotga tatbiq etildi. Ijtimoiy samaradorligi: parkinsonizm “plyus” sindromlarida va Parkinson kasalligida terapevtik yondashuvning differensial qo‘llanilishi bemorlarni reabilitatsiya jarayoniga tezroq jalb qilish, klinik belgilarni yumshatish va sog‘lomlashuv jarayonini tezlashtirish imkonini yaratdi. Iqtisodiy samaradorligi: parkinsonizm sindromlarini o‘z vaqtida aniqlash va patogenetik terapiyani belgilangan darajada o‘tkazish kelgusidagi asoratlarning oldini olishga xizmat qilib, har bir terapiya uchun 1500000 so‘mgacha byudjet mablag‘larini tejash imkonini berdi. Xulosa: parkinsonizm “plyus” sindromlari va Parkinson kasalligi uchun ishlab chiqilgan differensial terapiya usuli bemorlarda simptomlar regressini ta’minlab, davolash muddatini qisqartiradi. Bu orqali har bir bemor uchun 1500000 so‘mgacha byudjet mablag‘larini tejash imkoni vujudga kelib, sog‘liqni saqlash tizimida resurslarni maqsadli sarflashga xizmat qiladi;
beshinchi ilmiy yangilik: klinik shkalalar (UPDRS, MoCA), genetik omillar (GBA, VPS35) va biomarkerlar (NfL, MCP-1) integratsiyasiga asoslangan holda kasallik kechishini baholash, salbiy prognozni erta aniqlash va patogenetik yo‘naltirilgan individual terapiyani tanlash imkonini beruvchi differensial tashxis va davolash mezonlari bo‘yicha takliflar Toshkent tibbiyot akademiyasi muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashining 2025 yil 26 iyundagi 649/t va 650/t bayonnomalari bilan tasdiqlangan «Parkinson kasalligi va parkinsonizm plyus sindromlarida neyrofilament engil zanjiri oqsili asosida diagnostika va terapevtik yondashuvni takomillashtirish usullari» hamda «Parkinson kasalligi va parkinsonizm plyus sindromlarida monotsitar kimokinlar darajalari va nevrologik o‘zgarishlarni baholash usullari» mavzusidagi uslubiy tavsiyanomalar mazmuniga kiritildi. Ishlab chiqilgan tashxis algoritmlari O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnikaviy kengashning 2025-yil 7 oktyabrdagi №26/48-sonli xulosasiga muvofiq tasdiqlandi hamda amaliyotga joriy etildi. Shuningdek, ular Olmazor tuman tibbiyot birlashmasi - buyruq №912, 2025 yil 2 avgust va Samarqand davlat tibbiyot universiteti klinikasi - buyruq №134, 2025 yil 29 avgust asosida klinik amaliyotga tatbiq etildi. Ijtimoiy samaradorligi: bemorlarni erta aniqlashga xizmat qiluvchi kompleks tashxis modellarining joriy etilishi parkinson kasalligi va parkinsonizm “plyus” sindromlari bo‘lgan shaxslarni vaqtli ravishda reabilitatsiya, klinik kuzatuv va patogenetik davolash dasturlariga jalb qilish imkonini yaratdi. Iqtisodiy samaradorligi: olingan ma’lumotlar asosida parkinsonizm “ plyus” sindromlari va Parkinson kasalligini erta tashxislash bir bemor uchun 1500000 so‘mni iqtisod qilishga erishilgan. Xulosa: Parkinson kasalligi va parkinsonizm “plyus” sindromlarida klinik, bioximik, neyropsixologik va genetik ko‘rsatkichlar asosida ishlab chiqilgan tashxis modeli yuqori aniqlik va ishonchlilikni ta’minlaydi.