Safoeva Salomat Musoevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Ikkilamchi tuxumdonlar polikistozini davolashda differensial yondoshuvning klinik-patogenetik asoslash» 14.00.01 – Akusherlik va ginekologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.4.PhD/Tib220.
Ilmiy rahbar: Asatova Munira Miryusupovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.06/2025.27.12.Tib.03.01.
Rasmiy opponentlar: Qayumova Dilrabo Talmasovna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent; O‘rinbaeva Nilufar Abdujabbarovna, tibbiyot fanlari doktori, professor. 
Yetakchi tashkilot: Andijon davlat tibbiyot universiteti.  
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: tuxumdonlarning ikkilamchi polikistozi va qalqonsimon bez gipofunksiyasi bo‘lgan ayollarda reproduktiv funksiya buzilishlarini differensial korreksiyalash protokollarini ishlab chiqish va joriy etishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor giperandrogeniya bilan kechadigan reproduktiv buzilishlarning 33,6% holatlari qalqonsimon bezi gipofunksiyasi sababli kelib chiquvchi ikkilamchi tuxumdonlar polikistozi bilan bog‘liqligi aniqlangan;
ilk bor ikkilamchi polikistozning, tireoid gormonlar pasayishi natijasida tireotrop gormonning 2,4 martaga kompensator oshishi, prolaktinning 1,2 martaga oshishi, jinsiy steroidlarni bog‘lovchi globulinning 2 martaga pasayishi, insulinga rezistentlikning rivojlanishi bilan namoyon bo‘lishi qalqonsimon bez gipofunksiyasi bilan bog‘liqligi isbotlangan;
ilk bor gipotireoz simptomlari fonida, tireotrop gormon darajasining 2,4 martaga, prolaktinning 1,2 martaga oshishi, LG/FSG indeksining 2,5 dan pastligi bilan ifodalangan tuxumdonlar polikistoz degeneratsiyasi, qalqonsimon bez gipofunksiyasi bilan bog‘liq ikkilamchi polikistozning differensial-diagnostik mezonlari ekanligi aniqlangan; 
ilk bor qalqonsimon bez gipofunksiyasi fonidagi ikkilamchi polikistozda insulinrezistentlikning tuxumdon ichi markerlari bilan korrelyasion bog‘liqligi, ingibin V darajasining 2,5 baravar pasayishi va antimyuller gormonning o‘rtacha oshishi ammo, klassik tuxumdon polikistozi sindromi ko‘rsatkichlariga nisbatan 2,8 baravar pastligi bidan ifodalanishi isbotlangan;
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Qalqonsimon bezi gipofunksiyasi fonidagi tuxumdonlar ikkilamchi polikistozining kelib chiqishidagi patogenetik mexanizmlari, uning klinik, gormonal hamda instrumental o‘ziga xosligini baholash asosida olingan ilmiy natijalar asosida:
birinchi ilmiy yangilik: giperandrogeniya bilan kechadigan reproduktiv buzilishlarning 33,6% holatlari qalqonsimon bezi gipofunksiyasi sababli kelib chiquvchi ikkilamchi tuxumdonlar polikistozi bilan bog‘liqligi aniqlanganligi bo‘yicha takliflar Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazining Ekspert kengashi tomonidan 2025 yil 26 fevraldagi №48-son bilan tasdiqlangan «Prinsipi formirovaniya patogeneticheski obosnovannogo diagnoza pri narusheniyax reproduktivnoy funksii u jenshhin s vtorichnim polikistozom yaichnikov» uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Namangan filiali bo‘yicha 18.03.2025 yildagi 100-son hamda Samarqand filiali bo‘yicha 17.03.2025 yildagi 181-u-son buyruq asosida amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2025 yil 17 noyabrdagi 29/01-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: tuxumdonlarning ikkilamchi polikistozi sindromi bo‘lgan ayollarda giperandrogeniya sindromi va reproduktiv funksiya buzilishlarini o‘z vaqtida aniqlash, patogenetik jihatdan asoslangan individual yondashuv bilan differensial tashxislash va davolash ginekologik asoratlar, takroriy homila tushishi va bepushtlikni kamaytirishga xizmat qildi. Iqtisodiy samaradorligi: qalqonsimon bez gipofunksiyasi bo‘lgan bemorlarda tuxumdonlar polikistoz degeneratsiyasi va reproduktiv funksiya buzilishlari rivojlanishining etiopatogenetik mexanizmlaridan kelib chiqqan holda tashxislash, 58 nafar bemorda asossiz va qimmat tekshiruvlarni oldini oldi. Har bir bemor uchun o‘rtacha 939000 so‘m, jami 54462000 so‘m tejamga erishildi. Xulosa: tuxumdonlarning ikkilamchi polikistozi bo‘lgan ayollarni tashxislashda etiopatogenetik mexanizmlardan kelib chiqqan holda yondashuvni qo‘llash nafaqat reproduktiv funksiyani tiklashga yordam beradi, balki sog‘liqni saqlash resurslaridan samarali foydalanishga yordam beradi.
ikkinchi ilmiy yangilik: ikkilamchi polikistozning, tireoid gormonlar pasayishi natijasida tireotrop gormonning 2,4 martaga kompensator oshishi, prolaktinning 1,2 martaga oshishi, jinsiy steroidlarni bog‘lovchi globulinning 2 martaga pasayishi, insulinga rezistentlikning rivojlanishi bilan namoyon bo‘lishi qalqonsimon bez gipofunksiyasi bilan bog‘liqligi isbotlanganligi bo‘yicha takliflar Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazining Ekspert kengashi tomonidan 2025 yil 26 fevraldagi №48-son bilan tasdiqlangan «Prinsipi formirovaniya patogeneticheski obosnovannogo diagnoza pri narusheniyax reproduktivnoy funksii u jenshhin s vtorichnim polikistozom yaichnikov» uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Namangan filiali bo‘yicha 18.03.2025 yildagi 100-son hamda Samarqand filiali bo‘yicha 17.03.2025 yildagi 181-u-son buyruq asosida amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2025 yil 17 noyabrdagi 29/01-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: kasallik kechishining o‘ziga xos xususiyatlarini aniqlash orqali tashxisni o‘z vaqtida verifikatsiya qilish va adekvat terapiyani boshlashga yordam berdi, bu bepushtlik, homila tushishi va takroriy tibbiy yordamga murojaat qilish chastotasini kamaytirdi, bu shuningdek, ayollarning hayot sifatini va ularning ijtimoiy mavqeini oshirishga xizmat qiladi. Iqtisodiy samaradorligi: ikkilamchi tuxumdon polikistozining qiyosiy belgilariga individual yondoshish asossiz diagnostik tekshiruvlarni kamaytirishga va bu orqali har bir bemor uchun 733000 so‘m, jami 42514000 so‘m tejalishiga olib keldi. Xulosa: qalqonsimon bez gipofunksiyasida ikkilamchi tuxumdon polikistozi o‘ziga xos klinik xususiyatlarga ega bo‘lib, ularni hisobga olish tashxislash algoritmini optimallashtirish va iqtisodiy xarajatlarni kamaytirish imkonini berdi va bu natija sog‘liqni saqlash resurslaridan samarali foydalanishga yordam beradi.     
uchinchi ilmiy yangilik: gipotireoz simptomlari fonida, tireotrop gormon darajasining 2,4 martaga, prolaktinning 1,2 martaga oshishi, LG/FSG indeksining 2,5 dan pastligi bilan ifodalangan tuxumdonlar polikistoz degeneratsiyasi, qalqonsimon bez gipofunksiyasi bilan bog‘liq ikkilamchi polikistozning differensial-diagnostik mezonlari ekanligi aniqlanganligi bo‘yicha takliflar Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazining Ekspert kengashi tomonidan 2025 yil 26 fevraldagi №48-son bilan tasdiqlangan «Prinsipi formirovaniya patogeneticheski obosnovannogo diagnoza pri narusheniyax reproduktivnoy funksii u jenshhin s vtorichnim polikistozom yaichnikov» uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Namangan filiali bo‘yicha 18.03.2025 yildagi 100-son hamda Samarqand filiali bo‘yicha 17.03.2025 yildagi 181-u-son buyruq asosida amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2025 yil 17 noyabrdagi 29/01-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: qalqonsimon bez gipofunksiyasi fonida ikkilamchi tuxumdon polikistozi tashxislanishida insulinrezistentlik, tireotrop gormon va prolaktinning ko‘payishini inobatga oligan holda tuxumdon etishmovchiligi sindromining shakllanishiga individual yondoshish ayollardagi reproduktiv buzilishlar muammosini o‘z vaqtida va to‘liq bartaraf etilishi va shifokorga murojaatlar sonining kamayishi, bemorning tibbiy xizmatdan qoniqishiga erishish imkonini berdi. Iqtisodiy samaradorligi: to‘g‘ri baholash uchun tekshiruvning umumiy qiymati 1268000 so‘mni tashkil qildi, bu takroriy va uzoq muddatli diagnostika va davolash usullaridan, ba’zan yordamchi reproduktiv texnologiya (YoRT) usullariga murojaatlar sonini kamaytirishdan ancha arzon bo‘lib, har bir bemor uchun byudjet xarajatlarini 565000 so‘mga, jami 32770000 so‘mga kamaytirdi. Xulosa: tashxisni erta aniqlash, asossiz tekshiruvlardan voz kechish, davolash muddatining qisqarishi orqali vaqt va resurslar tejalishiga erishildi.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: qalqonsimon bez gipofunksiyasi fonidagi ikkilamchi polikistozda insulinrezistentlikning tuxumdon ichi markerlari bilan korrelyasion bog‘liqligi, ingibin V darajasining 2,5 baravar pasayishi va antimyuller gormonning o‘rtacha oshishi ammo, klassik tuxumdon polikistozi sindromi ko‘rsatkichlariga nisbatan 2,8 baravar pastligi bidan ifodalanishi isbotlanganligi bo‘yicha takliflar Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazining Ekspert kengashi tomonidan 2025 yil 26 fevraldagi №48-son bilan tasdiqlangan «Prinsipi formirovaniya patogeneticheski obosnovannogo diagnoza pri narusheniyax reproduktivnoy funksii u jenshhin s vtorichnim polikistozom yaichnikov» uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Namangan filiali bo‘yicha 18.03.2025 yildagi 100-son hamda Samarqand filiali bo‘yicha 17.03.2025 yildagi 181-u-son buyruq asosida amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2025 yil 17 noyabrdagi 29/01-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: faqat tuxumdon ichi markyorlari darajasining o‘ziga xosligini aqnilash orqali tashxis qo‘yish jarayoni tezlashishi, diagnostik qidiruv ko‘lamini qisqarishi imkoniyati paydo bo‘ldi. Iqtisodiy samaradorligi: AMG (158000 so‘m), ingibin V (150000 so‘m), NOMA (120000 so‘m) ni aniqlash orqali kengaytirilgan tekshiruvning umumiy qiymati har bir bemor uchun 428000 so‘mni tashkil qilib, bu har bir bemor uchun standart tekshiruvlarga nisbatan 511000 so‘m, jami 29638000 so‘m tejalishiga olib keldi. Xulosa: AMG, ingibin V va insulinrezistentlikni baholash orqali tashxisni tasdiqlash usuli arzon, samarali bo‘lib, real amaliyotga qulaylik berdi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish