Nigmatjonova Nozima Ulmasjanovnaning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): “Qurilish sanoati korxonalari faoliyati samaradorligini raqamlashtirish usullari asosida oshirish yo‘llari”, 08.00.03-“Sanoat iqtisodiyoti”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2026.1.PhD/Iqt5655
Ilmiy rahbari: Xasanov Toxir Abdurashidovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent arxitektura-qurilish universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent arxitektura-qurilish universiteti huzuridagi PhD.03/2026.09.01.I.04.M raqamli Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent Iskandarov Erkin Burievich, hamda iqtisodiyot fanlari doktori, professor Kurbaniyazov Shaxzodbek Karimovichlar.
Yetakchi tashkilot: Toshkent Davlat transport universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: qurilish sanoati korxonalari faoliyatini boshqarish va iqtisodiy samaradorligini baholashda raqamli egizak va BIM texnologiyalar integratsiyasini qo‘llash bo‘yicha ilmiy taklif va amaliy tavsiyalarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
raqamli egizak va BIM texnologiyalari dissertatsiyada alohida axborot texnologiyalari sifatida emas, balki ularning o‘zaro integratsiyasi natijasida shakllangan yagona raqamli platforma sifatida talqin etildi va mazkur platforma asosida qurilish sanoati korxonalarning iqtisodiy samaradorligini boshqarishga yo‘naltirilgan integratsiyalashgan tashkiliy-iqtisodiy model taklif etildi; 
qurilish sanoati korxonalarida raqamli egizak va BIM texnologiyalarini joriy etishni ta’minlovchi texnologik, axborot-iqtisodiy va institutsional darajalarni qamrab oluvchi uch darajali integratsiya modeli ishlab chiqildi hamda uning amaliy qo‘llanilishi loyiha muddati, tannarx va resurslardan foydalanish samaradorligini yaxshilash imkonini berishi asoslandi;
raqamli egizak va BIM texnologiyalarini joriy etish samaradorligini baholash maqsadida KPIlarga asoslangan umumiy iqtisodiy samaradorlik indeksini hisoblash uslubiyoti ishlab chiqildi va ushbu indeks asosida qurilish sanoati korxonalari uchun “passiv-aktiv” ssenariylar bo‘yicha 2025–2030 yillarga mo‘ljallangan prognoz-optimallashtirish yondashuvi taklif etildi;
raqamli egizak va BIM texnologiyalarini qurilish sanoatida joriy etishni takomillashtirish maqsadida 2025-2030 yillarga mo‘ljallangan bosqichma-bosqich Yo‘l xaritasi ishlab chiqildi va amaliy qo‘llanilishi raqamli transformatsiyani tizimli amalga oshirish, iqtisodiy samaradorlikni barqaror oshirish va investision risklarni kamaytirish imkonini berishi ilmiy jihatdan asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Qurilish sanoati korxonalari faoliyati samaradorligini raqamlashtirish usullari asosida oshirish yo‘llari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
raqamli egizak va BIM texnologiyalarini integratsiyalashga asoslangan iqtisodiy boshqaruv modeli bo‘yicha takliflar ToshuyjoyLITI tomonidan ilmiy-texnik hamrohlik va metodik kuzatuv asosida, “Emdirsal Inshaat” MChJ tomonidan bevosita amalga oshirilgan qurilish ishlarida hamda “O‘zqurilish Invest” AJ balansiga tegishli qurilish obektlarida Arxitektura qurilish integratsiya va innovatsiya markazi ishtirokida amaliyotga tatbiq etildi (O‘zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligining 2025-yil 2-iyundagi 37-06/6141-sonli ma’lumotnomasi). Natijada qurilish va ishlab chiqarish jarayonlarini yagona boshqaruv konturi orqali integratsiyalash imkoniyati yaratildi, ma’lumotlar shaffofligi oshdi va boshqaruv samaradorligi mustahkamlangan;
raqamli egizak va BIM texnologiyalarini joriy etishning iqtisodiy samaradorligini baholash bo‘yicha ishlab chiqilgan mexanizm asosida BIM modeli va fakt ma’lumotlarning raqamli egizak asosida integratsiyasi yo‘lga qo‘yilib, “Emdirsal Inshaat” MChJ va “O‘zqurilish Invest” AJ obektlarida reja–fakt nazorati hamda real vaqt monitoringi amalga oshirildi. Bu jarayon loyiha boshqaruvining samaradorligini oshirish, og‘ishlarni erta aniqlash va boshqaruv qarorlarini tezlashtirish imkonini berdi. (O‘zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligining 2025-yil 2-iyundagi 37-06/6141-sonli ma’lumotnomasi). Natijada loyiha vaqt sarfi 25% ga qisqarishiga, jadval og‘ishlarini erta aniqlash imkoniyati yaratildi va qurilish ishlarining kechikish risklari sezilarli darajada kamayishiga erishilgan;
raqamli egizak va BIM texnologiyalarini joriy etish samaradorligini baholash bo‘yicha ishlab chiqilgan mexanizm (“oldin–keyin” taqqoslash, ROI va NPV bilan bog‘lash, shuningdek risk va sezgirlik omillarini hisobga olish) “Emdirsal Inshaat” MChJ va “O‘zqurilish Invest” AJ obektlarida amaliyotda qo‘llanildi. Ushbu yondashuv qurilish jarayonlarini real vaqt rejimida kuzatish va tezkor boshqarish imkonini berib, resurslardan foydalanish intizomini kuchaytirdi. (O‘zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligining 2025-yil 2-iyundagi 37-06/6141-sonli ma’lumotnomasi). Natijada qurilish xarajatlari 15 % ga kamaytirildi va empirik “oldin-keyin” baholash natijalari iqtisodiy samaradorlikning oshishiga erishilgan;
iqtisodiy samarani o‘lchanadigan va verifikatsiya qilinadigan natijaga aylantiruvchi tashkiliy-iqtisodiy mexanizm (CDE - yagona ma’lumotlar muhiti, KPI pasportlari va javobgarlik zanjiri) qurilish obektlari bilan bir qatorda qurilish materiallari ishlab chiqaruvchi sanoat korxonasi - “Bektemir Metall Konstruksiyalari” QK MChJ ning ishlab chiqarish obektida sinovdan o‘tkazildi. Shuningdek, 2030 yilgacha passiv va aktiv ssenariylar asosidagi prognoz-optimallashtirish yondashuvi hamda 2025–2030 yillarga mo‘ljallangan bosqichma-bosqich Yo‘l xaritasi ishlab chiqildi va raqamli transformatsiyani tizimli joriy etish bo‘yicha amaliy tavsiyalar berildi. (O‘zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligining 2025-yil 2-iyundagi 37-06/6141-sonli ma’lumotnomasi). Natijada energiya sarfi 12 % ga qisqarishi, ish unumdorligi 15 % ga oshishi va boshqaruv intizomining kuchayishi kuzatildi, smeta jarayonlarini avtomatlashtirish, reja-fakt og‘ishlarini kamaytirish va ortiqcha xarajatlarni bartaraf etish orqali iqtisodiy samaradorlik oshdi, Raqamli egizak va BIM texnologiyalarini iqtisodiy mezonlar asosida tanlash va ularni o‘lchanadigan iqtisodiy natija beruvchi investision echim sifatida asoslash imkoniyati yaratilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish