Kalandarxonov Saidabrorxon Olimxon o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: «Tijorat banklarining kredit siyosati transformatsiyasiga raqamli moliyaviy vositalarning ta’siri», 08.00.07– Moliya, pul muomalasi va kredit.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.4.PhD/Iqt6948
Ilmiy rahbarining F.I.Sh., ilmiy daraja va unvoni: Kurbanbekova Mohichehra Turobjonovna, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: G.V.Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot universitetining Toshkent shahridagi filiali
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: G.V.Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot universitetining Toshkent shahridagi filiali, DSc.03/2025.27.12.1.24.01
Rasmiy opponentlar: Omonov Akram Abdunazarovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Xamidulin Mixail Borisovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: aksiyadorlik tijorat banklari tizimida kredit siyosati transformatsiyasiga raqamli moliyaviy vositalar ta’sirini oshirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
raqamli moliyalashtirish sharoitda kredit siyosatini “narx–miqdor–shartlar” arxitekturasi asosida qayta qurishning konseptual modeli asoslanib, kredit qarorlarini limitlar, tariflar xaritasi, kovenantlar va “qo‘zg‘atuvchi mezon–ko‘rsatkich–chora-tadbir” zanjiri orqali standartlashtirish mantig‘i taklif etilgan;
raqamli moliyaviy vositalarning kredit siyosati ko‘rsatkichlari va kreditlar jamlanmasi natijalariga ta’siri iqtisodiy-empirik modellashtirish orqali miqdoriy baholashga ko‘ra internet orqali topshirilgan kredit arizalarining raqamli izini o‘lchashda Biznes portal raqamli izi (DF_BizPortal) indeksi taklif qilinib, uning kredit xavfi va kutilgan yo‘qotishlarga ta’siri asosida ko‘rsatkichlarni qayta moslashtirish yondashuvi taklif etilgan;
o‘lchash–hisobot–tasdiqlash konturiga tayangan raqamli risk va likvidlik boshqaruvi echimi taklif etilib, risk ko‘rsatkichlarini tezkor yangilash, stress-sinov va barvaqt ogohlantirish indikatorlarini kredit qarorlariga ulash, shartlar buzilganda avtomatik qayta narxlash va to‘lov jadvalini qayta sozlash hamda stress natijalarini stavka–limit–kovenantlarga avtomatik qaytma aloqa orqali o‘tkazish mexanizmi asoslangan;
kredit siyosatini modernizatsiyalash strategiyasi va indikatorlarini qayta qurilgan arxitekturasi taklif etilib, moliyaviy hisobotning xalqaro standarti to‘qqizinchi soni hamda Bazel uchinchi standartlari talablarini kredit siyosatiga avtomatik qaytma aloqa tamoyili asosida integratsiyalash, nazorat va ishonchlilik indikatorlarini qo‘llashning maqsadga muvofiqligi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarini joriy etish. Aksiyadorlik tijorat banklari tizimida kredit siyosati transformatsiyasiga raqamli moliyaviy vositalar ta’sirini oshirish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
raqamli moliyalashtirish sharoitda kredit siyosatini “narx–miqdor–shartlar” arxitekturasi asosida qayta qurishning konseptual modeli asoslanib, kredit qarorlarini limitlar, tariflar xaritasi, kovenantlar va “qo‘zg‘atuvchi mezon–ko‘rsatkich–chora-tadbir” zanjiri orqali standartlashtirish mantig‘i bo‘yicha taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 14-sentyabrdagi PQ-306-son qarorining 3-ilovasi (kreditning limit–stavka–muddat–shart parametrini standartlashtirish) va 4-ilovasi (axborot tizimlari va ma’lumotlar bazalarini biznes portalga integratsiya qilish), 2020-yil 12-maydagi PF-5992-son Farmonining 1-2- ilovalarida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy bank aksiyadorlik jamiyatining 2026-yil 14-yanvardagi №01-261/17-son ma’lumotnomasi). Taklif kredit qarorini qabul qilish siklini 30,0–50,0%ga qisqartirish, standart qoidalar asosida avtomatik qarorlar ulushini 60,0–80,0%ga etkazish, erta ogohlantirish triggerlari hisobiga muammoli kreditlar o‘sishini 0,3–0,7 punktga pasaytirish va operatsion xarajatlarni 10,0–20,0%ga kamaytirishga muayyan darajada xizmat qilgan;
raqamli moliyaviy vositalarning kredit siyosati ko‘rsatkichlari va kreditlar jamlanmasi natijalariga ta’siri iqtisodiy-empirik modellashtirish orqali miqdoriy baholashga ko‘ra internet orqali topshirilgan kredit arizalarining raqamli izini o‘lchashda Biznes portal raqamli izi (DF_BizPortal) indeksi taklif qilinib, uning kredit xavfi va kutilgan yo‘qotishlarga ta’siri asosida ko‘rsatkichlarni qayta moslashtirish yondashuvi bo‘yicha taklif O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 14-sentyabrdagi PQ-306-son “Kichik biznesni rivojlantirishni moliyaviy va institutsional qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorining 1-ilovasi (tashkiliy-institutsional tuzilma), 2-ilovasi (“ariza berish va skoring tizimi” bosqichi) va 4-ilovasi (ma’lumotlar bazalarini Biznes portalga integratsiya qilish) hamda 2020-yil 12-maydagi PF-5992-son “2020-2025-yillarga mo‘ljallangan bank tizimini isloh qilish strategiyasi to‘g‘risida”gi Farmonining 1-2-ilovalarida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy bank aksiyadorlik jamiyatining 2026-yil 14-yanvardagi №01-261/17-son ma’lumotnomasi). Taklif samaradorlik onlayn arizalar ulushini 70,0-75,0% gacha oshirish, kredit qarorini qabul qilish muddatini 45,0–50,0%ga qisqartirish, operatsion xarajatlarni 15,0–20,0%ga kamaytirish, muammoli kreditlar ulushini 0,5–1,5 % punktga pasaytirish va kutilgan yo‘qotishlarni baholash xatoligini 15,0–25,0%ga qisqartirishga muayyan darajada xizmat qilgan;
o‘lchash–hisobot–tasdiqlash konturiga tayangan raqamli risk va likvidlik boshqaruvi echimi taklif etilib, risk ko‘rsatkichlarini tezkor yangilash, stress-sinov va barvaqt ogohlantirish indikatorlarini kredit qarorlariga ulash, shartlar buzilganda avtomatik qayta narxlash va to‘lov jadvalini qayta sozlash hamda stress natijalarini stavka–limit–kovenantlarga avtomatik qaytma aloqa orqali o‘tkazish mexanizmi bo‘yicha taklif O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 12-maydagi PF-5992-son “2020-2025-yillarga mo‘ljallangan bank tizimini isloh qilish strategiyasi to‘g‘risida”gi Farmonining 1-2-ilovalarida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy bank aksiyadorlik jamiyatining 2026-yil 14-yanvardagi №01-261/17-son ma’lumotnomasi). Taklif risk indikatorlari yangilanishiga ko‘ra haftalikdan kunlik/real vaqt rejimiga o‘tishi, stress-sinovlar davriyligi kvartaldan oylik formatga yaqinlashishi va hisobot sikli T+5 dan T+1 ga qisqarishi hisobidan likvidlik uzilishi xavfining pasayib, muammoli kreditlarni erta aniqlash va ma’muriy yukni kamaytirish imkoniyatini kengaytirishga muayyan darajada xizmat qilgan;
kredit siyosatini modernizatsiyalash strategiyasi va indikatorlarini qayta qurilgan arxitekturasi taklif etilib, moliyaviy hisobotning xalqaro standarti to‘qqizinchi soni hamda Bazel uchinchi standartlari talablarini kredit siyosatiga avtomatik qaytma aloqa tamoyili asosida integratsiyalash, nazorat va ishonchlilik indikatorlarini qo‘llashning maqsadga muvofiqligi taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 12-maydagi PF-5992-son “2020-2025-yillarga mo‘ljallangan bank tizimini isloh qilish strategiyasi to‘g‘risida”gi Farmonining 1-3- ilovalarida hamda 2025-yil 30-apreldagi PQ-153-son “Axborot texnologiyalari yordamida sodir etiladigan jinoyatlarga qarshi kurashish faoliyatini yanada kuchaytirishga qaratilgan chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy bank aksiyadorlik jamiyatining 2026-yil 14-yanvardagi №01-261/17-son ma’lumotnomasi). Taklif risk ko‘rsatkichlarini yangilash davrini T+1 kundan 15–30 daqiqagacha qisqartirish, stress-sinovlarni kamida har chorakda o‘tkazish, AKT audit qamrovini yil davomida kritik tizimlar bo‘yicha 100,0%ga etkazish, asosiy qoidalarning 100,0%ini versiya nazorati va validatsiyadan o‘tkazish, model sifati pasayishini 7 kun ichida aniqlash, muammoli kreditlar ulushini 0,5–1,5 bandiga kamaytirish va operatsion hamda kiberxatar yo‘qotishlarini 15,0–30,0%ga qisqartirishga muayyan darajada xizmat qilgan.