Xamdamov Xakimjon Abdusattarovichning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: 05.06.02–To‘qimachilik materiallari texnologiyasi va xomashyoga dastlabki ishlov berish - “Qo‘shimcha elementlardan samarali foydalanish hisobiga trikotaj mahsulotlari assortimentini kengaytirish”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.4.PhD/T5110
Ilmiy rahbar: Xoliqov Qurbonali Madaminovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan davlat texnika universiteti 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Namangan davlat texnika universiteti, DSc.03/2025.27.12.T.15.03
Rasmiy opponentlar: Xanxadjaeva Nilufar Rahimovna, texnika fanlari doktori, professor; Abduraxmanov Abdurashid, texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat texnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Trikotaj to‘quv mashinalarining texnologik imkoniyatlaridan keng foydalanib, qo‘shimcha elementlardan samarali foydalanish hisobiga trikotaj mahsulotlari assortimentini kengaytirishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
trikotaj mahsulotlarini assortimentini kengaytirish va ularni ishlab chiqarishda qatlamlarni biriktirish usuliga protyajka-ochiq halqalarni qo‘llash orqali hamda bo‘rtma naqshlardan foydalanish hisobiga xomashyo sarfini kamaytirishning texnologik yechimlari ishlab chiqilgan;
trikotaj to‘qimalarining deformatsiyalanish xususiyatlarini halqa tuzilish parametrlarining o‘zgarishi hamda issiqlik ta’siri omillarini kompleks hisobga olgan holda, ularning yakuniy o‘lchamlarini aniqlashga imkon beruvchi hisoblash tenglamasi ishlab chiqildi;
yassi ignadonli trikotaj mashinasining to‘qish tizimida igna harakat traektoriyasini boshqariladigan tarzda o‘zgartirish asosida to‘qima tuzilishiga turli o‘lchamdagi qo‘shimcha elementlarni shakllantirish imkonini beruvchi yangi texnologik echim ishlab chiqildi;
ko‘p omilli rejali eksperimentlar natijalari asosida trikotaj to‘qimasining texnologik ko‘rsatkichlarini yassi ignadonli mashinaning ishchi qismlariga ta’sirini optimal parametrlari aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Qo‘shimcha elementlardan samarali foydalanish hisobiga trikotaj mahsulotlari assortimentini kengaytirish bo‘yicha yangi tuzilishdagi ikki qatlamli trikotaj to‘qimalarini tadqiq qilish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
Tarkibiga qo‘shimcha elementlarni kiritish orqali yangi tuzilishdagi ikki qatlamli trikotaj to‘qimasini «Porloq Chust Brendi» MChJda ishlab chiqarishga joriy etilgan («O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasining 2025 yil 4-martdagi №03/25-426-sonli ma’lumotnomasi). Natijada yangi tuzilishdagi ikki qatlamli, engillashtirilgan trikotaj to‘qimasini olish texnologiyasi, trikotaj mahsulotlari assortimentini kengaytirish, sifat ko‘rsatkichlarini yaxshilash va xom ashyo sarfini 9 % gacha kamaytirishga erishilgan. Natijada korxona sharoitida ishlab chiqarilgan yangi namuna variantidan 9 % xom ashyo sarfini kamaytirishga erishilgan, nisbiy engillik yaxshilangan, tolaviy tarkibi poliakrilnitril 60% hamda paxta ipi 40% qo‘llash orqalo 1000 kg trikotaj to‘qimasi ishlab chiqarishda 5 140 909 so‘m miqdorda iqtisodiy samaradorlikni tashkil etgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish