Tursunova Shaxzoda Foziljon qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: 05.06.04–Tikuvchilik buyumlari texnologiyasi va kostyum dizayni – “Ayollar kiyimlari dekorativ elementlarini loyihalash uslubini takomillashtirish”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.1.PhD/T5422
Ilmiy rahbar: Tashpulatov Salih Shukurovich texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan davlat texnika universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Namangan davlat texnika universiteti, DSc.03/2025.27.12.T.15.03
Rasmiy opponentlar: Nabidjonova Nargiza Nasimjonovna, texnika fanlari doktori, professor; Nutfullaeva Lobar Nurullaevna, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori, PhD, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Jizzax politexnika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: to‘qimachilik materiallari va tayyor tikuv buyumlariga dekorativ bezak elementlarini bosish uchun jihoz ishchi organlarining ratsional parametrlarini ishlab chiqish va zamonaviy kiyimni loyihalash texnologiyasini takomillashtirishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
to‘qimachilik materiallari uchun bosma bosishning yuqori sifatini ta’minlovchi jihozning asosiy ishchi organi bo‘lmish rakelning shelkografiya plastinkasiga nisbatan ogʻish burchagi va unga beriladigan bosim parametrlari suyuqliklar fizikasi qonuniyatlarini qo‘llash negizida nazariy asoslangan;
to‘qimachilik materiallari va tayyor buyumlarga shelkografiya usulida dekorativ elementlarni bosish sifatini ta’minlashga oid qo‘llaniladigan bo‘yoq konsistensiyasi, rakel qiyaligi, matoga beradigan bosimi va uning maqbul tezligi kabi ishchi muhitlar tavsiyasi ishlab chiqilgan;
ayollarning zamonaviy ustki kiyimlarida dekorativ bezak elementlari sifatini ekspert baholash usulidan foydalanib ahamiyatlilik koeffisientlari, jumladan bezak elementlarining shakli va rangi, tayyor mahsulotda bezakning kiyim silueti va tektonikasi, bezak elementlarining kiyim detallarida joylashish mexanizmi aniqlangan;
hozirgi kunda zamonaviy tikuv buyumlarida qo‘llaniladigan dekorativ bezak elementlari tizimlashtirilgan va mahsulotlarda dekorativ effekt yaratish usullari hamda dekorativ bezak elementlarining elektron bazasi yaratilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ayollar kiyimlari uchun dekorativ elementlarni loyihalash texnologiyasini takomillashtirish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
dekorativ bezak elementlari bosilgan tayyor ayollar ustki kiyimi sanoat namunasi uchun O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining patenti olingan (“Ornamentli ayollar pidjagi”, № SAP 2779.). Natijada ushbu sanoat namunasi joriy etilishi orqali ishlab chiqarilgan mahsulotlar xaridorgirligi 18% oshishiga erishilgan;
to‘qimachilik materiallari va tayyor tikuv buyumlarini bezash uchun dekorativ elementlar elektron bazasi “IDEAL-TEKSTIL ORZU", “Home textile NT” va “Print Art” MChJ korxonalarida ishlab chiqarishga joriy etilgan (“O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasining 2025 yil 14-noyabr №02/06-2694-sonli ma’lumotnomasi). Natijada tikuv va to‘qimachilik mahsulotlari ishlab chiqarish sifati, dekorativ elementli mahsulotlar ishlab chiqarish salohiyati qariyb 30% ga oshishiga erishilgan va yillik umumiy iqtisodiy samaradorlik 250 million so‘mni tashkil etdagn.