Umurov Ulug‘bek Meylievichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Angren ko‘mir konining ikkilamchi kaolin xomashyosidan kislotagabardosh materiallarni presslash usulida olish texnologiyasini ishlab chiqish va tadqiq qilish 05.02.01 – Mashinasozlikda materialshunoslik. Quymachilik. Metallarga termik va bosim ostida ishlov berish. Qora, rangli va noyob metallar metallurgiyasi ixtisosligi
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.3.PhD/T3105.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi:Toshkent davlat texnika universiteti, (Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti,)
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat texnika universiteti xuzuridagi DSc.03/2025.27.12.T.02.04 raqamli Ilmiy Kengash.
Ilmiy rahbar: Norxodjaev Fayzulla Ramazanovich, texnika fanlari doktori, professor.
Rasmiy opponentlar: Dunyashin Nikolay Sergeevich, texnika fanlari doktori, professor; Yusupov Abdulaziz Abdullajonovich texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori,dotsent
Yetakchi tashkilot: MISiS (Olmaliq fliali).
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Angren ikkilamchi kaolini asosida metallurgiya,quymakorlik hamda kimyoviy sanoatda qo‘llaniladigan kislotagabardosh materiallar olish texnologiyasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ikkilamchi kaolin xomashyosining kimyoviy tarkibi tahlili asosida uning yuqori kislotabardosh va haroratga chidamli materiallar olish uchun maqbul ekanligi aniqlangan;
namlangan ikkilamchi kaolin xomashyodan yuqori fizik-mexanik va kislotagabardoshli xossalarga ega bo‘lgan keramik materiallarni olish imkonini beruvchi presslash jarayonni matematik modeli ishlab chiqilgan;
ikkilamchi kaolindan presslab tayyorlangan materialning fizik-mexanik xossasiga presslash bosimidan tashqari kaolinni namlashda suvning miqdori va uni kiritish usuli katta ta’sir ko‘rsatishi ilmiy asoslanib, namlash parametrlarining material mustahkamligi va strukturasiga hal qiluvchi texnologik omil ekanligi aniqlangan;
ikkilamchi xomashyodan presslab tayyorlangan materialning kislotabardoshligini g‘ovaklikka bog‘liq holda o‘zgarishi ilmiy asoslangan holda aniqlangan;
ikkilamchi xomashyodan presslab tayyorlangan materialning kislotabardoshligi bilan struktura zichligi orasidagi bog‘liqlik ilmiy asoslangan holda aniqlangan;
yuqori fizik-mexanik va kislotagabardoshli keramik materiallar olish texnologiyasi ishlab chiqilgan bo‘lib, bunda xomashyoni tayyorlash, namlash rejimi, presslash bosimi va kuydirish haroratining optimal parametrlari asoslangan hamda materialning zich strukturasi, yuqori mustahkamligi va kislota muhitiga chidamliligi ta’minlangan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Kislotali agressiv muhitlar uchun ikkilamchi kaolin asosida materiallar olish texnologiyasini ishlab chiqish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
Angren ko‘mir konining ikkilamchi kaolin xom-ashyosi asosida yuqori kislota bardoshli g‘isht olish uchun yangi kimyoviy tarkib O‘zbekiston tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligiga tegishli “MAHMUD TEHNOLOG” MChJ da joriy qilingan. (O‘zbekiston tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligining 08.09.2025 yildagi 38-3238-sonli ma’lumotnomasi) joriy etish natijasida kislotaga bardosh g‘ishtlarni ishlash muddatini 50-60% oshgan;
tarkibida 8% dan 12% gacha namlikka ega bo‘lgan ikkilamchi kaolin loyini presslab, zichlanish jarayonini matematik modeli O‘zbekiston tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligiga tegishli “MAHMUD TEHNOLOG” MChJ da joriy qilingan. (O‘zbekiston tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligining 08.09.2025 yildagi 38-3238-sonli ma’lumotnomasi) joriy etish natijasida kislotaga bardoshli g‘ishlarni ishlab chiqarishni tashkillashtirish va loyihalash bosqichlaridagi sarf xarajatlarni 35/50% gacha qisqartirilgan;
Angren ko‘mir konining ikkilamchi kaolin xomashyosidan kislotabardosh g‘ishtlarni presslash usulida olish texnalogiyasi O‘zbekiston tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligiga tegishli “MAHMUD TEHNOLOG” MChJ da joriy qilingan. (O‘zbekiston tog‘- kon sanoati va geologiya vazirligining 08.09.2025 yildagi 38-3238-sonli ma’lumotnomasi) joriy etish natijasida kislotaga bardoshli g‘ishtlarni tannarxini 2,5-3,0 barobar va ishlab chiqarishdagi energiya sarf -xarajatlarini 1,5-1,8 barobargacha kamaytirlgan;
8% dan 12% namlangan ikkilamchi kaolinni presslash va qizdirib pishirish orqali tayyorlangan kislotaga bardoshli g‘ishtni agressiv muhitlarda qo‘llash O‘zbekiston tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligiga tegishli “MAHMUD TEHNOLOG” MChJ da joriy qilingan. (O‘zbekiston tog‘- kon sanoati va geologiya vazirligining 08.09.2025 yildagi 38-3238-sonli ma’lumotnomasi) joriy etish natijasida kislotalarni saqlovchi materiallarning ishlash muddati 1,5-2,0 barobargacha orttirishga erishildi, kislotaga bardoshli g‘ishtlar tannarxini 2,0-2,5 barobar va ishlab chiqarishdagi energiya sarf-xarajatlarini 1,5-1,8 barobargacha kamaytirilgan.