Ergasheva Farangiz Sherzod qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): 
“Sug‘urta kompaniyalari moliyaviy barqarorligini ta’minlashda kapital va zaxiralarni muvofiqlashtirish”, 08.00.07 – “Moliya, pul muomalasi va kredit”
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: №B2025.2.PhD/Iqt5471
Ilmiy rahbar: Tursunov Jaxongir Pulatovich, iqtisodiyot fanlari doktori (DSc), professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent Xalqaro universiteti, DSc.03/2025.27.12.I.30.01
Rasmiy opponentlar: Rajabov Sherzod Umurzoqovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Maxmudov Avzal Mamadjanovich, iqtisodiyot fanlari falsafa doktori.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi sug‘urta kompaniyalari moliyaviy barqarorligini ta’minlashda kapital va zaxiralarni muvofiqlashtirish yuzasidan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
sug‘urta kompaniyaning moliyaviy barqarorligini mustahkamlash, kapital tuzilmasini strategik rejalashtirish va foydani qayta investisiya qilishda ustav kapitali, qo‘shimcha kapital, rezerv kapitali hamda taqsimlanmagan foyda o‘rtasida risklarni qoplash, to‘lovga layoqatlilik va uzoq muddatli rivojlanishni ta’minlaydigan muvozanatli nisbatni shakllantirish taklif etilgan;
risklarning chastotasi va og‘irlik darajasini risklarni yuqori ehtimollikda qoplash imkonini beruvchi SCR hamda minimal moliyaviy barqarorlik darajasini belgilovchi MCR ko‘rsatkichlariga asoslangan Solvency II doirasidagi kapital talablari asosida zaxiralarni shakllantirish metodikasini qo‘llash asoslangan;
foiz stavkalari, valuta kursi, sug‘urta hodisalari va aktivlar qiymati kabi omillarning o‘zgarishiga sug‘urta kompaniyasi moliyaviy barqarorligining impuls reaksiyasini tekshirishda stress-test metodikasini ishlab chiqish taklif etilgan; 
kompaniyaning to‘lovga qobiliyatliligini doimiy nazorat qilish uchun milliy me’yorlar bilan bir qatorda solvency ko‘rsatkichlari va dinamik indikatorlarga asoslangan baholash tizimini joriy asoslangan.  
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Sug‘urta kompaniyalari kapitali va rezervlarini boshqarish mexanizmlarini takomillashtirishga doir dissertatsiya doirasida ishlab chiqilgan ilmiy xulosalar va amaliy tavsiyalar asosida:
sug‘urta kompaniyaning moliyaviy barqarorligini mustahkamlash, kapital tuzilmasini strategik rejalashtirish va foydani qayta investisiya qilishda ustav kapitali, qo‘shimcha kapital, rezerv kapitali hamda taqsimlanmagan foyda o‘rtasida risklarni qoplash, to‘lovga layoqatlilik va uzoq muddatli rivojlanishni ta’minlaydigan muvozanatli nisbatni shakllantirish taklifi AJ Alskom sug‘urta kompaniyasi faoliyatiga joriy etilgan (AJ «Alskom sug‘urta kompaniyasi»ni 2025-yil 06-noyabrdagi №04-6677-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, 2025-yilning 9 oylik yakunlari bo‘yicha AJ Alskom sug‘urta kompaniyasining ustav kapitali 40 mlrd so‘mdan 60 mlrd so‘mga etgan, va bu esa prudensial talablar doirasida kapital etarliligi ko‘rsatkichlari mustahkamlanishiga ilib kelgan;
risklarning chastotasi va og‘irlik darajasini risklarni yuqori ehtimollikda qoplash imkonini beruvchi SCR hamda minimal moliyaviy barqarorlik darajasini belgilovchi MCR ko‘rsatkichlariga asoslangan Solvency II doirasidagi kapital talablari asosida zaxiralarni shakllantirish metodikasini qo‘llash taklifi AJ Alskom sug‘urta kompaniyasi faoliyatiga joriy etilgan (AJ «Alskom sug‘urta kompaniyasi»ni 2025-yil 06-noyabrdagi №04-6677-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, sug‘urta zaxiralarining hajmi va tuzilmasi aniq risk guruhlari bo‘yicha belgilangan, ularning likvidligi va manzilliligi ta’minlanib, Kompaniya tomonidan to‘lov intizomi mustahkamlangan, hamda 2024-yil 1-oktyabrdan 2025-yil 1-oktyabrgacha bo‘lgan davrda texnik zaxiralar hajmi 128,7 mlrd so‘mdan 183,6 mlrd so‘mgacha oshgan;
foiz stavkalari, valuta kursi, sug‘urta hodisalari va aktivlar qiymati kabi omillarning o‘zgarishiga sug‘urta kompaniyasi moliyaviy barqarorligining impuls reaksiyasini tekshirishda stress-test metodikasini ishlab chiqishga doir taklifi AJ Alskom sug‘urta kompaniyasi faoliyatiga joriy etilgan (AJ «Alskom sug‘urta kompaniyasi»ni 2025-yil 06-noyabrdagi №04-6677-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, kompaniya kapital va zaxiralarining himoyalanganlik darajasini baholash imkonini bergan va bu orqali kapital tuzilmasini moslashtirish va qo‘shimcha rezervlar shakllantirish mexanizmi takomillashtirilgan;
kompaniyaning to‘lovga qobiliyatliligini doimiy nazorat qilish uchun milliy me’yorlar bilan bir qatorda solvency ko‘rsatkichlari va dinamik indikatorlarga asoslangan baholash tizimini joriyga doir taklifi AJ Alskom sug‘urta kompaniyasi faoliyatiga joriy etilgan (AJ «Alskom sug‘urta kompaniyasi»ni 2025-yil 06-noyabrdagi №04-6677-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, 2025-yil III-chorakda aksiyadorlik jamiyati to‘lovga qobiliyatlilik marjasining etarliligi sug‘urta bozorida 1,27 miqdorda oshirilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish