Tohirov Muhammad Bobur Tohir o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi):
“Ipoteka kreditlarini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash yo‘llari”, 08.00.07 – “Moliya, pul muomalasi va kredit”
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.PhD/Iqt3524
Ilmiy rahbar: Mo‘minova Ma’suda Baxtiyarovna, DSc, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent Xalqaro universiteti, DSc.03/2025.27.12.I.30.01
Rasmiy opponentlar: Berdiyarov Bahriddin Tavasharovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Nurmuhammedov Bobur Botirovich, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori.
Yetakchi tashkilot: Aksiyadorlik tijorat Xalq banki
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi ipoteka kreditlarini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash tizimini takomillashtirish yuzasidan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
aholining uy-joyga bo‘lgan moliyaviy imkoniyatlarini kengaytirish, ipoteka bozorida barqarorlik hamda ijtimoiy himoyani kuchaytirishda “Eskrou” tizimi doirasida kvartiralar sotib olish uchun kreditlar ajratish va ushbu kreditlar bo‘yicha Davlat byudjetidan subsidiyalar to‘lashga ruxsat etishni joriy etish taklif etilgan;
Davlat byudjeti mablag‘lari hamda tijorat banklarining o‘z resurslari hisobidan “Yangi O‘zbekiston” massivlarida ko‘p qavatli uy-joylar qurilishini amalga oshiruvchi qurilish tashkilotlariga aylanma mablag‘larini to‘ldirish maqsadida kreditlar ajratish taklifi asoslangan;
Tijorat banklari tomonidan ajratilayotgan ipoteka kreditlarining muammolilik darajasini kamaytirish hamda uy-joylarning haridorbopligini oshirish maqsadida “Yangi O‘zbekiston” massivlari uchun yangi hududlarni urbanizatsiya tamoyillariga mos mezonlarni inobatga olgan holda tanlash taklif etilgan;
Ipoteka portfelidan foydalanish darajasini oshirish maqsadida “O‘zbekiston ipotekani qayta moliyalashtirish kompaniyasi” AJ huzurida ipoteka obligatsiyalarini chiqarishga ixtisoslashtirilgan maxsus vakolatli tashkilot faoliyatini yo‘lga qo‘yish asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ipoteka kreditlarini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash yo‘llari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
aholining uy-joyga bo‘lgan moliyaviy imkoniyatlarini kengaytirish, ipoteka bozorida barqarorlik hamda ijtimoiy himoyani kuchaytirishda “Eskrou” tizimi doirasida kvartiralar sotib olish uchun kreditlar ajratish va ushbu kreditlar bo‘yicha Davlat byudjetidan subsidiyalar to‘lashga ruxsat etishni joriy etishga doir taklifi Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 21-fevraldagi “Uy-joy va ipoteka bozorini yanada rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-26-son Farmonining “yo‘l xaritasi” ining 13-bandi 5-xatboshi hujjat loyihasini ishlab chiqishda foydalanilgan. Natijada ishonchli loyihaviy moliyalashtirish portfeli 2030-yilda 7,5 mlrd dollarga 2040-yilda 12,2 mlrd dollarga, Ipoteka krediti portfeli 2030-yilda 5,3 mlrd dollarga, 2040-yilda 56,7 mlrd dollarga oshirilish inkonini beradi va bank sektorining uy-joy bozoridagi faolligini o‘sishini ko‘rsatadi.
Davlat byudjeti mablag‘lari hamda tijorat banklarining o‘z resurslari hisobidan “Yangi O‘zbekiston” massivlarida ko‘p qavatli uy-joylar qurilishini amalga oshiruvchi qurilish tashkilotlariga aylanma mablag‘larini to‘ldirish maqsadida kreditlar ajratish taklifi Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 21-fevraldagi “Uy-joy va ipoteka bozorini yanada rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-26-son Farmonining “yo‘l xaritasi” ining 1-bandi 5-xatboshi hujjat loyihasini ishlab chiqishda foydalanilgan. Natijada, yiliga uy-joylarni foydalanishga topshirish hajmi 16,8 mln kv.mdan 2030-yilda 23,4 mln kv.m va 2040-yilda 30,3 mln kv.mga oshirilishiga erishiladi, 2030-yilda 310 mingga, 2040-yilda esa 421 mingga etkaziladi. Kompleks qurilish dasturlari doirasida topshirilgan uy-joylar ulushi 30% dan 50% ga oshirilishiga erishiladi.
Tijorat banklari tomonidan ajratilayotgan ipoteka kreditlarining muammolilik darajasini kamaytirish hamda uy-joylarning haridorbopligini oshirish maqsadida “Yangi O‘zbekiston” massivlari uchun yangi hududlarni urbanizatsiya tamoyillariga mos mezonlarni inobatga olgan holda tanlash taklifi Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 21-fevraldagi “Uy-joy va ipoteka bozorini yanada rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-26-son Farmonining “yo‘l xaritasi”ining 2-bandi 2-xatboshi hujjat loyihasini ishlab chiqishda foydalanilgan. Natijada, yirik aglomeratsiyalarda qurilishning o‘rtacha zichligi 946 kv.m/gadan 1170 kv.m/ga va 1885 kv.m/ga oshib, shaharlarning samarali va zich qurilishga o‘tishiga erishiladi. Namunali uy uchun investisiya-qurilish davri 2,8 yildan 1,9 yilga qisqaradi, bu qurilish samaradorligini oshiradi. Ko‘p kvartirali uy-joylar uchun ajratiladigan er uchastkalari hajmi 1,3 ming dan 2,3 ming gacha oshiriladi. Aholi jon boshiga uy-joy maydoni bilan ta’minlanganlik 18,8 kv.m dan 23 kv.m ga ko‘tariladi. Zamonaviy uy-joylar ulushi 33% dan 50% ga oshadi.
Ipoteka portfelidan foydalanish darajasini oshirish maqsadida “O‘zbekiston ipotekani qayta moliyalashtirish kompaniyasi” AJ huzurida ipoteka obligatsiyalarini chiqarishga ixtisoslashtirilgan maxsus vakolatli tashkilot faoliyatini yo‘lga qo‘yish taklifi Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 21-fevraldagi “Uy-joy va ipoteka bozorini yanada rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-26-son Farmonining “yo‘l xaritasi”ining 14-bandi 4-xatboshi hujjat loyihasini ishlab chiqishda foydalanilgan. Ushbu taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida, ipoteka orqali uy-joy sotib olish imkoniyatiga ega aholi ulushi 12% dan 2040 yilda 32% ga oshirilishiga erishiladi, bu ipoteka bozorining kengayishini anglatadi. Ipoteka qimmatli qog‘ozlari portfeli 0,4 mlrd dollardan 4,0 mlrd dollarga oshadi.