Djumaniyazov Ikram Karimbaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi):
“Tijorat banklarida kredit operatsiyalarining samaradorligini ta’minlash yo‘llari”, 08.00.07 – “Moliya, pul muomalasi va kredit”
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.3.PhD/Iqt5730
Ilmiy rahbar: Isakov Janabay Yakipbaevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent Xalqaro universiteti, DSc.22/29.12.2023.I.175.01
Rasmiy opponentlar: Berdiyarov Baxriddin Tavasharovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Ibodullaev Shohboz To‘lqin o‘g‘li, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: «Agrobank» Aksiyadorlik tijorat banki.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekiston tijorat banklarida kredit operatsiyalarining samaradorligini ta’minlash yo‘llari bo‘yicha ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bank aktivlari sifati va kreditlash samaradorligini yaxshilash maqsadida tijorat banklarida kredit operatsiyalarini «yaxshi» «o‘rta» va «yomon» sinflarga ajratish orqali kredit portfeli miqdorini oshirish taklif etilgan;
tijorat banklari kredit operatsiyalarida kreditlar ta’minotini yarim tayyor mahsulotlar misolida «I», «II» va «III» toifalarga ajratish asosida baholash mezonlarini joriy etish orqali kreditlarning qaytmaslik xavfini kamaytirish va kredit portfeli barqarorligini oshirish asoslangan;
aholining to‘lovga layoqatliligini oshirish hamda bank tizimi barqarorligini ta’minlashda jismoniy shaxslarning qarz yukini bank kreditlari, muddatli boshqa to‘lovlar hamda kommunal va boshqa majburiy to‘lovlar bo‘yicha qarzdorlik qoldiqlarini kompleks hisobga olgan holda aniqlashni joriy etish orqali kreditlashda risklarni aniq baholash taklif etilgan;
«Mikrokreditbank» Aksiyadorlik tijorat bankining kredit jarayonlarini takomillashtirish asosida 2030 yilga qadar kreditlar hajmi oshishining ijobiy prognoz ssenariylari taklif etilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tijorat banklarida kredit operatsiyalarining samaradorligini ta’minlash yo‘llari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
bank aktivlari sifati va kreditlash samaradorligini yaxshilash maqsadida tijorat banklarida kredit operatsiyalarini «yaxshi» «o‘rta» va «yomon» sinflarga ajratish orqali kredit portfeli miqdorini oshirishga doir taklifi «Mikrokreditbank» Aksiyadorlik tijorat bankining 2024 yilgi kredit siyosatida qo‘llanilgan («Mikrokreditbank» Aksiyadorlik tijorat bankining 2025-yil 21-yanvardagi 03-12/1408-son ma’lumotnomasi). Natijada, «Mikrokreditbank» ATBning 2025 yil 1 yanvar holatiga bank kredit portfeli oldingi yilga nisbatan sezilarli darajada oshirish imkonini bergan;
tijorat banklari kredit operatsiyalarida kreditlar ta’minotini yarim tayyor mahsulotlar misolida «I», «II» va «III» toifalarga ajratish asosida baholash mezonlarini joriy etish orqali kreditlarning qaytmaslik xavfini kamaytirish va kredit portfeli barqarorligini oshirishga doir taklifi «Mikrokreditbank» Aksiyadorlik tijorat bankining 2024 yilgi kredit siyosatida qo‘llanilgan («Mikrokreditbank» Aksiyadorlik tijorat bankining 2025-yil 21-yanvardagi 03-12/1408-son ma’lumotnomasi). Natijada, «Mikrokreditbank» ATBning xavfli mijozlar segmentlarini faol ravishda kreditlanishiga qaramay, kredit portfelining sifati yuqori darajada saqlanib qolish imkonini berib, muddati o‘tgan kreditlar qoldig‘i xalqaro bank amaliyotida qabul qilingan meʻyoriy norma 3 foizdan oshmaslik ko‘rsatkichini saqlab qolishga erishilgan;
aholining to‘lovga layoqatliligini oshirish hamda bank tizimi barqarorligini ta’minlashda jismoniy shaxslarning qarz yukini bank kreditlari, muddatli boshqa to‘lovlar hamda kommunal va boshqa majburiy to‘lovlar bo‘yicha qarzdorlik qoldiqlarini kompleks hisobga olgan holda aniqlashni joriy etish orqali kreditlashda risklarni aniq baholashga doir taklifi «Mikrokreditbank» Aksiyadorlik tijorat bankining 2025 yilgi kredit siyosatida qo‘llanilgan («Mikrokreditbank» Aksiyadorlik tijorat bankining 2025-yil 21-yanvardagi 03-12/1408-son ma’lumotnomasi). Natijada, Standard & Poorʻs xalqaro reyting agentligi ma’lumotlariga ko‘ra 2017 yildan bugungi kungacha «Mikrokreditbank» ATB stabil ko‘rsatkichi bilan ijobiy ko‘rsatkichlarda baholanib kelinmoqda, hamda muammoli kreditlarni qoldig‘ini oldingi yilga nisbatan kamayishiga erishilgan;
«Mikrokreditbank» Aksiyadorlik tijorat bankining kredit jarayonlarini takomillashtirish asosida 2030 yilga qadar kreditlar hajmi oshishining ijobiy prognoz ko‘rsatkichlari «Mikrokreditbank» Aksiyadorlik tijorat bankining rivojlanish strategiyasiga kiritilgan («Mikrokreditbank» Aksiyadorlik tijorat bankining 2025-yil 21-yanvardagi 03-12/1408-son ma’lumotnomasi). Natijada, prognoz ssenariylaridan «Mikrokreditbank» ATBda kredit operatsiyalarining samaradorligini oshirishda faol foydalanib kelinmoqda.