Abdullaev Botirjon Qosimovichning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy qoidalar.   
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Jamshid Koshiyning «Ziji Xoqoniy» asari Temuriylar davriga oid muhim astronomik manba” mavzusidagi 07.00.02 – Fan va texnologiyalar tarixi va 07.00.08 – Tarixshunoslik, manbashunoslik va tarixiy tadqiqot usullari. 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.3.PhD/Tar291,
B2018.1.PhD/Tar291 
Ilmiy rahbar: Ahmedov Ashraf, tarix fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Abu Rayhon Beruniy nomidagi  Sharqshunoslik instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti, DSc.02/30.12.2019.Tar.44.01.
Rasmiy opponentlar: Dilorom Yusupova, tarix fanlari doktori, akademik, Sobit Ilyasov, fizika-matematika fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Temuriylar davlat muzeyi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Jamshid Koshiyning ilmiy merosini tizimli o‘rganish va astronomiyaga oid «Ziji Xoqoniy» asarining fan tarixida tutgan o‘rni va ilmiy ahamiyatini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Jamshid Koshiyning Samarqandga kelishi sanasi avvalgi tadqiqotlarda yozilganidek 1416-1427 yillar oralig‘ida emas, balki 1413-1414 yillarda yuz bergani ilmiy dalillar asosida aniqlandi. Bu fakt Jamshid Koshiy o‘zining 15-16 yillik ilmiy faoliyatini Samarqandda olib borgani va asosiy tadqiqotlari hamda ilmiy kuzatuvlarini, jumladan astronomiyaga oid shoh asari «Ziji Xoqoniy»ni, matematikaga oid «Miftoh al-hisob» va «Risolai muhitiya» singari asarlarini aynan shu zaminda yozganini anglatadi;
Ba’zi tadqiqotchilarning yulduzlar jadvallari, erdagi iqlim chegaralari va ularda joylashgan ob’ektlar koordinatalari singari qiymatlarni Mirzo Ulug‘bek (1394-1449) o‘z asarida Jamshid Koshiydan, Jamshid Koshiy esa o‘z navbatida Nasiruddin Tusiydan (1201–1274) o‘zgarishsiz ko‘chirgan, degan gaplari asossiz ekani shimoliy kenglikdagi obod erlar chegarasini Mirzo Ulug‘bek 49 darajagacha aniqlagani holda, Koshiy uni 71 gradusgacha etkazgani, o‘n bitta shahar misolida mazkur uchta olim topgan koordinatalaridan faqatgina to‘rttasi bir-biriga mosligini aniqlash orqali isbotlandi;
«Ziji Xorazmiy», «Ziji Elxoniy» va «Ziji Ulug‘bek» singari asarlar bilan qiyosiy tahlil qilib ko‘rish natijasida, «Ziji Xoqoniy»ning ulardan qamrov jihatidan kengroq ekani (4 maqola o‘rniga 6 maqola) va astronomik masalalarni echishda boshqalarga nisbatan ko‘p miqdorda geometrik va stereometrik shakllardan keng foydalangani dalillandi; 
«Ziji Xoqoniy»ga muallifning o‘zi, Mirzo Ulug‘bek, Mu’iniddin Koshiy (XV asr), Muhammad Kabir, Nizomiddin Birjandiy kabi o‘z davrining mashhur olimlari tomonidan sharh va hoshiyalar bitilgani aniqlandi. Bu orqali asarning ilmiy qimmati, o‘zidan keyingilar uchun ilmiy manba bo‘lganini anglatishi ko‘rsatib berildi.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Jamshid Koshiy ilmiy faoliyati va «Ziji Xoqoniy» asari tadqiqi natijalari asosida:
«Ziji Xoqoniy» bilan boshqa «Zij»lar qiyosiy o‘rganish natijasida asarning «Dar ma’rifati taqovim va aruz va ab’od kavokib va on chi badon taalluq dorad» («Taqvimlar, yulduzlarning o‘rinlari va ularga taalluqli masalalar») bo‘limida beshta sayyora taqvim va kenglamalarini hisoblab topish masalasida o‘zidan oldingi astronomlar qo‘llamagan uslub va qoidalardan foydalangani, ba’zi olimlarning yulduzlar koordinatalari, erning obod qismidagi iqlimlar chegaralari va ularda joylashgan ob’ektlar koordinatalari qiymatlari haqidagi ilmiy xulosalar «Madaniyat va maʼrifat» telekanali tomonidan efirga uzatilgan Jamshid Koshiyning hayoti va ijodiga bag‘ishlangan maxsus «Buyuk yurt allomalari» hamda «Bashariyat siymolari» ko‘rsatuvlarini tayyorlashda asos bo‘lib xizmat qildi (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi «Madaniyat va maʼrifat» telekanali davlat unitar korxonasining 2020 yil 20 yanvardagi № 01-16/10 – sonli ma’lumotnomasi);
O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi binosining «Ilm-fan» bo‘limi eksponatlari - panno va boshqa ko‘rgazmali jihozlarini boyitishda «Zij»dagi ma’lumotlarning hozirgi zamonaviy hisob-kitoblarga mosligi, jadvallarda keltirilgan yulduzlar va shaharlar koordinatalaridagi sezilarsiz tafovutlari, manbaning astronomiyaga oid asarlar orasidagi mavqei, Ulug‘bek rasadxonasi va u erda faoliyat yuritgan olimlar haqidagi ma’lumotlar, rasadxonada ishlatilgan astronomik o‘lchov asboblari nomlari hamda ularning ishlash uslubi haqidagi ma’lumotlar asos bo‘lib xizmat qildi (O‘zbekistondagi Islom Sivilizatsiya markazining 2025 yil 6 yanvardagi №08-17/05 – sonli ma’lumotnomasi). Undan tashqari, shu bo‘lim uchun «Asturlob yordamida er radiusini o‘lchash» filmining ssenariysi (ssenariy muallifi: Madina Yo‘ldosheva) ishlab chiqildi. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish