Madraximova Shohista Bahrom qizining 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Mintaqa iqtisodiyotini rivojlantirishda iqtisodiy xavfsizlikni ta’minlashning ustuvor yo‘nalishlari” (Xorazm viloyati misolida), 08.00.12 - “Mintaqaviy iqtisodiyot”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.2.PhD/Iqt5522.
Ilmiy rahbar: Doschanov Tangribergan Doschanovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor. 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti, DSc.03/2025.27.12.I.06.04.
Rasmiy opponentlar: Otajonov Umid Abdullaevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Sapaeva Nilufar Kadambaevna, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent. 
Yetakchi tashkilot: Namangan davlat texnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi mintaqa iqtisodiyotini rivojlantirishda iqtisodiy xavfsizlikni ta’minlash yuzasidan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
mintaqa iqtisodiyotini rivojlantirishda iqtisodiy xavfsizlikni ta’minlashning raqamli platformalarga asoslangan innovatsion-integratsion yondashuvlari taklif etilgan;
mintaqa iqtisodiyotini rivojlantirishda iqtisodiy xavfsizlikni ta’minlash ko‘rsatkichlarini “yuqori” (0,8-1), “o‘rta” (0,5-0,7) va “quyi” (0,1-0,4) darajalarda iqtisodiy baholash usuli taklif etilgan;
mintaqa iqtisodiyotini rivojlantirishda tashqi va ichki omillar ta’siriga asoslangan iqtisodiy xavfsizlikni ta’minlash tuzilmasi taklif etilgan;
mintaqa iqtisodiyotini rivojlantirishda iqtisodiy xavfsizlikni ta’minlash ko‘rsatkichlarining 2030-yillargacha prognoz qiymatlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Mintaqa iqtisodiyotini rivojlantirishda iqtisodiy xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha ishlab chiqilgan takliflar asosida:
mintaqa iqtisodiyotini rivojlantirishda iqtisodiy xavfsizlikni ta’minlashning raqamli platformalarga asoslangan innovatsion-integratsion yondashuvlari bo‘yicha taklif Xorazm viloyati hokimligi mahkamasi faoliyatiga joriy qilingan (Xorazm viloyati hokimligining 2025-yil 22-dekabrdagi 06-15-09/13856-son ma’lumotnomasi). Natijada, mintaqa iqtisodiyotini rivojlantirishda iqtisodiy xavfsizlikni ta’minlashning innovatsion-integratsion yondashuvi sifatida raqamli boshqaruv platformalarini joriy etish taklif qilinib, bu jarayon iqtisodiy xavf-xatarlarni neytrallashtirish imkonini bergan;
mintaqa iqtisodiyotini rivojlantirishda iqtisodiy xavfsizlikni ta’minlash ko‘rsatkichlarini “yuqori” (0,8-1), “o‘rta” (0,5-0,7) va “quyi” (0,1-0,4) darajalarda iqtisodiy baholash usuli bo‘yicha taklif Xorazm viloyati hokimligi mahkamasi faoliyatiga joriy qilingan (Xorazm viloyati hokimligining 2025-yil 22-dekabrdagi 06-15-09/13856-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifni joriy qilinishi mintaqaning iqtisodiy xavfsizligini aniq darajalarda baholash, ustuvor muammolarni aniqlash va maqsadli tartibga solish choralarini ishlab chiqish imkonini bergan; 
mintaqa iqtisodiyotini rivojlantirishda tashqi va ichki omillar ta’siriga asoslangan iqtisodiy xavfsizlikni ta’minlash tuzilmasi bo‘yicha taklif Xorazm viloyati hokimligi mahkamasi faoliyatiga joriy qilingan (Xorazm viloyati hokimligining 2025-yil 22-dekabrdagi 06-15-09/13856-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklif asosida mintaqada tashqi va ichki omillar ta’sirini kompleks hisobga olgan holda ishlab chiqilgan iqtisodiy xavfsizlikni ta’minlash modeli mintaqa iqtisodiy tizimining barqarorligini baholashning yaxlit mexanizmini shakllantirish imkonini bergan; 
mintaqa iqtisodiyotini rivojlantirishda iqtisodiy xavfsizlikni ta’minlash ko‘rsatkichlarining 2030-yillargacha ishlab chiqilgan prognoz qiymatlari bo‘yicha taklif Xorazm viloyati hokimligi mahkamasi faoliyatiga joriy qilingan (Xorazm viloyati hokimligining 2025-yil 22-dekabrdagi 06-15-09/13856-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifni amaliotga joriy qilish mintaqa iqtisodiyotini rivojlantirishda iqtisodiy xavfsizlikni ta’minlashning zamonaviy usullarini aniqlashga va uning ko‘rsatkichlari nisbatlarini esa 1,3 barobarga oshirishga imkon bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish