Bakirov Qobiljon Mamatyusupovichning
falsafa doktori (PhD) Dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Mintaqa iqtisodiyotini rivojlantirishda inson kapitali resurslaridan samarali foydalanish” (Namangan viloyati misolida), 08.00.12 - “Mintaqaviy iqtisodiyot”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.4.PhD/Iqt5341.
Ilmiy rahbar: Xolmirzaev Ulug‘bek Abdulazizovich, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti, DSc.03/2025.27.12.I.06.04
Rasmiy opponentlar: Matyakubov Umidjon Raximovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Yusupova Mexribon Uktamovna, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi iqtisodiyotni raqamlashtirish sharoitida mintaqalarda xizmat ko‘rsatish sohasida inson kapitalidan foydalanishni takomillashtirish bo‘yicha ilmiy taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
mintaqa iqtisodiyotini rivojlantirishda inson kapitalidan samarali foydalanishga ta’sir etuvchi omillar sifatida fan va ta’lim, moliyaviy, innovatsiyalar bo‘yicha ko‘rsatkichlar tizimi modeli taklif etilgan;
mintaqa iqtisodiyotini rivojlantirishda raqamli texnologiyalar, bilim, axborotlarni integratsiyasi ta’sirida inson kapitalini raqamlashtirish koeffitsentini ifodalovchi indeks indikatorlar mezoni takomillashtirilgan;
ko‘p omilli regressiya modelining Beta (Standardized Coefficients) o‘zgaruvchi omillari p<0.05 bo‘lsa, o‘rtacha ish haqi omili β = 2.02, p < 0.01 bo‘lgan holda ish haqining 1 foizga oshishi natijaviy o‘zgaruvchini o‘rtacha 2 foizga oshishi, bandlik darajasi p > 0.05 bo‘lganligi, raqamli texnologiyalar joriy etilishi β = –0.028, p < 0.01 omili esa qisqa muddatli davrda manfiy ta’sirga egaligi aniqlangan;
mintaqalarda inson kapitalidan foydalanish va unga qo‘yiladigan talablariga asoslanib 2030-yilga qadar prognoz paramertlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Bozor iqtisodiyotini jadal rivojlanishi ta’minlashda inson kapitalini rivojlantirishda, yangi raqamli texnologiyalar asosida rivojlanishini ta’minlash asosida ishlab chiqilgan ilmiy takliflar asosida:
mintaqa iqtisodiyotini rivojlantirishda inson kapitalidan samarali foydalanishga ta’sir etuvchi omillar sifatida fan va ta’lim, moliyaviy, innovatsiyalar bo‘yicha ko‘rsatkichlar tizimi modeli Namangan viloyati xokimligi faoliyatiga tadbiq etilgan (Namangan viloyati xokimligining 2025-yil 18-apreldagi 03/24-728-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy yondashuvning amaliyotga joriy etilishi natijasida inson kapitalidan foydalanishda balanslashgan ko‘rsatkichlar tizimini nazariy va amaliy ko‘nikmalar asosida takomillashtirishish imkonini bergan;
mintaqa iqtisodiyotini rivojlantirishda raqamli texnologiyalar, bilim, axborotlarni integratsiyasi ta’sirida inson kapitalini raqamlashtirish koeffitsentini ifodalovchi indeks indikatorlar mezoni bo‘yicha taklif Namangan viloyati xokimligi faoliyatiga tadbiq etilgan (Namangan viloyati xokimligining 2025-yil 18-apreldagi 03/24-728-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifni amaliyotga joriy etilishi natijasida raqamli iqtisodiyotni mamlakat iqtisodiyotidagi o‘rni oshishiga, raqamlashtirishga ta’sir etuvchi omillarni tizimlashtirish darajasini oshishiga va birinchi bosqichda “olim- injiner-ishchi -istemolchi”, ikkinchi bosqichda esa “olim-istemolchi”, uchinchi bosqichda, ya’ni kelgusida faqat bittasi “istemolchi” omillar zanjiri tizimli rivojlantirishga va inson kapitalini raqamlashtirish koeffisienti (IKRK) ishlab chiqilib, birinchi indeks-insonlar strategiyasi, ikkinchi indeks-raqamli etiket qoidalari, uchinchi indeks-inson malakasi va ilmiy darajasi, to‘rtinchi indeks-tashkiliy-institutsional mexanizmlarga (IKRK 20-40 gacha, IKRK 40-60 gacha, IKRK 60-80 gacha, IKRK 80-100 gacha) ajratish imkoniyati yaratilgan;
ko‘p omilli regressiya modelining Beta (Standardized Coefficients) o‘zgaruvchi omillari p < 0.05 bo‘lsa, o‘rtacha ish haqi omili β = 2.02, p < 0.01 bo‘lgan holda ish haqining 1 foizga oshishi natijaviy o‘zgaruvchini o‘rtacha 2 foizga oshishi, bandlik darajasi p > 0.05 bo‘lganligi, raqamli texnologiyalar joriy etilishi β = –0.028, p < 0.01 omili esa qisqa muddatli davrda manfiy ta’sirga egaligi bo‘yicha berilgan taklif Namangan viloyati xokimligi faoliyatiga tadbiq etilgan (Namangan viloyati xokimligining 2025-yil 18-apreldagi 03/24-728-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifni amaliyotga joriy etilishi natijasida ko‘p omilli regresiya modelida B (Unstandardized Coefficients) o‘zgaruvchining 1 birlikka o‘zgarishi o‘rtacha ish haqi omili eng kuchli va ijobiy ta’sir ko‘rsatganholda ish haqining 1 foizga oshishi natijaviy o‘zgaruvchini o‘rtacha 2 foizga oshishiga, korxonalar soni, bandlik darajasi o‘zgaruvchisi, raqamli texnologiyalarni joriy etilishi omili qisqa muddatli davrda manfiy ta’sir ko‘rsatganligi aniqlangan;
mintaqalarda inson kapitalidan foydalanish va unga qo‘yiladigan talablariga asoslanib 2030-yilga qadar prognoz paramertlari Namangan viloyati hokimligi faoliyatida foydalanilgan (Namangan viloyati xokimligining 2025-yil 18-apreldagi 03/24-728-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifni amaliyotga joriy etilishi natijasida raqamli texnologiyalar omili qisqa muddatda transformasion bosim keltirsa-da, uzoq muddatda u xizmatlar sektorining rivojlanish drayveri sifatida namoyon bo‘lganligi va modelning yuqori R² ko‘rsatkichi (0.982) va barcha asosiy omillarning ahamiyatli chiqishi, ish haqi 1% ga oshganda xizmat hajmi o‘rtacha 2,0% ga o‘sashi, korxonalar soni 1% ga oshganda xizmat hajmi 0,25% ga o‘sashi, raqamlash darajasining 1% o‘sishi qisqa muddatda 0,03% pasayishi va prognozlashda regressiya asosida ekstrapolyasiya (CAGR) usuli qo‘llanib, 2030-yilgacha raqamli transformatsiya trendi bashorat qilingan.