Sapaeva Fazilat Norbaevnaning
falsafa doktori (PhD) Dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Mintaqa raqobatbardoshligini ta’minlashda xorijiy investisiyalar samaradorligini oshirish” (Xorazm viloyati misolida), 08.00.12 - “Mintaqaviy iqtisodiyot”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.4.PhD/Iqt6157
Ilmiy rahbar: Xidirova Gavxar Rustamovna, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent. 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Osiyo xalqaro universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti, DSc.03/2025.27.12.I.06.04.
Rasmiy opponentlar: Matyakubova Dilfuza Olimboevna, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent; Yakubov Nurbek Alisherovich, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori.
Yetakchi tashkilot: Namangan davlat texnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi mintaqa raqobatbardoshligini ta’minlashda xorijiy investisiyalar samaradorligini oshirish bo‘yicha ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
mintaqa raqobatbardoshligini ta’minlashda investision salohiyatni va uni baholash bo‘yicha mavjud yondashuvlarni hisobga olgan holda horijiy investisiyalarni jalb qilishning mintaqaviy strategiyasini ishlab chiqish va samaradorligini oshirishning konseptual modeli taklif qilingan;  
asosiy kapitalga o‘zlashtirilgan investisiyalarning yuqori o‘sish sura’tlarini ta’minlashda muhim bo‘lgan tarkibiy qismlar aniqlanilib, ularning mintaqa ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotini ta’minlashdagi rolini baholash uchun elastiklik koeffisientlarini hisoblash modellari ishlab chiqilgan;
iqtisodiy o‘sishning Harrod-Domar modeli bo‘yicha talab dY_1=0,62*dY_(1t-1)+0,50*dX_1 va taklif dY=0,16*X_1 modellari ichlab chiqilib, ular muvozatini ta’minlash asosida mintaqa raqobatbardoshligini ta’minlash va barqaror iqtisodiy o‘sish uchun asosiy kapitalga o‘zlashtirilgan investisiyalarning maqbul o‘sish sur’atlari taklif etilgan;
Xorazm viloyatida asosiy kapitalga o‘zlashtirilgan investisiyalar va ularning tarkibiy tuzilishining istiqboldagi prognoz qiymatlari ko‘p variantli ekonometrik modellar asosida 2030-yilga qadar prognoz parametrlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Mintaqa raqobatbardoshligini ta’minlashda xorijiy investisiyalar samaradorligini oshirishga qaratilgan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar asosida: 
mintaqa raqobatbardoshligini ta’minlashda investision salohiyatni va uni baholash bo‘yicha mavjud yondashuvlarni hisobga olgan holda horijiy investisiyalarni jalb qilishning mintaqaviy strategiyasini ishlab chiqish va samaradorligini oshirishning konseptual modeli bo‘yicha taklifi mintaqada raqobatbardoshlikni ta’minlashda investisiyalar samaradorligini oshirish bo‘yicha dasturlar ishlab chiqishda foydalanilgan (Xorazm viloyati hokimligining 2025-yil 10-sentyabrdagi 06-15-09/9282-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida viloyat tuman va shaharlari investision salohiyatini kompleks baholash asosida guruhlash va mavjud salohiyatdan foydalanish darajasini miqdoriy baholash imkoniyati yaratilgan; 
asosiy kapitalga o‘zlashtirilgan investisiyalarning yuqori o‘sish sura’tlarini ta’minlashda muhim bo‘lgan tarkibiy qismlar aniqlanilib, ularning mintaqa ijtimoiy – iqtisodiy taraqqiyotini ta’minlashdagi rolini baholash uchun elastiklik koeffisientlarini hisoblash modellari ishlab chiqish taklifi mintaqada raqobatbardoshlikni ta’minlashda investisiyalar samaradorligini oshirish bo‘yicha dasturlar ishlab chiqishda foydalanilgan (Xorazm viloyati hokimligining 2025-yil 10-sentyabrdagi 06-15-09/9282-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy yangilikni amaliyotga joriy etish natijasida viloyatda ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotni ta’minlashda asosiy kapitalga o‘zlashtirilgan investisiyalarni tarkibiy tuzilishini takomillashtirishda foydalanilgan; 
iqtisodiy o‘sishning Harrod-Domar modeli bo‘yicha talab dY_1=0,62*dY_(1t-1)+0,50*dX_1 va taklif dY=0,16*X_1 modellari ichlab chiqilib, ular muvozatini ta’minlash asosida mintaqa raqobatbardoshligini ta’minlash va barqaror iqtisodiy o‘sish uchun asosiy kapitalga o‘zlashtirilgan investisiyalarning maqbul o‘sish sur’atlarini belgilash taklifi mintaqada raqobatbardoshlikni ta’minlashda investisiyalar samaradorligini oshirish bo‘yicha dasturlar ishlab chiqishda foydalanilgan (Xorazm viloyati hokimligining 2025-yil 10-sentyabrdagi 06-15-09/9282-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy yangilikni amaliyotga joriy etish natijasida viloyatda iqtisodiy barqarorlikni ta’minlashda asosiy kapitalga o‘zlashtirilgan investisiyalarning maqbul o‘sish sur’atlarini belgilashda foydalanilib, buning hisobiga yalpi hududiy mahsulotni o‘sish sur’atini qo‘shimcha 2,4 foizga oshirish imkoniyati aniqlanilgan; 
Xorazm viloyatida asosiy kapitalga o‘zlashtirilgan investisiyalar va ularning tarkibiy tuzilishining istiqboldagi prognoz qiymatlari ko‘p variantli ekonometrik modellar asosida 2030-yilga qadar bo‘lgan muddatga ishlab chiqish taklifi mintaqada raqobatbardoshlikni ta’minlashda investisiyalar samaradorligini oshirish bo‘yicha dasturlar ishlab chiqishda foydalanilgan (Xorazm viloyati hokimligining 2025-yil 10-sentyabrdagi 06-15-09/9282-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy yangilikni amaliyotga joriy etish natijasida viloyatda asosiy kapitalga o‘zlashtirilgan investisiyalar hajmi va uning tarkibiy qismlarini istiqboldagi maqsadli, uzoq va qisqa muddat uchun strategiyalarni ishlab chiqishda foydalanilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish