Ibodullaev Daston Rashidovichning
 falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining qaddi-qomatini to‘g‘rilashda ippoterapiya sog‘lomlashtiruvchi mashg‘ulotlaridan foydalanish uslubiyati”, 13.00.04–Jismoniy tarbiya, sport mashg‘ulotlari, sog‘lomlashtirish va adaptiv jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi. 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.4.PhD/Ped8876.
Ilmiy rahbar: Mirjamolov Mexriddin Xayriddinovich pedagogika fanlari doktori (DSc), professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Jismoniy tarbiya va sport ilmiy tadqiqotlar instituti.
Ilmiy Kengash faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi: Jismoniy tarbiya va sport ilmiy tadqiqotlar instituti, DSc.28/2025.27.12.Ped.01.01
Rasmiy opponentlar: Allamuratov Shuxratulla Inoyatovich biologiya fanlari doktori, professor, 
Yusupov Ibrohim Abdumutal o‘g‘li  pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), professor
Yetakchi tashkilot: Namangan davlat universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining qaddi-qomatini to‘g‘rilashga qaratilgan ippoterapiya sog‘lomlashtiruvchi mashg‘ulotlari uchun reabilitatsion mashqlar majmuasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat: 
skolioz bo‘lgan bolalarni umurtqa pog‘onasi qiyshayish gradusidan kelib chiqib ippoterapiya mashg‘ulotlari orqali morfofunksional holatini korreksiyalashga qaratilgan innovatsion mashg‘ulot dasturini ishlab chiqish hisobiga umumiy jismoniy faoliyati yaxshilangan;
skolioz bo‘lgan bolalarni qaddi-qomatini tog‘rilashda umurtqa pog‘onasi qiyshayish darjasidan kelib chiqqan holda otning harakatsiz va harakat vaqtida bajariladigan mashqlar hamda ot ustida bajariladigan harakatli o‘yinlarni o‘zida jamlagan reabilitatsion tizimni ishlab chiqish hisobiga majmuaviy rivojlantirish imkoniyati oshirilgan;
skolioz bo‘lgan bolalarni umurtqa pog‘onasini to‘g‘rilashga qaratilgan mutaxassis nazoratida amalga oshiriladigan ot ustida bajariladigan mashqlar texnologiyasini ishlab chiqish hisobiga umurtqa pog‘onasidagi qiyshayish darjasini yaxshilash imkoniyati oshirilgan;
skolioz bo‘lgan bolalarni qaddi-qomatini to‘g‘rilashga yo‘naltirilgan ippoterapiya mashg‘ulotlarini individual yondashuv asosida mashqlarni amaliy va nazariy ko‘nikmalarini shakllantirishga qaratilgan maxsus mashqlar majmuasini o‘z ichiga olgan innovatsion mobil ilova ishlab chiqish hisobiga skolioz darajasini kamaytirish imkoniyatlari kengaytirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Skolioz bo‘lgan bolalarni sog‘lomlashtiruvchi ippoterapiya mashg‘ulotlarini qo‘llash orqali olingan ilmiy natijalar asosida:
skolioz bo‘lgan bolalarni umurtqa pog‘onasi qiyshayish gradusidan kelib chiqib ippoterapiya mashg‘ulotlari orqali morfofunksional holatini korreksiyalashga qaratilgan innovatsion mashg‘ulot dasturini ishlab chiqish bo‘yicha taklif va tavsiyalar Toshkent viloyati Chirchiq shahrining 19-umumta’lim maktabi o‘quvchilari bilan olib borilgan mashg‘ulotlarga tadbiq qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligining 2025-yil 1-avgustdagi 02-16/8178-son ma’lumotnomasi). Natijada umurtqa pog‘onasidagi qiyshayish sabablari bo‘yicha maxsus mashqlar majmuasi orqali salomatlik darajasi samaradorligi absolyut farqi 1,8 %, nisbiy farqi 22,78 % ga yaxshilangan;
skolioz bo‘lgan bolalarni qaddi-qomatini tog‘rilashda umurtqa pog‘onasi qiyshayish darjasidan kelib chiqqan holda otning harakatsiz va harakat vaqtida bajariladigan mashqlar hamda ot ustida bajariladigan harakatli o‘yinlarni o‘zida jamlagan reabilitatsion tizimni ishlab chiqish bo‘yicha taklif va tavsiyalar Toshkent viloyati Chirchiq shahrining 24-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi o‘quvchilari bilan olib borilgan mashg‘ulotlarga tadbiq qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligining 2025-yil 1-avgustdagi 02-16/8178-son ma’lumotnomasi). Natijada skolioz bo‘lgan bolalarni salomatlik hamda harakat faolligini oshishining absolyut farqi 2,91%, nisbiy farqi 48,2 % ga yaxshilangan;
skolioz bo‘lgan bolalarni umurtqa pog‘onasini to‘g‘rilashga qaratilgan mutaxassis nazoratida amalga oshiriladigan ot ustida bajariladigan mashqlar texnologiyasini ishlab chiqish bo‘yicha taklif va tavsiyalar Toshkent viloyati Chirchiq shahrining 13-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi o‘quvchilari bilan olib borilgan mashg‘ulotlarga tadbiq qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligining 2025-yil 1-avgustdagi 02-16/8178-son ma’lumotnomasi). Natijada skolioz bo‘lgan bolalarni jismoniy faollik ko‘rsatkichining absolyut farqi 4,5%, nisbiy farqi 31,21 % ga yaxshilangan;
skolioz bo‘lgan bolalarni qaddi-qomatini to‘g‘rilashga yo‘naltirilgan ippoterapiya mashg‘ulotlarini individual yondashuv asosida mashqlarni amaliy va nazariy ko‘nikmalarini shakllantirishga qaratilgan maxsus mashqlar majmuasini o‘z ichiga olgan innovatsion mobil ilova ishlab chiqish hisobiga skolioz darajasini kamaytirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar Toshkent viloyati Chirchiq shahrining 4-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi o‘quvchilari bilan olib borilgan mashg‘ulotlarga tadbiq qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligining 2025-yil 1-avgustdagi 02-16/8178-son ma’lumotnomasi). Natijada skolioz bo‘lgan bolalarni jismoniy faollik ko‘rsatkichining absolyut farqi 4,5%, nisbiy farqi 4,25 ga yaxshilangan, jismoniy harakat faolligining absolyut farqi 4,5%, nisbiy farqi 31,21 % ga yaxshilangan. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish