Pulatova Mohichexra Temirovnaning
filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Kristofer Marlo, Abdulla Oripov va Pirimqul Qodirov talqinlaridagi Amir Temur obrazlarining qiyosiy tahlili”, 10.00.06. – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: №B2023.2.PhD/Fil3549
Ilmiy rahbar: Bakaeva Muxabbat Kayumovna, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti.
IK faoliyat yuritayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Buxoro davlat universiteti, DSc.03/2025.27.12.Fil.08.08
Rasmiy opponentlar: Gadoeva Mavlyuda Ibragimovna, filologiya fanlari doktori, professor; Kadirova Nargiza Arifovna, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat chet tillar instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi. Kristofer Marlo, Abdulla Oripov va Pirimqul Qodirov talqinlaridagi Amir Temur obrazlarining mushtarak va o‘ziga xosliklarni aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Kristofer Marloning “Sohibqiron Temur” (“Tamburlaine the Great”), Abdulla Oripovning “Sohibqiron” hamda Pirimqul Qodirovning “Ona lochin vidosi” va “Amir Temur siymosi” asarlaridagi Amir Temur obrazlarida muayyan darajada tarixiy haqiqat mavjudligi va uning badiiy to‘qima bilan uyg‘unlashib ketganligi asoslangan;
Kristofer Marloning “Sohibqiron Temur” asarida gumanizmdagi mutlaq ozod inson g‘oyasi bilan bir qatorda Makiavelizm oqimining shaxs nafaqat ijtimoiy kelib chiqishi, balki axloq qoidalaridan ham erkin bo‘lishi, o‘z maqsadlari yo‘lida jinoyatlar sodir etishi hamda aynan shu intilishlar shaxsdagi o‘sib boruvchi egoizmni oshirib, uni falokatga duchor etish mumkinligi kabi g‘oyaviy hamda kompozision, syujet qurilishidagi badiiy vazifalari dalillangan;
Abdulla Oripovning “Sohibqiron” asarida Amir Temurning siyosiy va harbiy faoliyatidan ko‘ra, uning shaxsiyati, ruhiy holati, insonlarga bo‘lgan munosabati, oila, jamiyatga nisbattan qarashlari hamda ichki kechinmalari tasvirlangan bosh qahramoning psixologik shakllanib borishi va buyuk shaxs darajasiga ko‘tarilish bosqichlari birin ketin ochib berilganligi isbotlangan;
tahlilga tortilgan har uchala ijodkor talqinidagi sohibqiron Temur obrazida uning botir va qo‘rqmas lashkarboshi sifatida o‘z kuchi va aqli bilan ulkan saltanat barpo eta olganligi, ayollarga bo‘lgan cheksiz hurmat-ehtiromi va engilmas irodasi hamda tengsiz jasorati madh etilganligi G‘arbu Sharq falsafasi va madaniyati mutanosibligida ifodalanishi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Kristofer Marlo, Abdulla Oripov va Pirimqul Qodirov talqinlaridagi Amir Temur obrazlarining qiyosiy tahlili bo‘yicha olingan natijalar asosida:
Kristofer Marloning “Sohibqiron Temur” (“Tamburlaine the Great”), Abdulla Oripovning “Sohibqiron” hamda Pirimqul Qodirovning “Ona lochin vidosi” va “Amir Temur siymosi” asarlaridagi Amir Temur obrazlarida ma’lum darajada tarixiy haqiqat mavjudligi va uning badiiy to‘qima bilan uyg‘unlashib ketganligiga doir nazariy xulosalardan Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida 2017-2020-yillarda bajarilgan OT-F1-030 “O‘zbek adabiyoti tarixi” ko‘p jildlik monografiyasini (7 jild) chop etish” mavzuidagi fundamental loyihasida foydalanilgan (Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2024-yil 8-oktyabrdagi № 04/1-2744-son ma’lumotnomasi). Natijada ko‘p jildlik monografiya uchun tayyorlangan materiallarning mazmuni mukamallashuviga va ilmiy dalillarga boy bo‘lishiga erishilgan;
Marloning “Sohibqiron Temur” asarida gumanizmdagi mutlaq ozod inson g‘oyasi kengayib, Makiavelizmdagi shaxs nafaqat ijtimoiy kelib chiqishi, balki, axloq qoidalaridan ham erkin bo‘lishi, o‘z maqsadlari yo‘lida jinoyatlar sodir etishi hamda aynan shu intilishlar shaxsdagi o‘sib boruvchi egoizmni oshirib, uni falokatga duchor etish mumkinligi kabi g‘oyaviy hamda kompozision, ya’ni syujet qurilishidagi badiiy vazifalariga oid nazariy va amaliy xulosalardan Buxoro davlat universitetida 2019-2021 yillarda bajarilgan SUZ800191NO158-MOO3-raqamli xorijiy loyihani bajarishda foydalanilgan (Buxoro davlat universitetining 2024-yil 27-iyuldagi №06-01-0302-son ma’lumotnomasi). Natijada talabalarning ingliz va amerika adiblari qatorida ingliz dramaturgi Kristofer Marlo ijod yo‘li, uning “Sohibqiron Temur” asarida buyuk bobokalonimiz Amir Temur obrazi, mazkur obrazdagi ayrim bo‘rttirishlar haqida fikr yuritib, tanqidiy yondashgan holda erkin muloqot qilish asnosida nutq ko‘nikmalarini rivojlantirishga xizmat qilgan;
Abdulla Oripovning “Sohibqiron” asarida Amir Temurning siyosiy va harbiy faoliyatidan ko‘ra, uning shaxsiyati, ruhiy holati, insonlarga bo‘lgan munosabati, oila, jamiyatga nisbattan qarashlari hamda ichki kechinmalari tasvirlangan bosh qahramoning psixologik shakllanib borishi va buyuk shaxs darajasiga ko‘tarilish bosqichlari birin ketin ochib berilganligi bilan bog‘liq xulosa va natijalardan Buxoro viloyat teleradiokompaniyasida “Assalom, Buxoro”, “Sakkizinchi mo‘jiza” ko‘rsatuvlari ssenariylarini tayyorlashda foydalanilgan (Buxoro viloyat teleradiokompaniyasining 2024-yil 7-maydagi № 01-09-77-son ma’lumotnomasi). Natijada ushbu teleko‘rsatuvlar uchun tayyorlangan materiallarning mazmuni mukamallashuviga, ilmiy dalillarga boy bo‘lishiga, ko‘rsatuvning ilmiy-ommabopligi ta’minlanishiga erishilgan.