Sharipov Ma’mur Mansurovichning
filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi,ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i):
“Ingliz va o‘zbek adabiyotida xizmatkor obrazining tipologik tahlili”, 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chogʼishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik (filologiya fanlari) .
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan: № B2023.4.PhD/Fil4239.
Ilmiy rahbar: Axmedova Mehrinigor Bahodirovna, filologiya fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Buxoro davlat universiteti DSc.03/2025.27.12.Fil.08.08
Rasmiy opponentlar: Jo‘raeva Malohat Muxammadovna, filo1ogiya fanlari doktori (DSc), professor; Satimova Dilafruz Numonjonovna, filologiya fanlari doktori (DSc), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi. Ingliz va o‘zbek adabiyotida xizmatkor obrazining o‘rni, genezisi, badiiy ko‘rinishlari, umumiy va xususiy, milliy belgilari, poetik vazifalari jihatidan o‘xshashligini aniqlashdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ingliz va o‘zbek adabiyotida xizmatkor obrazi talqinidagi o‘ziga xosliklarning qiyosiy ifodasi, adiblarning ushbu obrazni yaratishdagi ijodiy mahorati, nutq qatlamlari, ijtimoiy qatlamlar to‘qnashuvi, poetik xususiyatlari kabilar aniqlangan;
ingliz va o‘zbek romanlari kompozisiyasi va obrazlar yaratish tizimi, obrazlilik va badiiylik o‘rtasidagi mushtaraklik, boy va xizmatkor orasidagi nutqiy munosabatlarning lingvistik tahlilida milliy xususiyatlarning namoyon bo‘lishi asoslangan;
zamonaviy adabiyotlarda xizmatkor obrazini yaratishning tabiati, badiiy-estetik taraqqiyot qonuniyatlari, poetik shakli va uslubi, motiv va obrazlari, fiziologik-psixologik jihatlari, har bir xalqning milliy mentalitetidan kelib chiqib sinfiy tabaqalanish jarayonlari kechishi, tarbiyaviy g‘oyalarning alohida taʼkidlanishi bilan belgilanganligi dalillangan;
zamonaviy ingliz asarlarini o‘zbek adabiyotidagi ma’rifiy-ta’limiy romanlarga qiyoslab, ulardagi xizmatkor obrazining shaxs sifatida qabul qilinish jarayonining badiiy talqiniga xos umummilliy, umumadabiy, ijtimoiy-psixologik hamda mental-madaniy qirralar bilan belgilanganligi isbotlangan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Dissertatsiyada ingliz va o‘zbek zamonaviy adabiyotida xizmatkor obrazi tasviri bo‘yicha olingan natijalar asosida:
ingliz va o‘zbek yozuvchilarining xizmatkor obrazini yaratishdagi qiyosiy tahlili, qahramonning psixologik holati, yashash tarzini ko‘rsatuvchi badiiy tasvir vositalari tahliliga bag‘ishlangan misollardan Erasmus + K–102 “Translation into English and Creating Electronic Fund of Turkic Nations Folklore” proektida foydalanilgan (Balikesir Universiteti rektorining 2023-yil 29-sentyabrdagi ma’lumotnomasi). Natijada talabalar jamiyatda xizmatkorning o‘rni va janr rivoji haqida ma’lumotlar olishdi.
Ingliz va o‘zbek romanlarida xizmatkor va xo‘jayin talqinidagi o‘ziga xosliklarning qiyosiy tipologik tahlili, dramaturglarning hojib, malay, yugurdak, dastyor, gumashta kabi xizmatkorlarning turli ko‘rinishlarini yaratishdagi ijodiy mahorati, turli munosabatlar orqali xizmatkor obrazining shakllanish bosqichlari namoyon bo‘lishi aniqlangan misollardan Buxoro viloyat teleradiokompaniyasining “Zamondosh” ko‘rsatuvida foydalanilgan (O‘zMTRK Buxoro viloyat teleradiokompaniyasining 2023-yil 29-sentyabrdagi 02-09-279- son ma’lumotnomasi). Natijada ingliz va o‘zbek adabiyotida xizmatkor obrazi qiyosiy tahlili, bugungi kunda xizmat ko‘rsatish sohalari rivoji haqida tinglovchilarga ma’lumot berildi.
Ingliz va o‘zbek adabiyotida xizmatkor obrazi talqinidagi o‘ziga xosliklarning qiyosiy ifodasi, adiblarning xizmatkor obrazini yaratishdagi ijodiy mahorati, nutq qatlamlari, ijtimoiy qatlamlar to‘qnashuvi, poetik xususiyatlari va xizmatkor obrazining tipologik tahlili jarayonida aniqlangan terminlarning leksik-semantik, grammatik va struktur xususiyatlari aniqlanlangan misollardan Davlat ilmiy-texnik dasturlari doirasidagi 2020–2021-yillarda bajarilgan I-OT-2019-42 raqamli “O‘zbek va ingliz tillarining elektron (Inson qiyofasi, fe’l-atvori, tabiat va milliy timsollar tasviri) poetik lug‘atini yaratish” nomli amaliy grant loyihasida foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2023-yil 23-sentyabrdagi 01/10-1909-son ma’lumotnomasi). Natijada ingliz va o‘zbek adabiyotida xizmatkor obrazi yaratishning tasviriy vositalari va turli atamalar tahlil qilingan.