Quvvatov Dilshod Ashuralievichning

falsafa doktori  (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Sug‘oriladigan erlar meliorativ tartibotining shakllanishini baholash (Qashqadaryo viloyati misolida)», 06.01.02–Melioratsiya va sug‘orma dehqonchilik (texnika fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.2.PhD/T837.

Ilmiy rahbar: Yakubov Murat Adilovich, texnika fanlari doktori, professor.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti, DSs.27.06.2017.T.10.02.

Rasmiy opponentlar: Ikramov Raximdjan Karimovich, texnika fanlari doktori, professor; Begmatov Ilxom Abduraimovich, texnika fanlari nomzodi, professor.

Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat agrar universiteti.

Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: meliorativ sharoiti antropogen omillar ta’sirida o‘zgartirilgan Qashqadaryo viloyati sug‘oriladigan maydonlarida zamonaviy sharoitda suv-tuz muvozanatining o‘zgarishiga bog‘liq holda meliorativ tartibotning shakllanishini baholashdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

Qashqadaryo viloyatida zamonaviy sharoitda suv va er resurslaridan foydalanish samaradorligini aniqlash usullari ularning tanqisligini inobatga olgan holda takomillashtirilgan;

sug‘oriladigan erlar meliorativ holatini baholash usuli suv-tuz muvozanati tenglamalari asosida takomillashtirilgan;

viloyat sug‘oriladigan maydonlarida tuproq sho‘rlanishi va suv-fizik xossalarining o‘zgaruvchanligini aniqlash usullari matematik-statistika va gidrokimyoviy hisoblash asosida takomillashtirilgan;

kollektor-zovur suvlari bilan kanal suvi aralashtirilganda kerakli aralashma hosil bo‘lish masofasini aniqlash usuli suvning mineralizatsiyasini hisobga olgan holda ishlab chiqilgan;

sug‘oriladigan erlar meliorativ tartibotini baholash usuli suv-tuz rejimini va suv bilan ta’minlanganligini inobatga olgan holda ishlab chiqilgan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.

Qashqadaryo viloyati sug‘oriladigan maydonlarida zamonaviy sharoitda suv-tuz muvozanatining o‘zgarishiga bog‘liq holda meliorativ tartibotning shakllanishini baholash bo‘yicha olingan natijalari asosida:

Qashqadaryo viloyatida zamonaviy sharoitda suv va er resurslaridan foydalanish samaradorligini aniqlash usullari Suv xo‘jaligi vazirligi tasarrufidagi Amu-Qashqadaryo irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi huzuridagi Meliorativ ekspedisiyasiga joriy qilingan (Suv xo‘jaligi vazirligining 2018 yil 18 noyabrdagi 04/25-2295-son ma’lumotnomasi). Natijada viloyatning turli hududlarida meliorativ tartibotning me’yoriy qiymatlarini aniqlash imkoniyati yaratilgan;

sug‘oriladigan erlar meliorativ holatini baholash usuli Suv xo‘jaligi vazirligi tasarrufidagi Qashqadaryo viloyati Kasbi tumani Maymanoq Obi-Hayot suv iste’molchilari uyushmasiga joriy qilingan (Suv xo‘jaligi vazirligining 2018 yil 18 noyabrdagi 04/25-2295-son ma’lumotnomasi). Natijada viloyat miqyosida suv tejamkor usullardan foydalanish imkoniyatlari baholangan va iqtisod qilish mumkin bo‘ladigan suv resurslarini aniqlash imkoniyati yaratilgan;

viloyat sug‘oriladigan maydonlarida tuproq sho‘rlanishi va suv-fizik xossalarining o‘zgaruvchanligini aniqlash usullari Suv xo‘jaligi vazirligi tasarrufidagi Qashqadaryo viloyati Muborak tumanidagi “Oymamatov Sherzod” fermer xo‘jaligiga joriy qilingan (Suv xo‘jaligi vazirligining 2018 yil 18 noyabrdagi 04/25-2295-son ma’lumotnomasi). Natijada sug‘orishda foydalanadigan suvning sifatiga qarab, meliorativ tartibotlarni rostlash, erning unumdorligini saqlash imkoniyati yaratilgan;

kollektor-zovur suvlari bilan kanal suvi aralashtirilganda kerakli aralashma hosil bo‘lish masofasini aniqlash usuli Suv xo‘jaligi vazirligi tasarrufidagi Qashqadaryo viloyati Muborak tumani “Turkiston” suv iste’molchilari uyushmasiga joriy qilingan (Suv xo‘jaligi vazirligining 2018 yil 18 noyabrdagi 04/25-2295-son ma’lumotnomasi). Natijada kanal uzunligi bo‘ylab aralashgan suvlarning minerallashuvi barqaror holga kelish masofasi aniqlanib, suvdan foydalanish samaradorligini oshirish imkoniyati yaratilgan;

sug‘oriladigan erlar meliorativ tartibotini baholash usuli Suv xo‘jaligi vazirligi tasarrufidagi Qashqadaryo viloyati Kasbi tumani “Baratov Norqul O‘lmasovich” fermer xo‘jaligiga joriy qilingan (Suv xo‘jaligi vazirligining 2018 yil 18 noyabrdagi 04/25-2295-son ma’lumotnomasi). Natijada kollektor-zovur suvlaridan qo‘shimcha manba sifatida foydalanishning maqbul ko‘rsatkichlari aniqlanib, ekinlar hosilini saqlab qolish imkoniyati yaratilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish