Axmadalieva Gulmira Marufjon qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Ingliz va o‘zbek tillarida “qo‘rquv” konseptining kognitiv tadqiqi”, 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chogʻishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: № B2025.2.PhD/Fil5642.
Ilmiy rahbar: Axrorova Ruzixon Usmanovna, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Farg‘ona davlat universiteti, DSc.03/2025.27.12.Fil.10.05.
Rasmiy opponentlar: G‘anieva Dildora Azizovna, filologiya fanlari doktori, professor, Raxmatova Mehriniso Musinovna, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Andijon davlat chet tillari instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi ingliz va o‘zbek tillarida “qo‘rquv” konseptiga doir lisoniy birliklarni kognitiv tilshunoslikning asosiy elementlari bo‘lgan freym va ssenariylar orqali qiyosiy tadqiq etishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
konsept bilan bog‘liq nazariyalar asosida “qo‘rquv” konseptiga oid lisoniy birliklarning kognitiv qatlami (subekt, obekt, tasavvuriy, tasodifiy vositalar, diniy, hayvonlar, irim-sirim, tashqi muhit, tabiat unsurlari (suv, olov kabilar)dan qo‘rqish) xususiyatlari asoslangan;
kognitiv qatlam nazariyasi, assotsiativ maydon va freym semantikasi hamda milliy-madaniy konseptlar metodologik baza sifatida qo‘llanilgan; bu orqali “qo‘rquv” konseptining inson kognitiv ongidagi pozisiyasi (ichki dunyosi), uning psixoemotsional holatini aks ettirishdagi (psixologik holati va kechinmalari) funksional va lingvomadaniy jihatlari dalillangan;
Edgar Allan Poning “Asherlar uyining qulashi” va Nazar Eshonqulning “Sharpa” hikoyalarida qo‘llangan “qo‘rquv” konseptiga oid lisoniy birliklar orqali ikki tilning davr, muhit, milliy mentalitet va dunyoqarash xususiyatlaridagi farqlar tahlil qilingan; tadqiqot uchun tanlangan obektlarda qo‘llangan qo‘rquv konseptiga oid leksik, frazeologik va paremiologik birliklarning sinonimik, antonimik va omonimik munosabatlari, ularning assotsiativ maydoni shakllanish jarayonlarining matnda ta’siri isbotlangan;
konsept bilan bog‘liq nazariyalar asosida “qo‘rquv” konseptiga oid lisoniy birliklarning kognitiv qatlam xususiyatlari aniqlanib, qo‘rquv konsepti yordamida insonning ichki dunyosi, psixologik holati va kechinmalarini ochib berish mumkinligi asoslangan; ingliz va o‘zbek tillarida “qo‘rquv” konseptiga doir leksik, frazeologik va paremiologik birliklardan foydalanishdagi o‘ziga xos jihatlar aniqlangan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tadqiqotning nazariy takliflari, amaliy tavsiyalari va xulosalaridan quyidagi loyiha va ishlarda foydalanilgan:
konsept bilan bog‘liq nazariyalar asosida “qo‘rquv” konseptiga oid lisoniy birliklarning kognitiv qatlami (subekt, obekt, tasavvuriy, tasodifiy vositalar, diniy, hayvonlar, irim-sirim, tashqi muhit, tabiat unsurlari (suv, olov kabilar)dan qo‘rqish) xususiyatlari asoslanganiga doir nazariy xulosalardan folklor san’atining mohiyatini ochiqlashda 2022-2023-yillar “O‘zbek milliy qo‘shiq san’atini targ‘ib etishga bag‘ishlangan veb (elektron lug‘atlar) to‘plami yaratish” mavzusidagi F3-2019081663 raqamli fundamental loyihani bajarishda, xususan, “O‘zbek folklor san’ati terminlarining qisqacha o‘zbekcha-inglizcha-nemischa lug‘ati”ni yaratishda foydalanilgan (O’zbekiston davlat xoreografiya akademiyasining 2024-yil 5-dekabrdagi 01/04-146-son ma’lumotnomasi). Natijada loyihaga doir materiallarning mazmuni mukammallashtirilgan va ilmiy-amaliy dalillar bilan bilan boyitilgan.
kognitiv qatlam nazariyasi, assotsiativ maydon va freym semantikasi hamda milliy-madaniy konseptlar metodologik baza sifatida qo‘llanilgan; bu orqali “qo‘rquv” konseptining inson kognitiv ongidagi pozisiyasi (ichki dunyosi), uning psixoemotsional holatini aks ettirishdagi (psixologik holati va kechinmalari) funksional va lingvomadaniy jihatlari dalillanganiga doir ilmiy xulosalardan 2022-2023-yillarda O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston” teleradiokanalining “Bedorlik”, “Ijod zavqi”, “Ta’lim va taraqqiyot”, “Millat va ma’naviyat” dasturlari ssenariylarini yozishda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining 2024-yil 6-dekabrdagi 26-36-926-son ma’lumotnomasi). Natijada ushbu teleko‘rsatuv va radioeshittirishlar uchun tayyorlangan materiallarning mazmuni yanada takomillashgan va mazkur ilmiy natijalar tomoshabinlarning “qo‘rquv” konseptiga doir lisoniy birliklardan o‘rinli foydalanishlari uchun muhim ahamiyat kasb etgan.
Edgar Allan Poning “Asherlar uyining qulashi” va Nazar Eshonqulning “Sharpa” hikoyalarida qo‘llangan “qo‘rquv” konseptiga oid lisoniy birliklar orqali ikki tilning davr, muhit, milliy mentalitet va dunyoqarash xususiyatlaridagi farqlar tahlil qilingan; tadqiqot uchun tanlangan obektlarda qo‘llangan qo‘rquv konseptiga oid leksik, frazeologik va paremiologik birliklarning sinonimik, antonimik va omonimik munosabatlari, ularning assotsiativ maydoni shakllanish jarayonlarining matnda ta’siri isbotlanganiga oid xulosalardan O‘zbekiston Milliy universitetida 2020-2022-yillarda bajarilgan PZ-201709134-sonli “Filologiya yo‘nalishi bo‘yicha ingliz tili o‘rganishni baholash sifatining shakl va tamoyillari” mavzudagi amaliy loyihasi doirasidagi vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetining 2025-yil 24-iyundagi 04/11-7915-son ma’lumotnomasi). Natijada “qo‘rquv” konseptining kognitiv tilshunoslik sohasidagi ahamiyatini aniqlashda urf-odatlar, davr, yashash muhiti va milliy o‘ziga xoslik omillari o‘quvchilarning konseptga doir dunyoqarashlarini oshirishda muhim asos bo‘lib xizmat qilgan.