Jomardova Dilafruz Qahramonovnaning

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar. 
“Apellyativ leksikaning lingvomadaniy tadqiqi (o‘zbek va rus tillari tibbiyot reklama matnlari misolida)”, 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik.
Dissertatsiya ro‘yxatga olingan raqam: №B2022.4.PhD/Fil2938
Dissertatsiya bajarilgan muassasa: Buxoro davlat universiteti.
Ilmiy rahbar: Gafurov Baxtiyor Zakirovich, filologiya fanlari doktori, dotsent
 IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Turon universiteti,     PhD.03/2025.27.12. Fil.39.01   
Rasmiy opponentlar: Sharipova Aziza Abdumanapovna filologiya fanlari doktori, dotsent,  Nigmatova Lola Xamidovna filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori, professor. 
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat  universiteti. 
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi o‘zbek va rus tillaridagi tibbiyot reklama matnlari misolida apellyativ leksikaning lingvomadaniy xususiyatlarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
o‘zbek va rus tillaridagi tibbiyot atamalarining apellyativ leksik birlik sifatida qiyosiy tadqiqi ilk marta amalga oshirilib, qo‘llanilish doirasi va ifodalanish xususiyatlari aniqlangan;
ko‘rsatilayotgan sog‘liqni saqlash xizmatlari, dori-darmon mahsulotlari hamda nanotibbiyotga aloqador reklama e’lonlarida o‘zbek hamda rus tillari doirasida mavjud apellyativ lug‘at birliklarining foydalanish miqyosini ular qaysi mavzularga tegishli ekanligi tasniflangan holda tilshunoslik nuqtayi nazaridan ochib berilgan;
tibbiyotga oid xizmatlar hamda farmatsevtika vositalarining o‘zbekcha va ruschadagi reklama xususiyatli jumlalarida salbiy konotatsiyaga ega ma’naviy me’yorlarga zid va uyasizlikni ifodalovchi so‘zlar alohida holda ularning lisoniy-madaniy doirani ta’sirlantiradigan omillari bayon etildi hamda aksilreklama faktori sog‘liqni saqlash targ‘ibotlari nuqtayi nazaridan kontekstda paydo bo‘lishining zarur shartlari asoslangan;
sog‘liqni saqlash sohasiga tegishli reklama materiallarida apellyativ lug‘aviy-ma’noviy birliklarning qo‘llanilish chegarasi belgilab chiqilib, har ikki tilning milliy hamda madaniy jihatlari orqali mazkur tillarning umumiy o‘xshashliklari va differensial  tafovutlari dalillangan.
 IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Har ikki tilda voqelangan apellyativ leksikaga daxldor ligvomadaniy alomatlar bo‘yicha medisina jabhasiga tegishli reklama materiallari vositasida kuzatuvlar olib borilishi sababli shakllangan tegishli yakuniy to‘xtam va erishilgan ilmiy natijalarga ko‘ra:
 dissertatsiya ishining tadqiqiy natijalari hamda materiallari asosida davlatimiz tarafidan yo‘lga qo‘yilgan ilmiy-texnik dasturlar doirasida 2022-2023-yillarga mo‘ljallangan IL-21091506 – “O‘zbek ismlarining izohli imlo lug‘ati va mobil ilovasini yaratish” bo‘yicha amaliy loyiha doirasida foydalanilgan. Jumladan, dissertatsiyaning quyidagi ilmiy natijalaridan imlo lug‘ati mobil ilovasini yaratishda, ayrim apellyativ leksik birliklarning ma’nosini izohlashda foydalanildi; nanomedisina, dori-darmon mahsulotlari hamda medisina yo‘nalishidagi servis reklamalarining tegishli matnlarida kuzatilgan faollik miqyosidan milliy tilimiz va rus eli zabonida mavjud apellyativ lisoniy-lug‘aviy holatlarning tematik turkumlari, mazmun mundarijasi, shuningdek, tilshunoslik yo‘nalishidagi analiziga doir umumlashma yondashuv hamda yakuniy fikrlarning rolini yoritish vazifalariga tayanildi (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2025-yil 15-martdagi №01/4-953-son ma’lumotnomasi). Natijada loyiha mundarijasi kengauib, mazmuni mukammallashgan, ustiga-ustak, medisina ilmiga daxldor reklama jumlalarida apellyativ leksik birliklar ifoda topishi borasidagi teoretik qarashlar murakkablashuviga ham turtki bergan;
turkiy hamda sharqiy slavyan tillari guruhlariga mansub ikki zabonning leksik-semantik xazinasida uchraydigan tibbiy servis hamda dori-malham vositalarini reklama qilish jarayonida kuzatadiganimiz manfiy leksik namunalardan, boz ustiga, ushbu lisoniy hodisalar lingvomadaniy tusdagi ijtimoiy birlashmalarga ko‘rsatuvchi ta’sir faktorlarini maksimal yoritib, aksilreklama istilohining tibbiyot reklamalariga nisbatan kontekstual shakllanish omillarini isbotlaydigan xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Migratsiya agentligi Buxoro viloyati hududiy filialida fuqarolarning xorijda ishlash uchun ketishdan oldingi ko‘niktirish va tayyorgarlik darajalarini aniqlash maqsadida “Intensiv chet tili kurslari”, “Tanlangan mutaxassislik bo‘yicha professional treninglar”, “Madaniy moslashuv va xalqaro muloqot bo‘yicha mahorat darslari”, “Mehnat qonunchiligi va xorijdagi ishchilarning huquqlari bo‘yicha maslahatlar” kabi o‘quv dasturlar modullarining shakllantirilishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Migratsiya agentligi Buxoro viloyati hududiy filialining 2025-yil 8-sentyabr №02/25-00/03-53-son ma’lumotnomasi). Natijada fuqarolarning xorijiy tillarni, jumladan rus tilining yozma va og‘zaki shakllarini to‘liq o‘zlashtirish, xorijda ishlash uchun ketishdan oldingi ko‘niktirish hamda tayyorgarlik darajalarining ortishiga erishilgan;
o‘zbek va rus tillaridagi tibbiy istilohlarga daxldor apellyativ leksik birliklararo solishtirma izlanish, foydananilish miqyosi hamda ifodaviy jihatlar yuzasidan qo‘l urilgan o‘rganish va tahlillar natijalaridan Buxoro viloyati hokimligi huzuridagi fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari xodimlarinining malakasini oshirish bo‘yicha o‘quv kurslari tinglovchilari uchun mo‘ljallangan seminar mashg‘ulotlarini tashkillashtirish jarayonida foydalanilgan (Buxoro viloyati hokimligi huzuridagi fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari xodimlarinining malakasini oshirish bo‘yicha o‘quv kurslari markazining 2025-yil 22-may №145-son ma’lumotnomasi). Natijada tadqiqotchi tomonidan ilmiy ishda keltirilgan umumiy xulosalar, Buxoro viloyati, jumladan Buxoro shahridagi mavjud mahallalar xodimlarining davlat tilida ish yuritish bo‘yicha bilim va ko‘nikmalari kengaytirilib, ushbu mahallalarda joylashgan xususiy klinikalar tomonidan taqdim etilayotgan tibbiy xizmatlar reklama banerlaridagi orfografik va stilistik xatolar bartaraf etilgan;
mavzu bo‘yicha tadqiqot ishida keltirilgan tibbiyotga doir reklama matnlarida apellyativ leksikadan  foydalanish miqyosi, har ikki tildagi tibbiyot atamalarining apellyativ leksik birlik sifatida solishtirma o‘rganilishi mazkur tillarga xos individuallik bilan bir qatorda maqsad hamda vazifa ham bir-biriga muvofiq kelishi, ikkala tilda ham tibbiy terminlarning apellyativ leksik birlik sifatida shakllanish manbalari shu xalqlarning ijtimoiu hauoti, madaniuati, tarixi bilan bevosita bog‘liqligiga oid ilmiu-nazariu xulosalardan, o‘zbek va rus tillarining milliy-madaniy xususiyatlari orqali ushbu tillarning umumiy va xususiy qirralari o‘zaro chog‘ishtirilishiga doir nazariy hamda amaliy ahamiyatga ega dalillaridan Buxoro viloyati teleradiokompaniyasining “O‘zbekona”, “Dolzarb mavzu”, “Qadriyat, urf-odat va an’ana”, “Adabiyot darsi”, shuningdek, “Ma’naviyat gulshani”, “Qadriyatlar qadim beshigi” nomli radioeshittirishlarida 2023-2024 yillar davomida foydalanilgan (Buxoro viloyat teleradiokompaniyasining 2025-yil 12-mart №01-09-79-son ma’lumotnomasi). Natijada tadqiqotdagi ma’lumotlar milliu-ma’naviu merosni targ‘ib qilishga qaratilgan ko’rsatuvlar ssenariusini bouitishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish