Sayidova Muxtaram Xamidullaevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Ta’limni raqamlashtirish sharoitida bo‘lajak texnologiya o‘qituvchilarini kasbiy faoliyatga tayyorlash jarayonlarini takomillashtirish”.
13.00.01-Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.2.PhD/Ped9861
Ilmiy rahbar: texnika fanlari doktori (DSc), professor v/b Djumabaev G‘ulomjon Xalillaevich.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Chirchiq davlat pedagogika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Oliy ta’lim tizimi kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti, PhD.03/2025.27.12.Ped.33.01 raqamli ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Ismailova Zuxra Karabaevna pedagogika fanlari doktori, professor; Axrorova Umida Hamidullaevna pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: pedagogika. Nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi ta’limni raqamlashtirish sharoitida bo‘lajak texnologiya o‘qituvchilarini kasbiy faoliyatga tayyorlash jarayonlarini takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalarni nazariy asoslash, ishlab chiqish va ilmiy-metodik jihatdan asoslashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
ta’limni raqamlashtirish sharoitida bo‘lajak texnologiya o‘qituvchilarini tayyorlashning pedagogik imkoniyatlari kasbiy faoliyatga tayyorgarlik tuzilmasining motivatsion, kommunikativ, ijodiy, gnostik komponentlarini raqamli texnologiyalar bilan bevosita va bilvosita qayta aloqali munosabatni ta’minlash asosida bosqichma-bosqich kengaytirilgan;
ta’limni raqamlashtirish sharoitida bo‘lajak texnologiya o‘qituvchilarini kasbiy faoliyatga tayyorlash modeli raqamli kompetensiyalarning ustuvorligi hamda o‘quv-bilish faoliyat bosqichlarining ishlab chiqarish jarayoni bilan kvalimetrik bog‘liqligidan kelib chiqqan holda raqamli kompetensiyalarga Spin-off ustuvorlik berish asosida takomillashtirilgan;
ta’limni raqamlashtirish sharoitida bo‘lajak texnologiya o‘qituvchilarini kasbiy faoliyatga tayyorlash jarayonlari texnologik-integratsion, didaktik-kommunikatsion, raqamli-metodik resurslarni ta’limiy maqsadlarga mos muvofiqlashtirish hamda elektron ta’lim kontentlarini informal qayta ishlash, fikrlash va raqamli savodxonlik kompetensiyalarini bevosita hisobga olish asosida takomillashtirilgan;
ta’limni raqamlashtirish sharoitida bo‘lajak texnologiya o‘qituvchilarini kasbiy faoliyatga tayyorlash samaradorligi tanqidiy fikrlash, pedagogik-psixologik hamkorlik, sub’ekt-sub’ekt aloqadorlik tamoyillari hamda raqamli tendensiya va texnologiyalarga oid mantiqiy tasavvurlarni fikran sintezlash orqali maqbul diagnostik vositalar asosida aniqlashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ta’limni raqamlashtirish sharoitida bo‘lajak texnologiya o‘qituvchilarini kasbiy faoliyatga tayyorlash jarayonlarini takomillashtirish bo‘yicha o‘tkazilgan tadqiqot natijalar asosida:
ta’limni raqamlashtirish sharoitida bo‘lajak texnologiya o‘qituvchilarini tayyorlashning pedagogik imkoniyatlari kasbiy faoliyatga tayyorgarlik tuzilmasining motivatsion, kommunikativ, ijodiy, gnostik komponentlarini raqamli texnologiyalar bilan bevosita va bilvosita qayta aloqali munosabatni ta’minlash asosida bosqichma-bosqich kengaytirishga doir nazariy xulosa va amaliy tavsiyalar “Metrologiya, standartlashtirish va sertifikatsiyalashtirish” nomli darslik mazmuniga singdirilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Oliy ta’limni rivojlantirish tadqiqotlari markazining 2025-yil 19-maydagi 02/01-01-174-son ma’lumotnomasi). Natijada, ta’limni raqamlashtirish sharoitida bo‘lajak texnologiya o‘qituvchilarini kasbiy faoliyatga tayyorlashda pedagogik jarayonlarning yaxlitligi ta’minlangan;
ta’limni raqamlashtirish sharoitida bo‘lajak texnologiya o‘qituvchilarini kasbiy faoliyatga tayyorlash modeli raqamli kompetensiyalarning ustuvorligi hamda o‘quv-bilish faoliyat bosqichlarining ishlab chiqarish jarayoni bilan kvalimetrik bog‘liqligidan kelib chiqqan holda raqamli kompetensiyalarga Spin-off ustuvorlik berish asosida takomillashtirishga qaratilgan tavsiyalar “Robototexnika asoslari” nomli darslik mazmuniga singdirilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Oliy ta’limni rivojlantirish tadqiqotlari markazining 2025-yil 19-maydagi 02/01-01-174-son ma’lumotnomasi). Natijada, ta’limni raqamlashtirish sharoitida bo‘lajak texnologiya o‘qituvchilarini kasbiy faoliyatga tayyorlash modelini takomillashtirish imkoniyati kengaytirilgan;
ta’limni raqamlashtirish sharoitida bo‘lajak texnologiya o‘qituvchilarini kasbiy faoliyatga tayyorlash jarayonlari texnologik-integratsion, didaktik-kommunikatsion, raqamli-metodik resurslarni ta’limiy maqsadlarga mos muvofiqlashtirish hamda elektron ta’lim kontentlarini informal qayta ishlash, fikrlash va raqamli savodxonlik diagnostikasini bevosita hisobga olish asosida takomillashtirishga doir ilmiy-nazariy qarashlar “Oʻzbekiston” telekanalining “Munosabat” tok-shousi ssenariylarini yozishda foydalanilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston 24” ijodiy birlashmasi” davlat muassasasining 2025-yil 5-iyundagi 05-09-834-son ma’lumotnomasi). Natijada, ta’limni raqamlashtirish sharoitida bo‘lajak texnologiya o‘qituvchilarini kasbiy faoliyatga tayyorlashda axborotlashtirilgan ta’lim muhitini yaratish orqali ta’lim jarayonining ko‘rgazmaliligini va ta’limni tashkil etishni optimallashgan muhitini yaratishga xizmat qilgan;
ta’limni raqamlashtirish sharoitida bo‘lajak texnologiya o‘qituvchilarini kasbiy faoliyatga tayyorlash samaradorligi tanqidiy fikrlash, pedagogik-psixologik hamkorlik, sub’ekt-sub’ekt aloqadorlik tamoyillari hamda raqamli tendensiya va texnologiyalarga oid mantiqiy tasavvurlarni fikran sintezlash orqali maqbul diagnostik vositalar asosida aniqlashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar “Metrologiya, standartlashtirish va sertifikatsiyalashtirish” nomli darslik mazmuniga singdirilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Oliy ta’limni rivojlantirish tadqiqotlari markazining 2025-yil 19-maydagi 02/01-01-174-son ma’lumotnomasi). Natijada, ta’limni raqamlashtirish sharoitida bo‘lajak texnologiya o‘qituvchilarini kasbiy faoliyatga tayyorlash samaradorligini oshirishga erishilgan.