Mirzaev Diyorbek Azamjonovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Oliy ta’lim muassasalarida kredit-modul tizimi asosida mustaqil ta’limni tashkil qilish metodikasini takomillashtirish (Fizika fani misolida)”, 13.00.02–“Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi” (fizika).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.PhD/Ped6460
Ilmiy rahbar: Turdibaev Dilshod Xamidovich, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Guliston davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Jizzax politexnika instituti, PhD.03/2025.27.12.T.20.01.
Rasmiy opponentlar: pedagogika fanlari doktori, professor Himmataliev Doʻstnazar Omonovich, pedagogika fanlari doktori, professor Kurbanov Mirzaaxmad.
Yetakchi tashkilot: Namangan davlat texnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi oliy ta’lim muassasalarida kredit-modul tizimi asosida mustaqil ta’limni tashkil qilish metodikasini takomillashtirish boʻyicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Oliy ta’lim muassasalarida kredit-modul tizimi asosida fizika fanidan mustaqil ta’limni tashkil etish jarayoni ilmiylik, tizimlilik, individuallashtirish va modulli yondashuv kabi pedagogik tamoyillarni didaktik, metodik va texnologik aspektlari bilan muvofiqlashtirish asosida takomillashtirilgan;
kredit-modul tizimida fizika fanidan mustaqil ta’lim faoliyatini samarali tashkil etishning didaktik imkoniyatlari fizik jarayonlarni vizuallashtirish, interaktiv simulyasiyalar va virtual kontentlar yaratishda talabalarning o‘z-o‘zini baholash, vaqtni rejalashtirish, muammoli vaziyatlardan chiqish, tanqidiy va kreativ fikrlash kompetensiyalarini rivojlantirishga ustuvorlik berish asosida takomillashtirilgan;
oliy ta’lim muassasalarida kredit-modul tizimida fizika fanidan mustaqil ta’limni tashkil etish modeli refleksiv-pedagogik, kognitiv va faoliyatli yondashuv integratsiyasiga asoslangan holda talabaning mustaqillik, shaxsiy mas’uliyat, muammoli vaziyatlardan chiqish, tanqidiy va kreativ fikrlash kabi kompetensiyalarni rivojlantirishga yoʻnaltirilgan individual ta’lim traektoriyasini belgilash mexanizmi orqali takomillashtirilgan;
fizika fanidan mustaqil ta’lim jarayonini samarali tashkil etish metodikasi talabalarni kognitiv-amaliy, refleksiv-faoliyatli, intellektual-ijodiy va motivatsion mezonlar ishlab chiqish hamda o‘z-o‘zini boshqarish, baholash va nazorat qilish ko‘nikmalarini rivojlantiruvchi “Raqamli-mavzuli integrativ model” ishlab chiqish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Oliy ta’lim muassasalarida kredit-modul tizimida mustaqil ta’limni tashkil etish metodikasini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
Oliy ta’lim muassasalarida kredit-modul tizimi asosida fizika fanidan mustaqil ta’limni tashkil etish jarayoni ilmiylik, tizimlilik, individuallashtirish va modulli yondashuv kabi pedagogik tamoyillarni didaktik, metodik va texnologik aspektlari bilan muvofiqlashtirish asosida takomillashtirishga oid takliflar “Fizikadan tajriba namoyishlari yaratish va ko‘rsatish metodikasi” darslik mazmuniga singdirilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Guliston davlat universitetining 2025-yil 2-iyuldagi 130-O-sonli qarori asosida berilgan 130-29-raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada, oliy ta’lim muassasalari talabalarining mustaqil ta’limini tashkil qilish samaradorligi oshirishga erishilgan;
kredit-modul tizimida fizika fanidan mustaqil ta’lim faoliyatini samarali tashkil etishning didaktik imkoniyatlari fizik jarayonlarni vizuallashtirish, interaktiv simulyasiyalar va virtual kontentlar yaratishda talabalarning o‘z-o‘zini baholash, vaqtni rejalashtirish, muammoli vaziyatlardan chiqish, tanqidiy va kreativ fikrlash kompetensiyalarini rivojlantirishga ustuvorlik berish asosida takomillashtirishga oid takliflar “Fizikadan tajriba namoyishlari yaratish va ko‘rsatish metodikasi” darslik mazmuniga singdirilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Guliston davlat universitetining 2025-yil 2-iyuldagi 130-O-sonli qarori asosida berilgan 130-29-raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada, oliy ta’lim muassasalari talabalarining o‘z-o‘zini boshqarish, vaqtni rejalashtirish, muammoli vaziyatlardan chiqish, tanqidiy va kreativ fikrlash kompetensiyalarini rivojlantirishga erishilgan;
oliy ta’lim muassasalarida kredit-modul tizimida fizika fanidan mustaqil ta’limni tashkil etish modeli refleksiv-pedagogik, kognitiv va faoliyatli yondashuv integratsiyasiga asoslangan holda talabaning mustaqillik, shaxsiy mas’uliyat, muammoli vaziyatlardan chiqish, tanqidiy va kreativ fikrlash kabi kompetensiyalarni rivojlantirishga yoʻnaltirilgan individual ta’lim traektoriyasini belgilash mexanizmi orqali takomillashtirishga oid hamda fizika fanidan mustaqil ta’lim jarayonini samarali tashkil etish metodikasi talabalarni kognitiv-amaliy, refleksiv-faoliyatli, intellektual-ijodiy va motivatsion mezonlar ishlab chiqish hamda o‘z-o‘zini boshqarish, baholash va nazorat qilish ko‘nikmalarini rivojlantiruvchi “Raqamli-mavzuli integrativ model” ishlab chiqish asosida takomillashtirishga oid takliflar “Fizikadan tajriba namoyishlari yaratish va ko‘rsatish metodikasi” darslik mazmuniga singdirilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Guliston davlat universitetining 2025-yil 2-iyuldagi 130-O-sonli qarori asosida berilgan 130-29-raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada, oliy ta’lim muassasalarida kredit-modul tizimida fizika fanidan mustaqil ta’limni tashkil etish modeli takomillashtirilgan hamda kredit-modul tizimida mustaqil ta’limni tashkil etish metodikasi “Raqamli-mavzuli integrativ model” ishlab chiqish orqali takomillashtirishga erishilgan.