Hamroev  Rustam  Rasulovichning falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqidagi e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Bo‘lajak mutaxassislarni tayyorlashda innovatsion texnologiyalardan foydalanish metodikasini takomillashtirish” 13.00.02 –Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi(pedagogika)
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: V 2022.4.PhD/Ped.4217 
Ilmiy rahbar: Kurbanova Gulnoz Negmatovna, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti, 
PhD. 03/2025.27.12.Ped.08.04 
Rasmiy opponentlar: Nurullaeva Shaxlo O‘ktamovna, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor; Murodova Feruza Rashidovna pedagogika fanlari doktori (DSc), professor 
Yetakchi  tashkilot: Andijon davlat tibbiyot instituti
Dissertatsiya yo‘nalishi nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi bo‘lajak mutaxassislarni tayyorlashda innovatsion texnologiyalardan foydalanish metodikasini takomillashtirishdan iborat
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bo‘lajak mutaxassislarni tayyorlash jarayonida innovatsion texnologiyalarni tatbiq etishning pedagogik tamoyillari virtual intellektual muhit, masofadan ta’lim va ta’lim jarayonini boshqarish tizimlari texnologiyalari asosida talabalarning kreativ kompetentlik madaniyatini, tanqidiy mulohaza yuritish salohiyatini hamda axborot-kommunikativ kompetensiyalarini mobil va veb-dasturlar vositasida rivojlantirishning metodologik imkoniyatlari tizimli o'rganilgan;
bo‘lajak mutaxassislarning kasbiy malakasini oshirishda innovatsion texnologik yondashuvlardan foydalanishning o'ziga xos xususiyatlari kompetensiyaviy konsepsiya darajasini diagnostika qilishga qaratilgan tajriba-sinov tadqiqotlarini strategik loyihalash va ko'rsatkichlarni maqsadli qo'llashning didaktik hamda uslubiy normalariga muvofiqlashtirish yo'li bilan aniqlangan;
bo‘lajak mutaxassislarni shakllantirishda innovatsion texnologiyalardan foydalanishning ilmiy-metodologik mazmuni talabaning kognitiv faolligini kuchaytirish, refleksiv va tanqidiy tafakkurni rag'batlantiradigan "Sun'iy intellekt - Talaba - O'qituvchi" uchburchak tizimining didaktik modeli taqdim etilishi asosida takomillashtirilgan;
bo‘lajak mutaxassislarni tayyorlashda innovatsion texnologiyalardan foydalanish metodikasi virtual muhitdagi faoliyatni haqiqiy kasbiy standartlar negizida baholash mezonlarini joriy etish hamda talabalarning faoliyatchanligi, kommunikativligi, axborot kompetentligi, o'z-o'zini takomillashtirishi va mantiqiy tafakkur yo'nalishiga adaptiv tarzda moslashtirish jarayonining pedagogik strukturaviy elementlarini innovatsion faoliyatga tayyorlash mexanizmini ta’minlash orqali takomillashtirilgan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Bo‘lajak mutaxassislarni tayyorlashda innovatsion texnologiyalardan foydalanish metodikasini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
bo‘lajak mutaxassislarni tayyorlash jarayonida innovatsion texnologiyalarni tatbiq etishning pedagogik tamoyillari virtual intellektual muhit, masofadan ta’lim va ta’lim jarayonini boshqarish tizimlari texnologiyalari asosida talabalarning kreativ kompetentlik madaniyatini, tanqidiy mulohaza yuritish salohiyatini hamda axborot-kommunikativ kompetensiyalarini mobil va veb-dasturlar vositasida rivojlantirishning metodologik imkoniyatlari tizimli o'rganishga oid takliflardan FZ-202001829 sonli “Talaba yoshlar ilmiy faoliyatini monitoring qilishning dasturiy ta’minotini yaratish” mavzusidagi amaliy loyihani bajarishda foydalanilgan. (O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vazirligining 2023-yil 29-noyabrdagi 05-38/27827-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, talabalarning “Ta’limda axborot texnologiyalari” fanini o‘zlashtirish samaradorligi o‘shirilgan hamda o‘qitish metodikasini takomillashtirishga erishilgan;
bo‘lajak mutaxassislarning kasbiy malakasini oshirishda innovatsion texnologik yondashuvlardan foydalanishning o'ziga xos xususiyatlari kompetensiyaviy konsepsiya darajasini diagnostika qilishga qaratilgan tajriba-sinov tadqiqotlarini strategik loyihalash va ko'rsatkichlarni maqsadli qo'llashning didaktik hamda uslubiy normalariga muvofiqlashtirish yo'li bilan aniqlashga doir tavsiyalar asosida 6910100-Davolash ishi, 6910300-Pediatriya ishi, 6910400-Tibbiy profilaktika ishi va 6910600-Tibbiy-biologik ish yo‘nalishlarida “Tibbiyotda axborot texnologiyalari” nomli darslik yaratilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining  2022-yil, 13-maydagi 166-son buyrug‘iga asosan berilgan nashr ruxsatnomasi). Natijada, bo‘lajak mutaxassislarning faoliyati davomida innovatsion texnologiyalardan foydalangan holda kasbiy ko‘nikmasini oshirish imkoniyati muayyan darajada oshdi;
bo‘lajak mutaxassislarni shakllantirishda innovatsion texnologiyalardan foydalanishning ilmiy-metodologik mazmuni talabaning kognitiv faolligini kuchaytirish, refleksiv va tanqidiy tafakkurni rag'batlantiradigan "Sun'iy intellekt - Talaba - O'qituvchi" uchburchak tizimining didaktik modeli taqdim etilishi asosida takomillashtirish tavsiyalaridan 60910400-Tibbiy profilaktika, 60910600-Tibbiy biologik ish yo‘nalishi talabalari uchun tayyorlangan “Tibbiyotda axborot texnologiyalari fanini o‘qitishning innovatsion metodlari” nomli o‘quv qo‘llanmani tayyorlashda foydalanilgan. (Abu Ali ibn sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot institutining 2023-yil, 29-dekabrdagi 1-A/659-son buyrug‘i, № G.Q.-0172 – guvohnoma). Natijada, mazkur darslik mazmuni yangicha yondashuvlar asosida boyitildi, o‘quv qo‘llanmaning jozibadorligini oshishiga erishildi;
bo‘lajak mutaxassislarni tayyorlashda innovatsion texnologiyalardan foydalanish metodikasi virtual muhitdagi faoliyatni haqiqiy kasbiy standartlar negizida baholash mezonlarini joriy etish hamda talabalarning faoliyatchanligi, kommunikativligi, axborot kompetentligi, o'z-o'zini takomillashtirishi va mantiqiy tafakkur yo'nalishiga adaptiv tarzda moslashtirish jarayonining pedagogik strukturaviy elementlarini innovatsion faoliyatga tayyorlash mexanizmini ta’minlash orqali takomillashtirilgan takliflar asosida 01.04.2020-31.03.2022-yillarda O‘zbekiston Milliy universitetida bajarilgan “Talaba yoshlar ilmiy faoliyatini monitoring qilishning dasturiy ta’minotini yaratish” mavzusidagi amaliy loyihani bajarishda foydalanilgan. (Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetining 22-noyabrdagi 2023-yildagi 04/11-8241-sonli ma’lumotnomasi) Natijada, bo‘lajak mutaxassislarni tayyorlashda innovatsion  texnologiyalardan foydalanish orqali talabalarning kasbiy rivojlantirishning pedagogik-psixologik xususiyatlari asosida shifokor va bemor o‘zaro munosabatlarining axborotlashtirilgan tizimini yaratishni o‘rganish samaradorligi oshdi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish