Xabibullaeva Shaxlo Ulmesovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Bo‘lajak maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyachilarining ijtimoiy faolligini rivojlantirishning pedagogik imkoniyatlari”, 13.00.01–Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: 2024.2.PhD/Ped7318
Ilmiy tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti
Ilmiy rahbar: Ibragimova Gulsanam Nematovna pedagogika fanlari doktori(DSc), professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktor va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti, PhD.01/2025.27.12.Ped.07.01.
Rasmiy opponentlar: Xudayberdieva Shoxida Komiljonovna - pedagogika fanlari doktori (DSc), professor; Esanov Muzaffar Xoshimovich - pedagogika fanlari doktori (DSc), professor.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Bo‘lajak maktabgacha ta’lim tashkliloti tarbiyachilarining ijtimoiy faolligini rivojlantirishning pedagogik imkoniyatlari bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bo‘lajak tarbiyachilar ijtimoiy faolligini rivojlantirishda ijtimoiy muhit komponentlarini (motivatsion-kognitiv, faoliyatli-kreativ va hissiy-barqaror) tahrirlash, pedagogik monitoring va raqamli ta’lim texnologiyalariga ko‘ra obektiv va subektiv ta’sir darajasi takomillashtirilgan;
bo‘lajak tarbiyachilarning ijtimoiy faolligini rivojlantirishning pedagogik imkoniyatlari subekt–subekt munosabatlaridagi motivatsion-affilyativ jihatlarga ko‘ra axborot-raqamli, ijodiy-innovatsion, refleksiv-transformatsion xususiyatlarni “talaba-mentor” faoliyati orqali motivlashuvi asosida aniqlashtirilgan;
bo‘lajak tarbiyachilarining ijtimoiy faolligini rivojlantirish modeli ta’lim va ta’limdan tashqari jarayonda “Talaba-mentor” (talaba talabaga ustoz) faoliyatini yo‘lga qo‘yish orqali ularning ijtimoiy faolligi rivojlantirilgan;
bo‘lajak tarbiyachilar bajargan topshiriqlarini ta’lim platformalariga joylash orqali xorijiy talabalar bilan platformali diskus hamda akademik ma’lumot almashinishga ko‘ra raqamli ta’lim muhitining mediatsion-refleksiv pedagogik imkoniyatlari kengaytirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Bo‘lajak maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyachilarining ijtimoiy faolligini rivojlantirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
Bo‘lajak tarbiyachilarda ijtimoiy faollikni rivojlantirish imkoniyatlarining pedagogik-psixologik xususiyatlari ijtimoiy faollikning tarkibiy asoslarini (kognitiv, emotsional, dunyoqarash va xulq-atvor, qiziqish va ehtiyojlarni inobatga olish, hamkorlik, subektivlik, erkin tanlov) kasbiy sifatlar (insonparvarlik, tashabbusni qo‘llab quvvatlash, o‘zaro hurmat, fidoiylik, mas’uliyatlilik, ishbilarmonlik), shaxsiy ijtimoiy tajriba va pozisiya bilan aloqadorligini empirik baholashga oid ma’lumotlardan Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 438-son buyrug‘i 1-ilovasi bilan tasdiqlangan “Tarbiya fanini o‘qitish metodikasi” nomli o‘quv qo‘llanmani ishlab chiqishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2023-yil 29-sentyabrdagi 438430-son ma’lumotnomalari). Natijada bo‘lajak tarbiyachilarda ijtimoiy faollikni rivojlantirish bo‘yicha ijtimoiy-tarbiyaviy faoliyatni rivojlantirish bo‘yicha ilg‘or tajribalardan foydalanish darajasini oshirishga erishilgan;
bo‘lajak tarbiyachilarning ijtimoiy—pedagogik moslashuv bosqichlarini (mazmunli-operatsion, ijtimoiy-motivatsion, emotsional-irodaviy) ijtimoiy faollikni belgilab beruvchi ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy-axloqiy bilimlar, shaxsiy ijtimoiy tajriba, mustaqillik, mas’uliyatlilik, tashabbuskorlik, tashkilotchilik mezonlarini amaliy-kasbiy faoliyat tuzilmasi bilan retrospektiv davriylik hamda jamiyat talablariga muvofiq takomillashtirishga yo‘naltirilgan ilg‘or g‘oyalaridan Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 281-son buyrug‘i 1-ilovasi bilan tasdiqlangan “Ijtimoiy pedagogika” o‘quv qo‘llanmasini ishlab chiqishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2023-yil 29-sentyabrdagi 194-son ma’lumotnomalari). Natijada bo‘lajak tarbiyachilarda ijtimoiy faollik ko‘nikmalarini shakllantirishga yo‘naltirilgan faoliyat samaradorligiga erishilgan;
bo‘lajak tarbiyachilarda ijtimoiy faollikni rivojlantirish imkoniyatlaridan foydalanishga yo‘naltirilgan didaktik modelning amaliy komponenti ta’limni sifat jihatdan oshirish, ijtimoiy faollik ko‘nikmalari va kasbiy kompetensiyalarni tarkib toptirish, ta’limiy va tarbiyaviy jarayonlarni ta’sirchanligini oishirish, bo‘lajak tarbiyachilarda faol fuqarolik pozisiyasini bosqichma-bosqich rivojlantirishning ijtimoiy-pedagogik imkoniyatlaridan foydalanishga qaratilgan ilmiy nazariy manbalardan Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 218-son buyrug‘i 1-ilovasi bilan tasdiqlangan “Pedagogik testologiya” nomli darslikni ishlab chiqishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2024-yil 25-iyundagi 
218-son ma’lumotnomalari). Natijada bo‘lajak tarbiyachilarda ijtimoiy faollikni rivojlantirish imkoniyatlaridan samarali foydalanish traektoriyalaridan ijtimoiy faollik ko‘nikmalarini rivojlantirishda samaradorlikni oshirish asosida foydalanilgan;
bo‘lajak tarbiyachilarni ijtimoiy faolligini rivojlantirish imkoniyatlari onglilik, faollik va mustaqillik, izchillik va tizimlilik, differensiallik, ijtimoiy yo‘nalganlik, qadriyatli yondashuv hamda integrativlik tamoyillari, shuningdek, bo‘lajak tarbiyachi shaxsini qo‘llab quvvatlashga doir yondashuvlarga tayanilgan holda o‘quv-tarbiya jarayonida mini ma’ruzalar, refleksiv mashqlar, seminar-treninglar, davra suhbatlarini tatbiq etish asosida ishlab chiqilgan takliflardan Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 438-son buyrug‘i 1-ilovasi bilan tasdiqlangan “Ijtimoiy pedagogika” o‘quv qo‘llanmasini ishlab chiqishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2023-yil 29-sentyabrdagi 438429-son ma’lumotnomalari). Natijada talabalarda ijtimoiy faollikni rivojlantirish bo‘yicha tarbiyaviy faoliyatni tashkil etishning amaliy ahamiyatlilik darajasini oshirishga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish