Ergashev Nodir Erniyazovichning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Kasbiy ta’lim tashkilotlarida zamonaviy boshqaruv modellari asosida ta’lim sifatini oshirish mexanizmlarini takomillashtirish”, 13.00.07 – Ta’limda menejment (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.4.PhD/Ped11225
Ilmiy rahbar: Xudayberdiev Zayniddin Yavkachevich – iqtisod fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Kasbiy ta’limni rivojlantirish instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi: Kasbiy ta’limni rivojlantirish  instituti huzuridagi fan doktori ilmiy darajasini beruvchi DSc.02/2025.27.12.Ped.01.01
Rasmiy opponentlar: Abdullaeva Nafisa Shavkatovna, pedagogika fanlari doktori, professor; Ismoilova Zuhra Karabaevna pedagogika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti. 
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy va nazariy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi: Zamonaviy boshqaruv modellari asosida kasbiy ta’lim tashkilotlaridagi ta’lim sifatini oshirish mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iboratdir. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
kasbiy ta’lim tashkilotlarida ta’lim sifati tushunchasining nazariy-metodologik asoslarini tizimli tahlil qilish orqali ta’lim sifati va boshqaruv samaradorligini o‘zaro uyg‘unlashtiruvchi mezonlar majmuasi aniqlangan hamda ularni zamonaviy boshqaruv modellariga integratsiyalash asosida takomillashtirilgan;
kasbiy ta’lim tashkilotlarida strategik menejmentga asoslangan boshqaruv modeli maqsadli, funksional, tashkiliy, monitoring va tahliliy komponentlar asosida takomillashtirilib, ularning har biriga oid indikatorlar orqali ta’lim sifati boshqaruvining zamonaviy yondashuvlari tizimlashtirilgan;
kasbiy ta’limda zamonaviy boshqaruv modellariga tayangan holda ta’lim sifatini ichki va tashqi baholash mexanizmlarini takomillashtirishga asoslangan, kasbiy ta’lim tashkilotlarida hisobdorlikni oshirish, manfaatdor tomonlar o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlikni institutsionallashtirish hamda doimiy rivojlanishga yoʻnaltirilgan boshqaruv tizimini joriy etishga qaratilgan ilmiy-amaliy takliflar ishlab chiqilgan; 
modelining samaradorligini baholovchi mezon va ko‘rsatkichlar majmuasi ishlab chiqilib, ular asosida ta’lim sifatini va boshqaruv faoliyati natijadorligini aniqlash imkonini beruvchi indikatorlar tizimi takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Kasbiy ta’lim tashkilotlarida zamonaviy boshqaruv modellari asosida ta’lim sifatini oshirish mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha o‘tkazilgan tadqiqotlar natijalari asosida:
kasbiy ta’lim tashkilotlarida ta’lim sifati tushunchasining nazariy-metodologik asoslari, ta’lim sifati va boshqaruv samaradorligini o‘zaro uyg‘unlashtiruvchi mezonlar majmuasi hamda ularni zamonaviy boshqaruv modellariga integratsiyalashga oid takliflar kasbiy ta’lim tashkilotlari rahbar kadrlarining malakasini oshirish kurslari o‘quv dasturlari mazmuniga kiritilgan (Professional ta’limni rivojlantirish institutining 2025-yil 2-oktyabrdagi 02/08-1145-sonli ma’lumotnomasi). Natijada malaka oshirish kurslarining o‘quv-metodik ta’minoti takomillashtirilgan, rahbar kadrlarning kasbiy ta’lim sifati, ta’lim sifatini boshqarish bo‘yicha nazariy bilim, ko‘nikma va kompetensiyalari, kommunikatsiya va liderlik ko‘nikmalari rivojlantirilgan;
kasbiy ta’lim tashkilotlarida ta’lim sifati boshqaruvining zamonaviy yondashuvlarini tizimlashtirishga oid takliflardan  O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 16-oktyabrdagi “Kasbiy ta’limda malakali kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish va xalqaro ta’lim dasturlarini joriy qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida” PF–158-son Farmoni loyihasini ishlab chiqishda foydalanilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-yil 8-avgustdagi 
№03/17-2668-sonli ma’lumotnomasi). Natijada kasbiy ta’lim tashkilotlarining rahbarlik lavozimlariga strategik rejalashtirish va rivojlantirish ko‘nikmalariga ega nomzodlarni saralash tizimi amaliyotga joriy etilgan;
kasbiy ta’limda zamonaviy boshqaruv modelining samaradorligini baholovchi mezon va ko‘rsatkichlar majmuasini ishlab chiqish asosida ta’lim sifatini va boshqaruv faoliyati natijadorligini aniqlash imkonini beruvchi indikatorlar tizimini belgilashga oid takliflardan Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 6-avgustdagi 498-son qarorining 1-ilovasi bilan tasdiqlangan “O‘rta maxsus, kasbiy, oliy va oliy ta’limdan keyingi ta’lim, shuningdek, kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tashkilotlarini kompleks hamda maxsus davlat akkreditatsiyasidan o‘tkazish tartibi to‘g‘risida Nizom” loyihasini ishlab chiqishda foydalanilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-yil 8-avgustdagi №03/17-2668-sonli ma’lumotnomasi). Natijada kasbiy ta’lim tashkilotlarining ichki va tashqi baholash tizimi yoʻlga qo‘yilgan;
kasbiy ta’lim tizimida zamonaviy boshqaruv modellariga tayangan holda ta’lim sifatini ichki va tashqi baholash mexanizmlarini takomillashtirishga qaratilgan ilmiy-amaliy takliflar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 5-maydagi “Ta’lim sifatini ta’minlash va ta’lim xizmatlari ko‘rsatish tizimini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF–76-son Farmoni mazmuniga kiritilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-yil 
8-avgustdagi №03/17-2668-sonli ma’lumotnomasi). Natijada xalqaro standartlar asosida kasbiy ta’lim tashkilotlarida  ta’lim sifatni tashqi baholash mexanizmlarini takomillashtirishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish