Musaeva Umida Ruxilloevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i):
“Kasbiy ta’lim tashkilotlarida o‘quvchilarni kasbiy kompetensiyalarini baholash metodikasini takomillashtirish” 13.00.05 – Kasb – hunar ta’limi nazariyasi va metodikasi).
Dissertatsiya mavzusi roʻyxatga olingan raqam: B2021.1.PhD/Ped 2354
Ilmiy rahbar: Qo‘chqarov Diyorbek Ulug‘bekovich,-pedagogika fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Kasbiy ta’limni rivojlantirish instituti.
IK faoliyat koʻrsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi: Kasbiy taʻlimni rivojlantirish instituti, bir martalik DSc.02/2025.27.12.Ped.01.01 raqamli Ilmiy kengash
Rasmiy opponentlar: Urazova Marina Batirovna, pedagogika fanlari doktori, professor;
Ro‘zimetova Noval Vaxabjanovna, pedagogika fanlari doktori, dotsent
Yetakchi tashkilot: Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy va nazariy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Kasbiy ta’lim tashkilotlarida o‘quvchilarni kasbiy kompetensiyalarini baholash metodikasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
kasbiy ta’lim tashkilotlarida o‘quvchilarning kasbiy kompetensiyalarini baholashning pedagogik shart-sharoitlari faoliyatli, kompetensiyaviy va akmeologik yondashuvlar asosida hamda ta’lim muhitining axborot-didaktik, motivatsion, refleksiv va boshqaruv komponentlarini qamrab olgan integrativ pedagogik tizim negizida takomillashtirilgan;
kasbiy ta’lim tashkilotlari o‘quvchilarining kasbiy kompetensiyasini baholashning didaktik modeli maqsadli, mazmunli, texnologiyaviy va natijaviy komponentlarning o‘zaro funksional bog‘liqligini ta’minlovchi arxitekturani yaratish hamda baholash jarayonida fidbek, refleksiv tahlil va raqamli muhit imkoniyatlarini integratsiya qilish asosida takomillashtirilgan;
kasbiy ta’lim tashkilotlari o‘quvchilarining kasbiy kompetensiyalarini baholash metodikasi faoliyatning amaliy traektoriyasiga asoslangan holda “bosqichli amaliy baholash tizimi (BABT)”ni joriy etish, elektron portfolio va raqamli fidbek platformalarini qo‘llash, shaxsiy rivojlanishni monitoring qilish va baholashni interfaol usullar bilan uyg‘unlashtirish orqali takomillashtirilgan;
mezon–ko‘rsatkich–daraja (MKD) tizimi asosida kasbiy ta’lim tashkilotlari o‘quvchilarining kasbiy kompetensiyalarini baholash darajalari, mezonlari va ko‘rsatkichlari kognitiv, amaliy
va ijtimoiy-refleksiv parametrlar kesimida ilmiy jihatdan ishlab chiqilib, ularni fidbek, refleksiv tahlil va raqamli diagnostika vositalari bilan integratsiya qilish asosida baholash jarayonining xolisligini ta’minlovchi ilmiy-amaliy mexanizm takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Kasbiy ta’lim tashkilotlarda o‘quvchilarning kasbiy kompetensiyalarini baholash metodikasini takomillashtirish bo‘yicha natijalari asosida:
Kasbiy ta’lim tashkilotlarida o‘quvchilarning kasbiy kompetensiyalarini baholashning pedagogik shart-sharoitlarini takomillashtirishga oid taklif va tavsiyalar asosida ta’lim jarayonida fidbek, refleksiv tahlil va raqamli muhit imkoniyatlarini integratsiya qilgan holda baholashning pedagogik tizimi ishlab chiqilib, amaliyotga joriy etilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-yil 5-sentyabrdagi №03/11-3438-sonli ma’lumotnomasi). Natijada kasbiy ta’lim jarayonida kompetensiyaviy yondashuvni amalga oshirish uchun ilmiy-metodik asos yaratilgan;
Kasbiy ta’lim tashkilotlarida o‘quvchilarning kasbiy kompetensiyalarini baholashning didaktik modelini takomillashtirishga oid taklif va ilmiy tavsiyalar asosida maqsadli, mazmunli, texnologiyaviy va baholash-natijaviy komponentlar uyg‘unligidagi “integrativ didaktik baholash modeli” yaratilgan va o‘quv jarayonida sinovdan o‘tkazilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-yil 5-sentyabrdagi №03/11-3438-sonli ma’lumotnomasi). Natijada ta’lim jarayonida baholashning ilmiy-amaliy tizimi shakllantirilgan;
Kasbiy ta’lim tashkilotlari o‘quvchilarining kasbiy kompetensiyalarini baholash metodikasini takomillashtirish bo‘yicha amaliy takliflar asosida “Bosqichli amaliy baholash tizimi (BABT)”ni joriy etish hamda e-portfolio va raqamli fidbek orqali shaxsiy rivojlanishni baholash metodikasi ishlab chiqilib, tajriba-sinov ishlarida samarali ekanligi isbotlangan (Oliy ta’lim, fan
va innovatsiyalar vazirligining 2025-yil 5-sentyabrdagi №03/11-3438-sonli ma’lumotnomasi). Natijada o‘quvchilarda faoliyat izchilligi va kasbiy mas’uliyat darajasi oshgan;
Kasbiy kompetensiyalarni baholash darajalari, mezonlari va ko‘rsatkichlarini ishlab chiqishga oid takliflar asosida “mezon–ko‘rsatkich–daraja (MKD)” tizimi ishlab chiqilib, pedagogik fidbek va raqamli diagnostika vositalari bilan uyg‘unlashtirilgan holda ta’lim jarayoniga joriy etilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-yil 5-sentyabrdagi
№03/11-3438-sonli ma’lumotnomasi). Natijada baholash jarayonining xolisligi va ta’lim sifatini boshqarishning samaradorligi oshgan.