Nizomova Mohinur Baratboevnaning filologiya fanlari doktori (DSc) 
dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi):“Pedagogikaga oid terminlar rivojlanishida sotsiolingvistik va pragmalingvistik yondashuv (ingliz va o‘zbek tillari misolida)” 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik.
 Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.DSc/Fil718 
Ilmiy maslahatchi Paluanova Xalifa Dariboevna, filologiya fanlari doktori, dotsent. 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qarshi davlat universiteti. 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi.
IK raqami: Qarshi davlat universiteti, DSc 03/2025.27.12.Fil.11.05. 
Rasmiy opponentlar: filologiya fanlari doktori, professor Tojieva Gulbahor Namozovna; filologiya fanlari doktori, professor Otaboev Nozimjon Bobojonovich; filologiya fanlari doktori, professor Teshaboeva Ziyoda Qodirovna.
Yetakchi tashkilot: Termiz davlat universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi ingliz va o‘zbek tillarida pedagogikaga oid terminlar rivojlanishida sotsiolingvistik va pragmalingvistik yondashuv tamoyillarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
ingliz va o‘zbek tillaridagi pedagogikaga oid terminlarning sotsiolingvistik jihatlari ijtimoiy-tarixiy hamda lisoniy-madaniy omillar ta’sirida shakllangani, ularning mazmuni tilni ishlatuvchi millat madaniyati va mafkurasi bilan belgilanishi zamonaviy global infratuzilma sharoitida madaniyatlararo va fanlararo kommunikatsiya jarayonlari kontekstida pedagogika terminologiyasini integrativ ilmiy fenomen sifatida tahlil qilish asosida yoritilib, jamiyatning eng faol qatlamlari bo‘lgan ayollar va yoshlar nutqida mazkur terminlarning qo‘llanish samaradorligi dalillangan;
ingliz va o‘zbek tillari pedagogika termin tizimida insonning kognitiv faoliyati natijalari lisoniy shaklga ko‘chishi jarayonida shakllangan “o‘zlik” va “o‘zlashganlik” qatlamlari, xususan pragmatik o‘zlashmalar hamda neologizmlar pragmalingvistik talqinda sinonimiya va polisemiya qonuniyatlari bilan uzviy bog‘liqligi, ularning semantik hajmi va kommunikativ vazifasi nutqiy vaziyat omillari ta’sirida faollashishi aniqlangan;
turli tizimli tillarda pedagogik terminlarning diskursiv muhitda voqelanishida ekstralingvistik omillarning ustuvorligi (kommunikativ maqsad, pragmatik yo‘naltirilganlik, madaniy-ijtimoiy kontekst, ijtimoiy tabaqalanish, madaniy moslashuvchanlik), struktur-semantik belgilar hamda sintaktik va formal-lingvistik ko‘rsatkichlarning ikkilamchi funksional maqomi aniqlangan;
qiyoslanayotgan tillarda pedagogika terminologiyasining leksikografik portret yaratish tajribasida PTL ekspress tushunchalar; PTL ma’lum darajada barqarorlikka ega; PTL komponentlari o‘zining bevosita nominativ ma’nosini saqlab qolish kabi funksiyalarning birlamchi qiymat kasb etishi asoslangan;
har ikkala til kommunikativ jarayonida voqelanadigan pedagogik til kontakti tushunchasi shakl va mazmun chegaralarining funksional dinamizmi kommunikativ effektivlik, terminologiyaning standartliligi, kontekstual moslashuv tamoyillari negizida sodir bo‘lishi isbotlangan;
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ingliz va o‘zbek tillari pedagogikaga oid terminlar rivojlanishida sotsiolingvistik va pragmalingvistik yondashuv tadqiqi jarayonida olingan natija va xulosalar asosida:
ingliz va o‘zbek tillaridagi pedagogikaga oid terminlarning sotsiolingvistik jihatlari ijtimoiy-tarixiy hamda lisoniy-madaniy omillar ta’sirida shakllangani, ularning mazmuni tilni ishlatuvchi millat madaniyati va mafkurasi bilan belgilanishi zamonaviy global infratuzilma sharoitida madaniyatlararo va fanlararo kommunikatsiya jarayonlari kontekstida pedagogika terminologiyasini integrativ ilmiy fenomen sifatida tahlil qilish asosida yoritilib, jamiyatning eng faol qatlamlari bo‘lgan ayollar va yoshlar nutqida mazkur terminlarning qo‘llanish samaradorligiga oid nazariy xulosalardan Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida 2020-2023 yillarda bajarilgan AM-F3-201908172 “O‘zbek tilining ta’limiy korpusini yaratish mavzusi” mavzusidagi loyihani bajarishda foydalanilgan (Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2024-yil 26-avgustdagi №04/01-2188-son ma’lumotnomasi). Natijada ushbu tadqiqot va unda keltirilgan ilmiy-yangiliklar, tavsiyalar loyiha ishlanmalarining takomillashishiga xizmat qilgan;
ingliz va o‘zbek tillari pedagogika termin tizimida insonning kognitiv faoliyati natijalari lisoniy shaklga ko‘chishi jarayonida shakllangan “o‘zlik” va “o‘zlashganlik” qatlamlari, xususan pragmatik o‘zlashmalar hamda neologizmlar pragmalingvistik talqinda sinonimiya va polisemiya qonuniyatlari bilan uzviy bog‘liqligi, ularning semantik hajmi va kommunikativ vazifasi nutqiy vaziyat omillari ta’sirida faollashuviga oid nazariy xulosalardan Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida F3-201912258 “O‘zbek adabiyotining ko‘p tilli (o‘zbek, rus, ingliz tillarida) elektron platformasini yaratish” mavzusidagi loyihani bajarishda foydalanilgan (Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2024-yil 26-avgustdagi №04/01-2189-son ma’lumotnomasi). Natijada soha terminlarning leksikografik ta’riflarini ishlab chiqish va baholash asosida terminlarning amaliy qo‘llanilishi, ularning lesikografik yondashuvlar bilan integratsiya qilinishining ko‘rsatilganligi to‘g‘risidagi tavsiyalar asosiy manbalardan biri bo‘lib xizmat qilgan;
turli tizimli tillarda pedagogik terminlarning diskursiv muhitda voqelanishida ekstralingvistik omillarning ustuvorligi (kommunikativ maqsad, pragmatik yo‘naltirilganlik, madaniy-ijtimoiy kontekst, ijtimoiy tabaqalanish, madaniy moslashuvchanlik), struktur-semantik belgilar hamda sintaktik va formal-lingvistik ko‘rsatkichlarning ikkilamchi funksional maqomi ekanligiga oid xulosalardan Samarqand davlat chet tillar institutida 2022-2024 yillarda amalga oshirilgan AQSh elchixonasi hamda Amerika Kengashi hamkorligida moliyalashtiriladigan “English Access Microscholarship Program” nomli xorijiy loyihada foydalanilgan (Samarqand davlat chet tillar institutining 2024-yil 17-avgustdagi №1573/02-son ma’lumotnomasi). Natijada ingliz va o‘zbek tillarida “pedagogik nutq” tushunchasi tasniflangan va uni pragmalingvistik xususiyatlarini o‘rganish imkoniyatlari kengaygan;
qiyoslanayotgan tillarda pedagogika terminologiyasining leksikografik portret yaratish tajribasida PTL ekspress tushunchalar; PTL ma’lum darajada barqarorlikka ega; PTL komponentlari o‘zining bevosita nominativ ma’nosini saqlab qolish kabi funksiyalarning birlamchi qiymat kasb etishiga oid xulosalardan Qarshi davlat universitetida 2021-2023 yillarda amalga oshirilgan SUZ-800-21-GR-3181 “Reinforcing English Language Competence at Karshi State University” nomli xorijiy loyihada foydalanilgan (Qarshi davlat universitetining 2024-yil 4-iyuldagi №04/1954-son ma’lumotnomasi). Natijada pedagogikaga oid terminlarni shaxslararo munosabatda o’rni va ahamiyatiga ta’sir qiluvchi omillar ochib berilganligi haqidagi tahliliy fikrlaridan va nazariy xulosalardan foydalanilgan; 
har ikkala til kommunikativ jarayonida voqelanadigan pedagogik til kontakti tushunchasi shakl va mazmun chegaralarining funksional dinamizmi kommunikativ effektivlik, terminologiyaning standartliligi, kontekstual moslashuv tamoyillari negizida sodir bo‘lishi bilan bog‘liq xulosa va natijalardan Qashqadaryo viloyat teleradiokompaniyasi “Qashqadaryo” telekanalining “Fayzli kun” teledasturi hamda “Oltin voha” dasturidagi “Ochiq muloqot”, “Qadriyat” radioeshittirishi ssenariysini tuzishda foydalanilgan  (Qashqadaryo viloyat teleradiokompaniyasining 2024-yil 10-iyuldagi №17-05/115-son ma’lumotnomasi). Natijasida radioeshittirish ssenariysi nutqiy muloqotda pedagogikaga oid terminlar bilan bog‘liq xususiyatlariga oid ma’lumotlar bilan mukammallashtirilgan hamda ilmiy dalillar  bilan yanada mukammalroq ta’minlash imkonini bergan. 
pedagogik terminologiyaning sotsiolingvistik aspektlarini tahlil qilishda ingliz va o‘zbek tillaridagi pedagogik terminlarning ijtimoiy kontekstda rivojlanish qonuniyatlarini aniqlash hamda ijtimoiy guruh va madaniyatlar ta’sirida o‘zgarish  mexanizmlarini tahlil qilish, pragmalingvistik yondashuv orqali pedagogik terminlarning pragmatik xususiyatlarini tadqiqoti natijalaridan 2022-2023 yillarda bajarilgan 1-203-4 raqamli O‘zbekton Respublikasi Madaniyat vazirligi Madaniy-ma’rifiy muassasalar nomoddiy milliy merosni rivojlantirish sho‘basi tomonidan o‘zbek xalqining boy milliy til an’analari, nomoddiy madaniy merosi, ijtimoiy qadriyatlarimizning millatlararo munosabatlarni yo‘lga qo‘yish va aloqalarni mustahkamlash borasida tuzilgan “Mamlakatimizda millatlararo munosabatlarni yanada rivojlantirish va uyg‘unlashtirish” nomli fundamental loyiha doirasida joriy qilingan. (22.01.2025-y № 03-12-06-898-son ma’lumotnomasi) Natijada pedagogik terminlarning kommunikativ vazifalari, ularning pedagogik va ijtimoiy muloqotdagi qo‘llanish imkoniyatlari hamda ingliz va o‘zbek tillarida maqsadli auditoriyaga ko‘rsatadigan ta’siri aniqlandi, shuningdek, chog‘ishtirilayotgan tillarda pedagogik terminlarning interfaol kommunikatsiyadagi o‘rni va kommunikativ maqsadlar bilan bog‘liqligi baholandi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish